-MA’RUZA: BUG‘LATGICH QURILMALARINING TEXNOLOGIK ELEMENTLARI VA ULARDAGI SIRKULYATSIYA XISOBI




Download 2.56 Mb.
bet6/42
Sana26.04.2023
Hajmi2.56 Mb.
#54025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
issiqlik massa almashinuvi
Biologiya fanidan laboratori ya mashg` ulotlari da ftari, Глагол
5-MA’RUZA: BUG‘LATGICH QURILMALARINING TEXNOLOGIK ELEMENTLARI VA ULARDAGI SIRKULYATSIYA XISOBI.


Ma’ruzada yoritiladigan savollar:



  1. Asosiy tushunchalar

  2. Bug‘latkich qurilmalarining texnologik sxemalari

  3. Kо‘p pog‘onali bug‘latish qurilmalari

  4. Bug‘latish qurilmalarining sxemalarini tanlash

Uchuvchan bо‘lmagan moddalar eritmalarni uning tarkibidagi erituvchini paytida chiqarib yuborish yо‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb yuritiladi. Agar bug‘latish jarayoni qaynash xaroratidan past xaroratda suyuqlikning yuzasida rо‘y bersa, bug‘latish jarayoni esa bug‘ eritmaning butun xajmidan ajralib chiqadi.


Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalari, ayrim mineral va organik kislotalar, kо‘p atomli spirtlar xamda shu kabi bir qator suyuq eritmalar bug‘latiladi. Ba’zan bug‘latish yordamida erituvchilar xam olinadi. Ayrim sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug‘latish qurilmalariga yuboriladi.
Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug‘latish natijasida xosil bо‘lgan qattiq moddalarni oson xamda qayta ishlash, saqlash va boshqa joylarga jо‘natish mumkin.
Bug‘latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi, bunday bug‘ birlamchi bug‘ deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug‘latish paytida xosil bо‘lgan bug‘ ikkilamchi bug‘ deb ataladi. Eritmani bug‘latish uchun zarur bо‘lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim xollarda eritmani quyultirish uchun kerak bо‘lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan о‘zaro kontakti orqali beriladi.
Bug‘latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. eritmalarning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga kо‘ra xar xil ishlatiladi.
Vakuum ostida bug‘latish qator afzalliklarga ega: jarayonni ancha past xaroratda olib borish mumkin, bu xol ayniqsa yuqori xaroratda parchalanib ketishi mumkin bо‘lgan moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda kо‘l keladi. Bundan tashqari, vakuum ta’sirida isituvchi agent va eritma xarorati о‘rtasidagi foydali farq kо‘payadi, bu esa qurilmaning isitish yuzasini kamaytirishga olib keladi, vakuum bilan bug‘latish uchun nisbatan past parametrli isituvchi agentdan foydalanish mumkin. vakuum ishlatilganda ikkilamchi bug‘dan qaytadan birlamchi bug‘ sifatida foydalanish mumkin.
Vakuum ostida bug‘latish kamchiliklardan xoli emas:
Vakuumni ishlatish bug‘latish qurilmasining narxini oshiradi; vakuum xosil qilish uchun kondensator, tomchi ushlagich va vakuum – nasoslar kerak bо‘ladi, bundan tashqari, qurilmani ishlatish uchun zarur bо‘lgan sarf xam kо‘payadi.
Atmosfera bosimidan yuqori bо‘lgan bosimda bug‘latishda xosil bо‘lgan ikkilamchi bug‘dan qaytadan bug‘latish jarayonida xamda bug‘latish bilan bog‘liq bо‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Boshqa maqsadlar uchun ajratilgan ikkilamchi bug‘ ekstra bug‘ deb ataladi. Yuqori bosim bilan bug‘latish jarayonida ekstra bug‘ni ajratib olish ishlatish vakuum yordamida bug‘latishga nisbatan issiqlikdan tо‘laroq foydalanish imkonini beradi. Yuqori bosim bilan bug‘latish eritmaning qaynash xaroratining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosim bilan bug‘latishni amalga oshirish uchun yuqori xaroratli isituvchi agent kerak bо‘ladi. Shu sababli bu usul yuqori xaroratda chidamli moddalarning eritmalarini quyultirishda ishlatiladi. Atmosfera bosimi bilan bug‘latishda ikkilamchi bug‘ ishlatilmaydi. U atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng oddiy, ammo iqtisodiy jixatdan eng tejamsiz xisoblanadi.
Bug‘latish jarayoni kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Bu jarayondan eritmalarni quyultirish va eritmalardan erigan xoldagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olish, sovuq xosil qilish texnikasida foydalaniladi.
Sanoatda bug‘latish jarayoni bir va kо‘p qurilmalarda amalga oshiriladi. Asosan kо‘p qurilmalari, ya’ni bir necha qurilmalardan tashkil topgan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Kо‘p apparatli qurilmalarning faqat birinchi apparatiga isituvchi bug‘ (birlamchi) bug‘ beriladi, keyingi apparatlarni isitish uchun esa oldingi apparatlardan chiqqan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Natijada isituvchi bug‘ning umumiy sarfi kamayadi.
Ishlash rejimiga kо‘ra bug‘latish qurilmalari davriy va uzluksiz bо‘ladi. Kichik masshtabdagi ishlab chiqarishlarda va ayrim vaqtda, eritmalarni yuqori konsentratsiyalargacha bug‘latishda davriy ishlaydigan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Kimyo sanoatida asosan uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Zamonaviy bug‘latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ba’zan bitta apparatning isitish yuzasi 2500 m2 dan ortib boradi.
Bug‘latish jarayoni xar xil bug‘latgichlarda olib boriladi. Bug‘latish qurilmalari isituvchi yuzaning konsruksiyasi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yо‘nalishi, sirkulyatsiya turi va rejim va boshqa bir qator omillarga kо‘ra bir necha turlarga ajratiladi:
1. Isitish kamerasining konsruksiyasiga binoan bug‘-qobiqli, zmeyevikli, osma xolati va boshqa kо‘rinishda bо‘lgan isitish kamerali bug‘latkichdar;
2. Isitish yuzasining joylashuviga nisbatan vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug‘latkichlar;
3.Isituvchi agentning turiga kо‘ra bug‘, gaz, yuqori xaroratli isituvchi agent yoki elektr bilan isitiladigan bug’latgichlar;
4. Sirkulyatsiya rejimi va xarakteriga kо‘ra tabiiy, majburiy xamda bir va kо‘p karrali sirkulyatsiyali bug‘latkichlar;
5.Eritmani apparatga berib turish rejimiga kо‘ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bug‘latgichlardir.
6. Apparatdagi bosimning qiymatiga kо‘ra atmosfera bosimi, ortiqcha bosim bilan ishlaydigan bug‘latkichlar;
7. Apparatlarning soniga kо‘ra bir va kо‘p apparatli bug‘latish qurilmalari;
8. Eritma va isituvchi agentning о‘zaro yо‘nalishiga kо‘ra bir xil, qarama-qarshi, murakkab yо‘nalishli xamda eritma bilan parallel ta’minlanuvchi bug‘latgichlar.
Bug‘latish qurilmalarining asosiy konsruksiyalari bilan tanishib chiqamiz.



Download 2.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 2.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA: BUG‘LATGICH QURILMALARINING TEXNOLOGIK ELEMENTLARI VA ULARDAGI SIRKULYATSIYA XISOBI

Download 2.56 Mb.