Texnologiya organik mineral o‘g‘it olishga mo‘ljallangan




Download 18.33 Kb.
Sana31.03.2024
Hajmi18.33 Kb.
#182890
Bog'liq
O
CamScanner 20-10-2021 11.09, kurs ishi 1 (4), kurs ishi 1 (6), Электрахимия, Bayt al-hikmada arab tiliga tarjima qilingan tibbiyotga oid asarlar., maqola, Defoliantlar, Din, Mikroelementlar

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti fosforli o‘g‘itlar laboratoriyasi mudiri, akademik Shafoat Namozov boshchiligida Markaziy Qizilqum nokonditsion fosforitlari, chorvachilik va parrandachilik chiqindilari asosida tuproq unumdorligini oshirishda va o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan organik mineral o‘g‘itlar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda chorvachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi sohalaridan biri. Bugungi kunda O‘zbekistonda qoramolning umumiy soni 12,7 mln., parrandalar esa 75 mln. taga yetdi. Bir kunda hosil bo‘ladigan qoramol va parranda go‘ngi jonivor og‘irligiga nisbatan 6-8 foizni tashkil etadi. Umumiy holatda har sutkada 110 ming tonna qoramol va parranda go‘ngi hosil bo‘ladi. Bir yilda umumiy hajmi 40 mln. tonnani tashkil etadi.
FA xabariga ko‘ra, Qizilqum fosforit kombinatida hozirgi kunda fosforitlarni boyitish jarayonida ajralib chiqayotgan 15 mln. tonnadan ortiq sanoatda ishlatilmayotgan past navli fosforitlar to‘plangan. Fosforli o‘g‘itlarning tanqisligi sharoitida bunday xom-ashyodan qishloq xo‘jaligida foydalanish muhim hisoblanadi. Go‘ng bilan fosforit asosida organik mineral o‘g‘it olish jarayonida go‘ng tarkibidagi organik kislotalar ta'sirida fosforit tarkibidagi fosfatlar eruvchanligi ortib o‘simlik o‘zlashtira oladigan shaklga o‘tadi. Ushbu usulda o‘g‘it olinganda faqatgina go‘ngning o‘zidan o‘g‘it olishga nisbatan fiziologik faol moddalar – gumin kislotalar, fulvokislotalar va suvda eruvchan organik moddalar miqdori ortadi, azotli va organik birikmalarning yo‘qolishi esa kamayadi.
Texnologiya organik mineral o‘g‘it olishga mo‘ljallangan.
Fosforitlar — fosfatlar (asosan, apa*git)ga toʻyingan choʻkindi togʻ jinslari. F. tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam boʻlmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5—18% gacha R2O5 boʻlgan togʻ jinslari xam F.ga kiritiladi. Sof F.ning rangi asosan oq boʻlib, juda kam uchraydi. F. tarkibidagi rangli moddalarga koʻra qora, kulrang, jigarrang, baʼzan koʻk, yashil, qizil, sariq, och kulrang boʻladi. F. tarkibida deyarli har doim organik moddalar, Sa, Mg, Fe karbonatlari, gil minerallari, pirit, temir gidrooksid, kvars, xaltsedon boʻladi. F.da uran, lantanoidlarning seriy guruhiga mansub elementlari hamda koʻproq Y, Pb, Sr, oz miqdorda V, Sc, Zr, Se, Be aralashmalari toʻplanishi mumkin. F. strukturasiga qarab yaxlit, donador, jelvaksimon (konkretsion), shagʻalsimon, konglomeratli turlarga boʻlinadi. Yaxl it va donador F. koʻp tarqalgan. Yaxlit (geosinklinal) F. zich bir xil jinedan iborat boʻlib, tarkibidagi juda kichik dumaloq fosfat donalari va oolitlar fosfat, karbonat yoki silikat angidrid (SiO2) birikmalari yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlamlari qalin (10 m dan ortiq), yuqori sifatli (28—36% R2O,), keng maydonda tarqalgan. Bunday F. konlari Xubsugul (Mongoliya), Kunyana (Xitoy), Jorjina (Avstraliya) kembriy yotqiziqlarida mavjud. Donador (platforma) F. — karbonat yoki terrigen choʻkindi togʻ jinslari, tarkibidagi fosfat donalari hamda dengiz organizmlari qoldiqlari karbonat, silikat angidrid yoki gil yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlam kalinligi koʻpincha 2–3 m (baʼzan 10 m gacha), tarkibida 22—30% R2O5 boʻladi. Bu tipdagi F. Rossiyaning Yevropa kismi, Shimoliy Afrika, Oʻrta Osiyoda boʻr va paleogen yotqiziqlarida keng Tapkalgan. F. paydo boʻlishi haqida turli biokimyoviy, kimyoviy va biogen nazariyalar mavjud boʻlib, biokimyoviy nazariya koʻpchilik tomonidan tan olingan. F. kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan fosfor, fosfor kislota va turli fosforli birikmalar olish manbasi hisoblanadi. Asosiy isteʼmolchi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, F. 90% gacha fosforli oʻgʻitlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan tashqari, F.dan yoʻlyoʻlakay sanoat masshtabida bir qancha noyob elementlar ajratib olinadi. Rossiya Federatsiyasi, Boltiqboʻyi, Sibir, Qozogʻistonda yirik F. konlari bor. Oʻzbekiston hududida F. paleogen, boʻr, devon, silur va tokembriy yotqiziqlarida topilgal. Ular, asosan, Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara (R2O, zaxirasi 57,68 mln.t), Shimoliy Yetimtogʻ va Karakata konlarida mavjud.
Apatit (yun. apatao — aldayman) — fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyob f ele-mentlari, U, Sr va boshqa Oq, zangori, sariq, binafsha rang va boshqa rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. S. og. 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab A. ftora-patit, gidroksilapatit va xlorapatitga boʻlinadi. A. magmatik, gidrotermal, pnevmatolit yoʻl bilan hosil boʻladi. Baʼzan A. kvars yertomirlarida va kristalli slaneslarda ham uchraydi. Choʻkindi jin-slarda A. guruhiga kiradigan minerallar fosforitlar va qazilma suyaklar sha-klida uchraydi. A. oʻgʻit, fosfor kislota va uning tuzlarini olishda xom ashyo; qora va rangli metallurgiyada hamda keramika va xira oyna ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Kamyob yer elementlari qoʻshilgan sintetik A. optikada qoʻllaniladi. Oʻzbekistondagi fosforitlarning asosiy qismi A.dir.
Download 18.33 Kb.




Download 18.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya organik mineral o‘g‘it olishga mo‘ljallangan

Download 18.33 Kb.