-MA’RUZA: ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARINI TANLASHDAGI ANIQLOVCHI OMILLAR




Download 2.56 Mb.
bet3/42
Sana26.04.2023
Hajmi2.56 Mb.
#54025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
issiqlik massa almashinuvi
Biologiya fanidan laboratori ya mashg` ulotlari da ftari, Глагол
3-MA’RUZA: ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARINI TANLASHDAGI ANIQLOVCHI OMILLAR


Ma’ruzada yoritiladigan savollar:



  1. Asosiy tushunchalar.

  2. Issiqlik texnik xisobning usullari.

  3. Issiqlik texnik xisobning EHM dagi blok–sxemasi.

  4. Texnik xisobni masala yordamida tushuntirish.

IAQ lari quyidagi kо‘rsatkichlar bо‘yicha tavsiflanadi: konsruksiyaning axamiyati, tashqi о‘lchami, massasi, xizmat kо‘rsatishida qulaylik, issiqlik almashinish sharoiti, gidrodinamik FIK, chidamliligi, kо‘rinishi, bundan tashqari issiqlik unumdorligi, jarayonning xaroratli sharoitlari, issiqlik tashuvchilarning fizik-kimyoviy tarkibi, jarayonning muqimligi va boshqalar.


IAQ larini tayyorlash uchun turli metallar (temir, chо‘yan, alyuminiy) va ularning qotishmalari ishlatiladi. Eng kо‘p pо‘lat ishlatiladi. Tarkibida kam miqdorda uglerodni ushlagan pо‘latlar yaxshi qoliplanishi xossasiga ega, biroq qiyinlik bilan kesiladi. Pо‘lat tarkibiga legirlovchi elementlar (xrom, nikel, kremniy va boshqalar) qо‘shilsa, uning sifati yaxshilanib, aloxida xossalarga ega bо‘lib qoladi. Masalan, xrom pо‘latning mexanik, yemirilishiga va koroziyaga bardoshlik xossalarini yaxshilaydi; nikel esa mustaxkamligi va egiluvchanligini oshiradi; kremniy qо‘shilgan pо‘latning о‘tga chidamliligi kuchayadi.
Oddiy pо‘latlar (ST.3) ortiq bosim bilan (6 mPa gacha) ish muxitlari xaroratlari –30 0S dan +4250S bо‘lganda IAQ lari tayyorlash uchun ishlatiladi. Ancha qiyin shart sharoitlar uchun qurilmalar tayyorlash maqsadida sifati yaxshilangan uglerodli pо‘latlar ishlatiladi. Issiqlikka chidamlilik va mustaxkamlikni oshirish uchun kam ligerlangan pо‘latlar ishlatiladi, bunday materiallardan tayyorlangan qurilmalarni ish muxiti xaroratlari –70 0S dan + 5500S gacha о‘zgargan paytda ishlatiladi.
Qurilmalarning kislotaga bardoshligini va о‘tga chidamligini oshirish uchun xrom – nikelli pо‘lat markalari ishlatiladi.
Qobiq – quvurli issiqlik almashgichlar suyuqlik va gazsimon muxit uchun isitkich, kondensator va bug‘latkich sifatida ishlatiladi. Umumiy maqsadlar uchun qobiq quvurli IAQ lari uglerodi va zanglamaydigan pо‘latdan tayyorlanadi, bunday qurilmalarning issiqlik almashinish yuzasi 1 dan 2000 m2 gacha boradi. Qobiqning tashqi diametri 159-426 mm bо‘lgan qurilmalar standartlashtirilgan quvurlardan tayyorlanadi. Qobig‘ining diametri 400 mm dan katta bо‘lgan IAQ lari uglerodli va zanglamaydigan pо‘lat listlarini payvandlash yо‘li bilan tayyorlanadi.
U – simon quvurli qobiq IAQ lari ish muxitining xarorati –30 0S dan +450 0S gacha о‘zgarganda va bosimning qiymati 1,6-6,4 MPA bо‘lganda ishlatiladi.
“Quvur ichida quvur” turidagi IAQlar kam miqdordagi issiqlik tashuvchilar ta’sirida suyuq va gazsimon muxitni isitish va sovitish maqsadida qо‘llaniladi.
Namlanuvchi IAQlari agressiv yoki issiqlik ta’sirida buziluvchi suyuqliklarni sovitish uchun ishlatiladi. Botirilgan zmeyevikli IAQ lari kо‘pincha rektifikatsion kolonalarning isituvchi elementlari sifatida xamda isitgichlar vazifasi ishlatiladi.
Plastinali IAQ laridan sovitkich, isitkich va kondensatorlar sifatida foydalaniladi. Yuzasi 0,2–1,3 m2 li plastinalardan tayyorlangan qurilmalar quyidagi rejimlarda ishlatish mumkin: bosimning qiymati 0,6-1,0 MPa; muxit xaroratining о‘zgarishi –30 0S dan +180 0S gacha.
Qirrali IAqlari devor yuzasining ikkala tomonidan sharoit turlicha bо‘lganda (masalan, quvurning ichida bug‘ kondensatsiyalanadi, quvurning tashqi yuzasidan isitilishi lozim bо‘lgan xavo aylanib о‘tadi) ishlatiladi. Odatda, quvurning qirralari mis yoki alyuminiyli yupqa listlardan qilinadi.
Spiralsimon IAQ lari suyuqlik va gazlarni isitish yoki sovitish uchun foydalanadi. Bunday issiqlik qurilmalarining ish rejimi quyidagicha bо‘ladi: xaroratning о‘zgarishi –20 0S dan +200 0S gacha; ortiqcha bosimning qiymati 1 MPa gacha.
