• 13-Mavzu: Oilaviy hayot siklining nonormativ krizislari Mavzuning qisqacha mazmuni
  • Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi




    Download 3,74 Mb.
    bet37/97
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,74 Mb.
    #246640
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
    Bog'liq
    Оилавий низолар психолгияси

    Adabiyotlar:
    1.Karimova V.M. Oila psixologiyasi”. Darslik-T:Fan va texnologiya. 2008.152b.
    2. Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila psixologiyasi”.T.: Sharq, 2009. -272 b.
    3. Fayzieva M., Jabborov A. “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”. - T.Шарқ 2007.
    4. Доброславович В. Любовь или влюбленность? Москва. Академия 1999 г.
    5. Karimova V.M. “Oilaviy hayot psixologiyasi” O‘quv qo‘llanma. T.,Шарқ 2006
    6. Андреева Т. В. Семейная психология: Учеб. пособие. - СПб.: Речь, 2004. - 244 с.
    7. Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного консультирования. Учебное пособые. – М.: Гайдарики, 2005. – 320 с.
    8. Shoumarov G.B. Muhabbat va oila. – T.: Ibn Sino, 1994. - 120 b.
    9. Сатир В.М. Kak строит себя и свою семью. M.: Педагогика - Пресс. 1992. -191 с.
    10. Психология семейных отношений: конспект лекций / сост. С.А.Векилова. - M.: АСТ; - СПБ: Сова, 2005. - 127 с.
    11. “Социология семьи:” Учебник, под. ред. проф. A.И.Антонова- 2-е изд., перераб. и доп. - M.: ИНФРА-M, 2005. - 640 С. (Kлассический университетский учебник).
    12. Faxr-ul Banot Sibhatulloh qizi. Oila saboqlari. - T.: Yozuvchi, 1992. – 96 b.
    13. XXI asr oilasi kontsepsiyasi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi. - T.: NISIM, 2002. - 28 b.
    14. Bo‘riev O. O‘zbek oilasi tarixidan. - T.: O‘qituvchi, 1995. - 128 b.
    15. Nishonova Z. Va boshqalar. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. T.2017


    13-Mavzu: Oilaviy hayot siklining nonormativ krizislari


    Mavzuning qisqacha mazmuni: Davlatning oilani mustahkamlash siyosati va uning asosiy tamoyillari. Oilani kafolatlovchi manbalar. Konstitutsiyaning oilaviy munosabatlar sohasidagi tamoyillari. Oila kodeksi. Oila huquqining asosiy manbai butun keng qamrovli 0 ‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi - oila qonunchiligining ”o ‘zagi". O‘zbekistonda oilalarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar.

    Mustaqillik yillarida jonajon yurtimiz O‘zbekistonda oial, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish masalalari davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi sifatida e’tibor etildi. Mamlakatimiz Kostitutsiyasining 65-moddasida e’tirof etilganidek, bizda “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi”. Shuninggdek, Bosh qomusimizning 64-moddasida “ davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi”.


