|
Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi
|
bet | 43/97 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #246640 |
Bog'liq Оилавий низолар психолгиясиAdabiyotlar:
1.Karimova V.M. Oila psixologiyasi”. Darslik-T:Fan va texnologiya. 2008.152b.
2. Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila psixologiyasi”.T.: Sharq, 2009. -272 b.
3. Fayzieva M., Jabborov A. “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”. - T.Шарқ 2007.
4. Доброславович В. Любовь или влюбленность? Москва. Академия 1999 г.
5. Karimova V.M. “Oilaviy hayot psixologiyasi” O‘quv qo‘llanma. T.,Шарқ 2006
6. Андреева Т. В. Семейная психология: Учеб. пособие. - СПб.: Речь, 2004. - 244 с.
7. Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного консультирования. Учебное пособые. – М.: Гайдарики, 2005. – 320 с.
8. Shoumarov G.B. Muhabbat va oila. – T.: Ibn Sino, 1994. - 120 b.
9. Сатир В.М. Kak строит себя и свою семью. M.: Педагогика - Пресс. 1992. -191 с.
10. Психология семейных отношений: конспект лекций / сост. С.А.Векилова. - M.: АСТ; - СПБ: Сова, 2005. - 127 с.
11. “Социология семьи:” Учебник, под. ред. проф. A.И.Антонова- 2-е изд., перераб. и доп. - M.: ИНФРА-M, 2005. - 640 С. (Kлассический университетский учебник).
12. Faxr-ul Banot Sibhatulloh qizi. Oila saboqlari. - T.: Yozuvchi, 1992. – 96 b.
13. XXI asr oilasi kontsepsiyasi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi. - T.: NISIM, 2002. - 28 b.
14. Bo‘riev O. O‘zbek oilasi tarixidan. - T.: O‘qituvchi, 1995. - 128 b.
15. Nishonova Z. Va boshqalar. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. T.2017
15-mavzu Oila diagnostikasi va konsultatsiyasi xususiyatlari
Mavzuning qisqacha mazmuni: Oila diagnostikasi xususiyatlari. Oila muammolarini ijtimoiy psixologik diagnostika qilish metodlari. Oilaviy munosabatlar dinamikasi va sifatini aniqlashda proektiv metodikalardan foydalanish. (Oila rasmi). Oilaviy sotsiogramma asosida sub’ektning oiladagi o‘rni, shaxslararo munosabatlari va kommunikatsiya xarakterini o‘rganish. Oila konsultatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Asosiy tamoyillar va boskichlari. Oilaviy konsultatsiyada foydalaniladigan metod va usullar. Oila konsultatsiyasiga zamonaviy yondashuv. Oila psixoterapiyasi asoslari. Tizimli oila psixoterapiyasini aniklash. Tizimli oila psixoterapiyasini qo‘llash uchun ko‘rsatmalar va cheklanishlar. Tizimli oila psixoterapiyasi texnikasi. Individual psixologik konsultatsiya. Guruhli psixologik konsultatsiya. Oila muammolari bo‘yicha konsultatsiya. Nikoh qurish bo‘yicha konsultatsiya. Oilada zo‘ravonlik bo‘yicha konsultatsiya. Ajralish muammosi bo‘yicha konsultatsiya. Oila tadkikotlarida art-metodlar.
Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham O‘zbekiston o‘z istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni e’zozlashda, deb bilayotgani an’anaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Zamonaviy psixologiyadagi eng dolzarb va perspektiv yo‘nalishlardan biri oila va unda sodir bo‘ladigan o‘zarishlarni o‘rganishdan iborat tadqiqotlar hisoblanadi. Tadqiqotchilarning mazkur muammoga bo‘lgan qiziqishi zamonaviy oilalar hayotida sodir bo‘layotgan inqirozli vaziyatlar va ularning jamiyatning boshqa sohalariga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan shartlanadi. Hozirgi kunda yoshlar orasida nikoh va oila haqidagi tasavvurlar, oiladagi rollarning taqsimlanishi ma’lum bir o‘zgarishlarga uchramoqda.
Oilaviy qadriyatlarning transformatsiyasi yuz berib, oilaviy ajrimlar, nikoh oldi tug‘ilishlar va noto‘liq oilalar sonining ortishiga olib kelmoqda. Bunday holatlarning oldini olish va muammoga yechim topishda psixologik yordamning ahamiyati kattadir. Oilalarga psixologik yordam ko‘rsatishda eng dolzarb va muhim masalalardan biri – bu to‘g‘ri psixologik diagnostikani amalga oshirishdir.
Oilaviy munosabatlar diagnostikasi oilaviy muammolarni yechishda samarali yo‘l va usullarni aniqlashga yordam beradi. Bunda ko‘pincha oilaning ichki muhitini, muammoli vaziyatlar yuzaga kelishiga olib keluvchi yashirin psixologik sabab va qonuniyatlarni ochishga imkon beruvchi test metodikalardan foydalaniladi.