Blokli IAQ lari agressiv suyuqliklar, bug‘lar va gazlarni issiqlik ta’sirida qayta ishlash uchun ishlatiladi. Graqitli elementlar (bloklar, quvurlar) fenolformaldigit smolasi bilan singdirilgan bо‘ladi yoki grafitioplsat ATM –1 dan tayyorlanadi. Fenolformaldigit smolasi bilan singdirilgan grafitli bloklarning issiqlikka chidamliligi 130 0S dan oshmaydi. Bunday bloklarning issiqlikka chidamlilik darajasini kuchaytirish uchun fenolformaldigit smolasi о‘rniga kremniy organik smolalar ishlatiladi.
ShnekliIAQlari issiqlik о‘tkazuvchanligi kichik bо‘lgan materiallar (masalan, qovushoqligi katta bо‘lgan suyuqliklar) ning isitish yoki sovitish uchun ishlatiladi.
Aralashtiruvchi kondensatorlar bug‘ bilan suvning aralashib ketishi mumkin bо‘lgan sharoitda, ya’ni kondensat aloxida axamiyatga ega bо‘lmasdan, uni sovutuvchi suv bilan birga kanalizatsiyaga yuborish imkoniyati bо‘lganda qо‘llaniladi.
Botirilgan gorelkali qurilmalar yonish maxsulotlari yoki issiq gazlarni suyuqliklar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kontakt qilishi orqali issiqlik almashinishiga asoslangan. Gorelkali qurilmalar kislotalar va mineral tuzlarning agressiv eritmalarini va boshqa ifloslangan suyuqliklarni bug‘latish uchun ishlatiladi.
Regenerativ IAQ lari faqat issiqlik tashuvchi agentlarning xaroratlari juda yuqori bо‘lganda ishlatiladi.
Sifat kо‘rsatkichlari.
Sifat kо‘rsatkichlari qurilmalarini ishlatishdagi afzalligini baxolash uchun xizmat qiladi, ulardan eng asosiysi: texnik daraja, ishonchlilik va chidamlilik, konsruktiv kо‘rinish va qurilmalarning ergonomik tavsiflaridir.
Texnik daraja. Texnik daraja mutloq, nisbiy va istiqbollarlilarga bо‘linadi.
Mutloq texnik daraja uning ishlatish kо‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Uning soni kirik bо‘lishi kerak. Ularga asosan – unumdorlik, FIK, jarayonning tо‘xtovsizligi, avtomatlashtirish darajasi kiradi.
Nisbiy texnik daraja ishlab chiqarilganning yuksaklik darajasini mutloq texnik daraja, uni dunyo namunalari va modellari bilan solishtirishni tavsiflaydi.
Istiqbolli texnik daraja maqsadi va rejalik raqobatga muvofiq, shu soxada uning umumiy istiqbolli kо‘rsatkichlarini aniqlaydi.
Chidamlilik va ishonchlilik. Bu kо‘rsatkichlar sifat kо‘rsatkichlariga qaraganda muximroq xisoblanadi.
Chidamlilik – qurilmalar tarkibi texnik xizmat qilishda va ruxsat etgungacha ta’mirlashga yoki boshqa oraliq xolatgacha ish qobilyatini saqlash. Chizmachilikning asosiy miqdoriy kо‘rsatkichlari texnik manba va xizmat kо‘rsatish muddati xisoblanadi.
Texnik manba – ishlatish davrida qurilmalarni yig‘indisini narabotka qilish.
Xizmat muddati – boshlangan muddatgacha yoki boshqa belgilangan xolatgacha qurilmalarni ishlatishning kalendarli davomiyligi. Xizmat qilish muddati qurilmalarning fizik va ma’naviy xarajatlaridan chegiriladi.
Ishonchlilik – qurilmaning tarkibi, nuqsonsiz, chidamlilik va qurilmalarning ta’mirga yaroqliligini bildiradi. Ishonchlilikning miqdoriy kо‘rsatkichlari: narabotka, nuqsonsiz ishlash ishonchliligi, tayyorgarlik koeffitsiyenti.
Narabotka – qurilmalarning ishlash xajmi yoki davomiyligi, sikllar sonini о‘zgarishi, maxsulotlarning miqdoriy tayyorlanishi yoki boshqa birliklari.
Nuqsonsiz ishlash ishonchliligi –nuqson tug‘dirmaganda belgilangan oraliqlarda ishlar davomiyligi ishlatish sharoitlarida va rejimlarida belgilangan ishonchlilikni bildiradi.
Iqtisodiy kо‘rsatgich. Foydali ish koeffiitsiyenti.
IAQ larini yuksaltirishda asosiylar issiqlik kо‘rsatgichlari foydali ish koeffitsiyentlari xisoblanadi.

bunda Q1 – maksimal issiqlik miqdori, ya’ni shu sharoitda issiqlik tashuvchidan sovuq issiqlik tauvchiga uzatilgan issiqlik miqdori; Q2 – issiq issiqlik tashuvchidan sovuq issiqlik tashuvchiga uzatilagn yoki texnologik jarayonlarda foydalanilgan issiqlik miqdori.
Maksimal issiqlik miqdori yoki sarflangan issiqlik boshlang‘ich haroratga va issiqlik tashuvchilarning suvli ekvivalentlariga bog‘liq.

Agar uzatilgan issiqlik miqdori quyidagi kо‘rinishda bо‘lsa, u holda issiqlik almashinish yuzasi va issiqlik uzatish koeffitsiyenti orqali FIK ni quyidagicha aniqlash mumkin.

bu yerda - qurilmadagi о‘rtacha haroratlar farqi, 0S, u holda FIK
.



Download 2.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 2.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA: ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARINI TANLASHDAGI ANIQLOVCHI OMILLAR

Download 2.56 Mb.