    Demak, O‘zbekistonda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat tomonidan kafolatlanadi. Shu o‘rinda oila borasida davlat siyosatining shu tarzda qonunan kafolatlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda olib borilishi zarurati nimalarga asoslanadi, degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi.
    Davlat tomonidan oila siyosati, uning bazasini mustahkamlash siyosatining olib borilmasligi ushbu noyob ijtimoiy instittutning boshqa ijtimoiy instittular qatoridan munosib o‘rin ololmasligiga olib kelishi va buning oqibatisifatida oila va nikoh munosabatlari bo‘hronga uchrashi, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga zarba berilish, turli muammolar ko‘payib, yosh avlod tarbiyasining dastlabki o‘chog‘ida ma’naviy inqirozlar kuzatilishi mumkin. mumkin. Shuning uchun muttasil taraqqiyot va xalq farovonligiga erishish yo‘lidan sobit qadamlik bilan boradaigan jamiyat va undagi davlat tizimlari oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishidan, avlodlararo vorislik yo‘qolib ketmasligidan manfaatdordir.
    Shunday qilib, Oila siyosati – bu davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, NNT larining shaxs va jamiyat manfaatiga mos keladigan oila deb atalmish er-xotin va ularning ikki va undan ortiq farzandlaridan iborat ijtimoiy tuzilmani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilgan faoliyatidir. Bu oilaviy turmush tarzini barqarorlashtirish, har bir insonning o‘z oilasi va shajarasi bo‘lishi istagini ro‘yobga chiqarish uchun aholini qo‘llab-quvvatlash siyosatidir. Uning tom ma’nosi shundaki, davlat va jamiyat to‘liq oilalarning imkon darajasida ko‘p bo‘lishidan, unda avlodalraro vorislik, shajaralarning bardavomligi, yoshlarning oila va nikohni qadriyat sifatida e’tirof etishidan yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi ta’minlanishiga ishonchini bildiradi.
    E’tirof etish joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oila institutini amalda mustahkamlash borasida talay ijobiy ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo oila va nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy bazasi yaratildi. 1998 yilda qabul qilingan “Oila Kodeksi”da ushbu munosabatlarning barcha jabhalari reglamentatsiya qilingan.
    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan boshqa qator Kodeks va qonunlarda ham bevosita oila a’zolarining, jumladan, xotin-qizlar va bolalarning manfaatlari himoya qilingan. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
    O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida oila a’zolarining mulkiy munosabatlari, ularning ulushlari, merosxo‘rlik, vorislik huquqlari;
    O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida farzandi bor ayollarga tadbiq etiladigan imtiyozlar, fuqaro sifatida barcha oila a’zolarining mehnat qilish huquqlari;
    O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida mulk sifatida uy-joyga ega bo‘lish huquqlari;
    “Fuqarolarning davlat nafaqa ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda oilaning kattalari hamda mehnat yoki salomatligi tufayli nafaqaxo‘r bo‘lganlarning ijtimoiy himoyasi;
    “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun (1998) da ko‘p bolali, nogiron bolasi bor bo‘lgan oilalarga beriladigan imtiyozlar, kvotalarni taqdim etish tartiblari va h-zo;
    “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunda (1995 y.) oilada xotin-qizlarning salomatligi, jumladan, reproduktiv salomatlikning davlat tomonidan muhofaza etilishi tartiblari;
    “Xotin-qizlarga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida”gi Qonunda farzandi bor hamda og‘ir mehnat sharoitida ishlaydigan ayollarga beriladigan imtiyoz va qo‘shimcha imkoniyatlar borasidagi qoidalar o‘z ifodasini topgan.
    Qonunlarning amaldagi ijrosi mustaqillik yillarida qabul qilingan va amaliyotga joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘nlab qarorlari asosida ta’minlanadi, ularda aynan oilaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalar sonining oila a’zolari bandligini ta’minlash, mehnat huquqlarining kafolatlanishi orqali kamaytirish choralari belgilangan. 1994 yildan buyon qabul qilinayotgan va amalda muvaffaqiyat bilan ijrosi ta’minlanayotgan Davlat dasturlarida ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar, onalik va bolalikning davlat tomonidan muhofaza etilishi o‘z aksini topmoqda. Bularning eng muhimlari:
    Prezidentimizning “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risda”gi Farmoni (25 may 2004 y.) va Vazirlar Mahkamasining Farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha 299-chi sonli qarori;
    “Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun birvaqtlik yordam pullari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori(2002 yil);
    “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun umumta’lim kreditlarini taqdim etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori (2001 yil);
    “Bolalik oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori (1996 yil);
    “Ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga nafaqalarni to‘lash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (1995);
    “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni tashkil qilish masalalari haqida” Vazirlar Mahkamasining qarori (1994 yil);
    “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2007 yil 18 maydagi Farmoni va boshqa o‘nlab Farmon, normativ hujjatlar va qarorlarni keltirish mumkin.
    Yurtimizda oilani mustahkamlash borasidagi davlat siyosatining afzalligi shundaki, davlat oilaning o‘ziga xos suveren tuzilma sifatida qadrlaydi, uning ichki ishlariga aralashmaydi, lekin u yoki bu sabablarga ko‘ra, oilada ba’zi qiyinchiliklar paydo bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, mahalla qo‘mitalari, unda faoliyat yuritayotgan jamoatchilik komissiyalariga murojaat qilib orqali fuqarolar o‘z manqaatlarini himoya qilishlari va davlatning madadiga erishishlari mumkin.
    Ikinchi tomondan, oila ikki oilaning, unda tarbiyalanayotgan ikki yoshning ixtiyoriy kelishuvi, tanlovidan hosil bo‘lgan ittifoq bo‘lgani uchun ham ushbu jarayonlarga ham aralashmaydi, chunki bu shaxsiy muammo. Lekin davlat fuqarolarning “erkin nikohlari”ga, xohlagan paytda xohlagan inson bilan o‘zi bilganicha nikohga kirib yoki kirmay yashashiga befarq bo‘la olmaydi. Chunki bu jamiyatning ahloqiy tomirlarini kesishi mumkin. Shuning uchun turli xil oilani qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalar borki, ular oila-nikoh borasidagi nohaqliklar bo‘lgan sharoitda, oilada bir yoki bir necha a’zoning insoniy manfaatlari tahqirlangan sharoitda, farzandlar ota-onasining nojo‘ya harakatlari tufayli ko‘chada qolib xavfi paydo bo‘lganda o‘zining jamoatchilik tashkilotlar, jumladan, xotin-qizlar komissiyalari, yarashtirish komissiyalari, “Oila” markazlari, oqsoqollar orqali bu kabi salbiy holatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘radi, kerak bo‘lsa, ularni xukumat dasturlari yoki qarorlari asosida mustahkamlaydi.
    Oilaning musathkam va barqaror bo‘lishi uning a’zolari salomatligiga, ota-onalikka psixologik jihatdan tayyorligiga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun ham mamlakatimizda bu borada aniq mexanizmlar ishga solingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 365-sonli qarorining amalda joriy etilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilayotgan “Oila psixologiyasi” kurslarining uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilganligi kabilarning davlat tomonidan moliyalashtirilayotganligi ham fikrimizning dalilidir.



    Download 3,74 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




    Download 3,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi

    Download 3,74 Mb.