Markaziy sirkuyatsion quvurli bug‘latish qurilmalari




Download 2.56 Mb.
bet7/42
Sana26.04.2023
Hajmi2.56 Mb.
#54025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
issiqlik massa almashinuvi
Biologiya fanidan laboratori ya mashg` ulotlari da ftari, Глагол
Markaziy sirkuyatsion quvurli bug‘latish qurilmalari

Bug‘latilishi kerak bо‘lgan eritma isitish kamerasining yuqorigi qismidan beriladi. Isitish kamerasi bir necha quvurlar tо‘plamidan iborat bо‘lib, uning uchi quvurga razvalsovka usuli bilan biriktirilgan. Eritma quvurlarning ichida qaynab, bug‘-suyuqlik aralashmasi xolida quvurning balandligi bо‘yicha kо‘tariladi va apparatning yuqorigi qismida joylashgan bug‘ bо‘shlig‘idagi ajratgichga о‘tadi. Ikkilamchi bug‘dan ozod bо‘lgan eritma va uning tomchilari markaziy sirkulyatsiya quvuriga tushadi.


Eritmaning sirkulyatsiya tezligi uning fizik xususiyatiga, issiqlik miqdoriga xamda sirkulyatsiya konturining gidravlik qarshiligiga bog‘liq. Quyultirilgan eritma apparatining pastgi qismidan chiqariladi. Ikkilamchi bug‘ suyuqlik ustidagi xajmni egallaydi va sо‘ngra apparatni yuqori qismida joylashgan tomchi ushlagich orqali о‘tkazilib uzatiladi.
Bug‘latish jarayoni: atmosfera bosimida; ortiqcha bosimda; vakuum ostida olib borish mumkin. birinchi usuldan foydalanilganda eritmadan ajralgan ikkilamchi bug‘ atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu usul eng oddiy xisoblanadi, biroq issiqlik sarflash jixatidan tejamli emas.
Ortiqcha bosim bilan bug‘latish olib borilganda ikkilamchi bug‘ yuqori xaroratga ega bо‘ladi, shu sababli bu ikkilamchi bug‘dan kо‘pincha boshqa IAQ larini isitishda foydalaniladi.
Vakuum bilan bug‘latishda eritmaning qaynash xarorati pasayadi, bu xol bug‘latish apparatlarini isitish uchun past bosimli bug‘dan foydalanish imkonini beradi. Bu usul yuqori xaroratlarda parchalanib ketadigan eritmalarni bug‘latish uchun ishlatiladi.
Quyuqlanish paytida eritmaning fizik xossalari о‘zgaradi. Konsentratsiya ortishi bilan issiqlik о‘tkazuvchanlik, issiqlik sig‘imi va xarorat о‘tkazuvchanlik kamayadi, eritmaning qovushoqligi ortadi. Natijada isitish yuzasidan eritmaga issiqlik berish koeffitsentining qiymati kamayadi.
Isituvchi quvurlardagi suyuqlik bug‘ aralashmasi bilan sirkulyatsiya quvuridagi bug‘lanayotgan eritmaning zichliklari xar xil bо‘lgani uchun apparatdagi eritma о‘z-о‘zidan sirkulyatsiya bо‘ladi. Zichliklar farqi qancha katta bо‘lsa, bug‘latish jarayonining tezligi shuncha yuqori bо‘ladi. Sirkulyatsiya quvurining diametri isituvchi kamera diametrining 1/3 ulushiga teng qilib olinadi. Bunday bug‘latish apparatlarining tuzilish oddiy va bug‘lanayotgan eritma tabiiy sirkulyatsiya qilinadi.
Kamchiliklari: quvurlar quvur turlariga maxkam о‘rnatilgan bо‘ladi, sirkulyatsion quvur isitish kameras ichida bо‘lganligi sababli jarayon davomida isib turadi. Shu sababli sirkulyatsion quvurdagi eritma bilan isituvchi quvurdagi suyuqlik bug‘ aralashmalarining zichliklari orasidagi orasidagi farq ozayadi, natijada bug‘latish jarayonining tezligi kamayadi. Shuning uchun bug‘latish apparatlarining kо‘pchiligida sirkulyatsion quvur apparatning tashqi qismiga о‘rnatiladi.

Download 2.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Download 2.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Markaziy sirkuyatsion quvurli bug‘latish qurilmalari

Download 2.56 Mb.