Bugungi kunda psixologiyada nikoh-oila munosabatlarini aniqlashga qaratilgan bir qator metodikalar mavjuddir. Lekin shunga qaramay, oilaviy konsultatsiya sohasidagi eng nozik masala mijozning oila-nikoh munosabatlari to‘g‘risida to‘liq, aniq va obyektiv ma’lumot ola bilishdir. Diagnozning aniq qo‘yilishi, korreksion ishning yo‘nalishini va metodlarni to‘g‘ri tanlash, hamda ko‘rsatilayotgan yordamning samarasi aynan shu ma’lumotga bog‘liq bo‘ladi.
Ekspert tizimini ishlab chiqish tajribasi ko‘rsatishicha, psixodiagnostika tizimini yaratish jarayonini 5 bosqichga ajratish mumkin:
1. Muammoni identifikatsiya qilish – bu bosqichda vazifa aniqlashtirib olinadi, muammoga oid bilimlar manbasi topiladi (kitoblar, mutaxassislardan olingan ma’lumot, metodikalar).
2. Konseptualizatsiya – bu bosqichda olingan bilimlar tizimi shakllantiriladi: asosiy tushunchalar ro‘yxati tuziladi, tushunchalar orasidagi bog‘liqliklar, mantiqiy hukmlar ishlab chiqiladi. Konseptualizatsiya bosqichi vazifasi bilimlarni norasmiy tarzda tavsiflash bo‘lib, bunda asosiy konsepsiyalar va tushunchalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliklar grafiklar, jadvallar, diagrammalar ko‘rinishida keltiriladi.
3. Formalizatsiya – bunda o‘rganilayotgan soha konsepsiyalari shakllantiriladi, mantiqiy metodlar va samarali modellar tanlanadi.
4. Realizatsiya – ekspert tayyorlangan va shakllantirilgan bilimlar bazasini tuzish uchun o‘ziga xos maxsus mahsulot bo‘lishi kerak. bu bosqichning asosiy vazifasi instrumental vositalar orqali dasturiy majmua ishlab chiqishdan iboratdir.
5. Test o‘tkazish – yaratilgan ekspert tizimining ishlashini, hayotiy talablarga javob berishini tekshirish uchun hamda oldingi bosqichlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Oila diagnostikasi – oila tizimini baholash bo‘lib, oila a’zolarida yuz berishi mumkin bo‘lgan somatik yoki nevrotik buzilishlarga olib kelishi
mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlashga yordam beradi. Bunda diagnostikaning turli usullar mavjud: proyektiv, blankli, o‘yinli va hk. Oila terapiyasida ham turli yo‘nalishlar mavjud bo‘lib (strategik, strukturali, dinamik, xulqiy va hk.), ularning har biri oila diagnostikasi bo‘yicha o‘z uslublariga ega.
Oila diagnostikasida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish muhim ahamiyatga egadir:
- oilaviy munosabatlar muammosining zamonaviy ilmiy va ommabop adabiyotlardagi holatini ko‘rib chiqish;
- nikoh-oila munosabatlari diagnostikasi metodikalarini aniqlashtirish;
- taklif etilgan metodikalarning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini, amaliy ahamiyatini ko‘rsatib berish;
- oilaviy munosabatlar bo‘yicha tadqiqotning nima maqsadda va qanday o‘tkazilishini psixodiagnostik metodikalarni qo‘llagan holda yoritib berish.
Oilaviy munosabatlar fenomenini o‘rganish uchun psixologlar quyidagi metodikalarni tavsiya etishadi: ROP, PEA, “Nizolar” so‘rovnomalari, shuningdek, oilaviy munosabatlar testi (FBT) va T.Liri testi.
Ma’lumki, ko‘pgina metodikalar oilaviy munosabatlar hamda er-xotinning oiladagi rollarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda o‘zaro kutilmalar va intilishlar ko‘rsatiladi. Bunday metodikalardan biri sifatida N.V.Volkovaning “Oiladagi rolli kutilmalar va intilishlar” (ROP) metodikasini olish mumkin. Mazkur metodikada bir qator oilaviy qadriyatlar keltirilgan bo‘lib, er-xotinning ushbu qadriyatlar tizimiga munosabati, ya’ni ularni amalga oshirishdagi intilishlari va turmush o‘rtog‘idan kutishi darajalari aniqlanadi va o‘zaro solishtiriladi. Metodikaning maqsadi:
-Oilaviy hayotda er-xotinning umumiy shaxs xususiyatlari, ota-onalik majburiyatlari, jinsiy munosabat, har birining kasbiy qiziqishlari, kundalik xo‘jalik yuritish, axloqiy va emotsional qo‘llab-quvvatlash, juftining tashqi jozibadorligi to‘g‘risida er-xotinlarning tasavvurlarini aniqlashtirishdan iborat. Bu ko‘rsatkichlar oilaning asosiy funksiyalarini aks ettirish bilan birga oilaviy qadriyatlar shkalasini (OQSH) tashkil etadi.
