• Induksion qizdirgichlar
  • Qarshilikli elektr qizdirgichlar (EQ)




    Download 2.56 Mb.
    bet5/42
    Sana26.04.2023
    Hajmi2.56 Mb.
    #54025
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    issiqlik massa almashinuvi
    Biologiya fanidan laboratori ya mashg` ulotlari da ftari, Глагол
    Qarshilikli elektr qizdirgichlar (EQ)

    Suyuqlik vannali EQ lar. Bunday qurilmalarning eng kо‘p tarqalgan turiga moy bilan tо‘ldirilgan va ichiga qizdirgich о‘tkazgichlari joylashtirilgan g‘ilofli metall idishdir. G‘ilofning devoriga izolyator maxkamlanadi va unga EQ ning spirali maxkamlaadi.


    Suyuqlikli vannada qizdirish ishlanayotgan materialning xaroratini oshish jarayoni bir xil ekanligi bilan ajralib turadi. Qizdirish intensivligi issiqlik uzatuvini kichik qо‘zg‘alishida xam yaxshi bо‘ladi. Bunday qurilmalarda qizdirishning taxminiy xarorati 250 0S dan oshmaydi.
    Mufelli elektr pechlari. Pech kamerasi g‘ishtdan yasaladi. Kameralar devori issiqlikbardosh mayeriallardan qilingan kanalga ega bо‘lib, unda simli yoki lentali spirallar о‘rnatiladi. Mufelli elektr qizdirish qozoni rasmda qо‘rsatilgan. Suyuqlikli pech kamerasida joylashtiriladi. Bunday pechlarda qizdirish tez, yuqori xaroratga oson erishiladi. Mufelli pechlari ixcham, ishlatishda qulay va u kimyo sanoatida juda keng qо‘llaniladi.
    Quvurli qizdirish elementli qurilmalar. Elektr qizdirish elementlaridan farqli ravishda izolyatsion material sifatida keramika, mikanit va slyududan foydalaniladi. Zamonaviy quvurli elektr qizdirgichlar (QEQ) metall patron bо‘lib, ularning quvurlari odatda mis, latun, uglerodli pо‘lat yoki austinit turidagi xrommonikelli pо‘lat X18N10T dan yasaladi, uning ichida nixron simdan yasalgan spiral tо‘ldirgichlar bilan jipslashtiriladi. Tо‘ldirgichlar sifati erigan mag‘niy oksidi (periglaz), alyuminiy oksidi yoki kvars qumi qо‘llaniladi. Tо‘ldirgich bir tomondan metall quvurdan spiralni elektr izolyatsiyalash uchun, ikkiyechi tomonidan issiqlik о‘tkazuvchi bо‘lib xizmat qiladi.
    Quvurdan elektr qizdirgichlar (QEQ) bir va ikki spirali qilib yasaladi. Spirallar 0,2-1,6 mm diametrli nixrom simdan yasaladi, ular 7-19 mm diametrli quvurga qо‘yiladi. Quvurlar va spirallar orasida tо‘ldirish yuqorida kо‘rsatilgan materiallardan kukun naklida joylashtiriladi.
    QEQ larni boshqa EQ lardan afzalliklari: qizdirgich patroni germitik, ya’ni elektr spiral kam zanglaydi; tо‘ldirgichni zich maxkamlanganligi spiralni patronni tebranishi va zarbasidan saqlaydi; tо‘ldirgichning katta issiqlik о‘tkazuvchanligi va issiqlik bardoshligi, spirallar, slyudalar, mikanit yoki boshqa izolyatsion materiallar bilan solishtirganda QEQ larning yuqori solishtirma issiqlik unudorligini ta’minlaydi. QEQ larning xizmat qilish muddati 5-8 yil va undan kо‘proq.

    Induksion qizdirgichlar


    Hozirgi vaqtda yuqori tok va sanoat chastotasi asosida induksion qizdirish texnologik jarayonlarda keng qо‘llaniladi: agressiv suyuqliklarni qizdirish, bug‘latish, quritish, preslash, metallarni eritish, payvandlash va boshqalar.


    Induksion qizdirishning afzalliklari:
    о‘tkazuvchi materiallarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qizdirish imkoniyati;
    tо‘qnashuvsiz qizdirish bu usulni ximoyali muxit va vakuumdan foydalanib avtomatlashtirilgan oqim sharoitida qо‘llash imkoniyatini beradi;
    mexnat unumdorligini oshiradi va sanitariya gigiyena sharoitlarini yaxshilaydi.



    1 - rasm. Induksion qizdirish qurilmasining prinsipial sxemasi.


    a – pasaytiruvchi transformatorli; b - pasaytiruvchi transformator bо‘lmaganda; 1 – generator; 2 – kondensator batareyasi; 3 – induktor; 4 – qiziyotgan jism; 5-pasaytiruvchi transformator.

    Induksion qizdirish qurilmasining sxemasi 1-rasmda kо‘rsatilgan. Yuzaviy qizdirish qurilmalarida, masalan, pо‘latlar toblashda, induktor generatorga pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi (1-rasm, a). Kо‘p о‘ramli indukatorli qizdirgichlar generatorga tranormatorsiz ulanadi (1-rasm, b).




    Download 2.56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 2.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshilikli elektr qizdirgichlar (EQ)

    Download 2.56 Mb.