• Bug‘latish qurilmalarini tanlash.
  • Barbotajli bug‘latish qurilmalari




    Download 2.56 Mb.
    bet8/42
    Sana26.04.2023
    Hajmi2.56 Mb.
    #54025
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
    Bog'liq
    issiqlik massa almashinuvi
    Biologiya fanidan laboratori ya mashg` ulotlari da ftari, Глагол
    Barbotajli bug‘latish qurilmalari.

    Yuqori xaroratda qaynaydigan va о‘ta agressiv eritmalar – sulfat, xlorid, fosfat kislotaning eritmalari isituvchi inert gazlarning bevosita kontaktli ta’sirida barbotajli bug‘latish apparatlarida bug‘latiladi.


    Issiqlikni yaxshi о‘tkazadigan, zanglamaydigan, yuqori xaroratlarga chidamli materiallarni topish qiyin bо‘lgani uchun, bunday eritmalarni isituvchi agent devor orqali berish bilan bug‘latib bо‘lmaydi. Ichik qismi о‘ta chidamli va zanglamaydigan material (g‘isht, keramik plita) bilan bevosita tutun gazlarining aralashuvi ta’sirida bug‘latiladi. Gaz beriladigan barbotaj quvurlar termosilid, grafit va zanglamaydigan materiallardan tayyorlanadi.
    Quyidagi rasmda tutun gazi bilan ishlaydigan barbotajli bug‘latgichning sxemasi keltirilgan. Tutun gazi qobiqning pastki qismiga beriladi va barbotajli tо‘r orqali о‘tganda eritmaning ichida mayda pufakchalarga ajraladi; natijada katta issiqlik almashinish yuzasi xosil bо‘ladi. Bunda erituvchi jadallik bilan bug‘lanishga uchraydi. Gaz pufakchalari suv bug‘lari bilan tо‘yingandan sо‘ng eritmaning yuzasiga chiqadi; bu pufakchalar yorilgandan keyin bug‘ gaz aralashmasi eritmaning ustidagi bо‘shliqqa siljishi uchun xizmat qiladi. Eritmaning ustidagi xarorat eritma xaroratdagi nisbatan 2-5 0S kattaroq bо‘ladi. Barbotajli apparatlar bitta va bir necha seksiyalarga ajratilgan bо‘lishi mumkin. bundan tashqari aralashtirgich bо‘lgan barbotajli apparatlar xam ishlatiladi.
    Bunday apparatlarning afzalligi – tayyorlash oson, ishlatish esa qulay. Kamchiligi: yonish maxsulotlari ta’sirida bug‘lanayotgan eritma ifloslanib qolishi mumkin.



    1-rasm. Barbotajli bug‘latish qurilmasi. 1-qobiq; 2-tо‘r.


    Bug‘latish qurilmalarini tanlash.

    Bug‘latish qurilmalarining konsruksiyalari umuman quyidagi talablarni qondirish kerak: unumdorligi yuqori, kichik xajmli apparatda iloji boricha issiqlik о‘tkazishning tezligi katta, tuzilishi sodda, tayyorlash uchun kam metall sarflanishi, ishonchli ishlaydigan, issiqlik almashinish yuxasini tozalash oson va apparatning ba’zi bir qismlari buzilganda tuzatish qulay bо‘lishi kerak.


    Bug‘latish apparatining unumdorligi va issiqlik о‘tkazish koeffitsiyentini oshirish uchun sirkulyatsiya tezligi kо‘paytiriladi. Lekin bunda bug‘latish uchun kо‘p energiya sarf bо‘lib, foydali xaroratlar farqi kamayadi, chunki isitilayotgan bug‘ning xarorati о‘zgarmas bо‘gani uchun gidravlik qarshiliklar kо‘payishi bilan eritmaning qaynash xarorati kо‘payadi. Bu omillarning bir-biriga qarama-qarshiligi bug‘latish apparatlarining optimal konstruksiyalarini tanlanganda bevosita xisob olinadi.
    Bug‘latish qurilmalari ba’zi о‘ziga xos afzaliklarini xisobga olgan xolda talanadi.
    Qovushoqligi kam, kristall xosil qilmaydigan eritmalarni bug‘latish uchun kо‘p qirrali tabiiy sirkulyatsiya bо‘ladigan vertikal bug‘latish apparatlari ishlatiladi. Bu apparatlar orasida isitish kamerasi ajratilgan va sirkulyatsiya quvuri tashqarisiga о‘rnatilgan bug‘latish apparatlari eng samarali xisoblanadi.
    Kristallanmaydigan yuqori qovushoqlikka ega bо‘lgan eritmalarni bug‘latish uchun majburiy sirkulyatsiyali, quvuri ayrim xolda tо‘g‘ri pastga yо‘naluvchi plyonkali yoki rotor-plyonkali bug‘latish apparatlari ishlatiladi. Rotor-plyonkali bug‘latish apparatlari ishlatiladi. Rotor-plyonkali bug‘latish apparatlari yuqori xaroratlar farqiga chidamli eritmalarni bug‘latish uchn xam qо‘llaniladi.
    Kuchli kristallanuvchi va qovushqoqligi 0,05 Pa . s gacha bо‘lgan eritmalarni bug‘atish uchun majburiy sirkulyatsiyali yoki erkin tushuvchi plyorkali bug‘latkichlardan foydalanish mumkin.
    Majburiy sirkulyatsiya quvurli bug‘latish apparatlaridan kristallanuvchi va qovushqoq eritmalarni bug‘latish uchun xam keng foydalaniladi. Bunday eritmalarni tabiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan, isitish zonasi ajratilgan bug‘latish apparatlarida xam bug‘latish mumkin. Kо‘piklanuvchi eritmalarni bug‘latish uchun tо‘g‘ri yо‘nalishli, kо‘tariluvchi plyonkali bug‘latish apparatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
    Agressiv kislota va ishqor eritmalarni bug‘latish uchun barbotajli bug‘latish apparatlari, yuqori xaorat ta’sirida buziluvchi eritmalarni bug‘latish uchun esa issiqlik nasosga ega bо‘lgan bug‘latish apparatlari ishlatiladi.
    Bug‘latish apparatlarini tayyorlash uchun uglerodli, kislotaga bardoshli pо‘lat va mis ishlatiladi. Ishqorlarning yuqori konsentratsiyali eritmalarini bug‘latish uchun chо‘yandan qilingan apparatlardan foydalaniladi, bunday apparatlarning isitish quvurlari misdan tayyorlanadi.

    Download 2.56 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




    Download 2.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barbotajli bug‘latish qurilmalari

    Download 2.56 Mb.