-Er-xotinlarning oilada erkak va ayol rollarini taqsimlash haqidagi tasavvurlarini aniqlashdan iborat bo‘lib, rolli kutilmalar va intilishlar shkalasida (RKISH) aks etadi.
Shunday qilib, mazkur metodikaning natijalari er va xotinning oilaviy qadriyatlari iyerarxiyasini aniqlashga, shuningdek, oilada er-xotinning ijtimoiy-psixologik mosligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga yordam beradi. “Oiladagi rolli kutilmalar va intilishlar” metodikasi ikki variant (erkaklar va ayollar uchun) va har birida 36 ta ta’kiddan iborat bo‘lib, 7 ta shkaladan tashkil topgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, metodika oiladagi rolli kutilmalar va intilishlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, bunda rolli kutilma – oiladagi majburiyatlarni turmush o‘rtog‘i bajarishini kutish bilan bog‘liq er-xotinning ustanovkasi bo‘lsa, rolli intilish – oilaviy rollarni bajarishda shaxsiy tayyorlik hisoblanadi.
Bundan tashqari, A.N.Volkova tomonidan ishlab chiqilgan PEA so‘rovnomasi bo‘lib, bu metodika uch fenomenni: partnerini tushunish, emotsional jozibadorlik hamda turmush o‘rtog‘iga nisbatan hurmatni diagnostika qilishga yordam beradi. Metodikaning har bir shkalasi 15 ta savoldan iborat. Tushunish shkalasi mijozning nazarida turmush o‘rtog‘ining obrazi qay darajada shakllanganligini aniqlashga yordam beradi. Emotsional jozibadorlik proyektiv savollar orqali aniqlanib, turmush o‘rtog‘iga nisbatan hissiy munosabatlarini ko‘rsatib beradi. Hurmat shkalasi esa turmush o‘rtog‘ining ko‘zida uning obro‘si, ahamiyati va referentliligi haqida xulosa chiqarishga yordam beradi.
T.Liri testi ideal turmush o‘rtoq obrazini o‘zaro qanday tushunishlarini diagnostika qilishda foydalaniladi.
FBT – oilaviy munosabatlar testi – proyektiv texnika bo‘lib, birinchi marta 1936 yilda Xovels va Likorish tomonidan tavsiflangan. Unda 40 ta suratdan iborat to‘plam bo‘lib, oila a’zolari o‘rtasidagi turli munosabatlar tasvirlangan. Test shaxsning oila a’zolariga bo‘lgan munosabati haqida ma’lumot olishga qaratilgan.
Psixologlarning fikricha, sog‘lom psixologik barqaror muhitga ega bo‘lgan oilani quyidagicha tavsiflash mumkin: oilaviy qadriyatlarning o‘xshashligi, rollarning yuqori adekvatligi, hayotning turli jabhalarida nizolarning kam bo‘lishi, bir-biriga hurmatning balandligi va emotsional yoqimlilik. Mazkur formula 1982 yilda ishlab chiqilgan.
Oilaga psixologik yordam ko‘rsatishning eng muhim jihatlaridan biri er-xotinlar ongida o‘rnashib olgan ustanovkalarni o‘zgartirish bo‘lib, hayotiy vaziyatlarga munosib tarzda javob qaytarish usullarini o‘rgatishdan iborat, shu jumladan, turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan munosabatlarda ham. Er-xotinlarga asosan nizoli vaziyatlarning tabiati va mohiyatini tushuntirish, ularni konstruktiv hal qilishning usullari va yo‘llarini ko‘rsatib berish kerak.
Shunday hayotiy muammolar bo‘ladiki, ularni hal qilishning ilojisi bo‘lmaydi. Bunday vaziyatlarda ularga nisbatan qarashni o‘zgartirish, yoqimsiz taraflarini biroz yumshatkan holda yangidan psixologik idrok etishni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xorij va yurtimiz psixologlari tomonidan nikoh-oila munosabatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali shunday xulosaga kelish mumkin-ki, insonlarni majburlab baxtli qilib bo‘lmaydi, lekin mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o‘tkazilgan psixodiagnostik metodikalar yordamida, kompleks yondashuv asosida nikoh-oila munosabatlarini o‘rganishni professional tashkillashtirish va konsultativ ko‘mak berish darz ketgan oilaviy munosabatlarni tuzatishga ma’lum darajada hissa qo‘shishiga ishonchimiz komil.
|
| |