Mundarija




Download 0.84 Mb.
bet4/7
Sana25.03.2017
Hajmi0.84 Mb.
#2316
1   2   3   4   5   6   7
Galliy. Galliy davriy sistemada 31-katakga joylashgan; atom og’irligi 69,72; barqaror izotoplari 69Ga (yer qobig’idagi galliyning 60,2 % i) va 71 Ga (yer qobig’idagi galliyning 39,8 % i). Galliyning sun’iy radioaktiv izotoplaridan 72Ga (yarim yemirilishdavri 14,2 soat) radioaktiv indikator sifatida foydalaniladi. Ga ning elektron konfiguratsiyasi: KLM4s24p1.

Galliyning mavjudligini 1871 yilda D.I.Mendeleyev oldindan aytgan edi. Uni 1875 yilda fransuz olimi Lekok de-Buabodran sof holda ajratib olib, xossalarini o’rgandi. Bu olimning tadqiqotlari D.I.Mendeleyev fikrini to’la tasdiqladi.

Galliy yer po’stlog’ini 1,5 ∙ 10-3 % ini tashkil qiladi. Uning yagona minerali gallit CuGaS2 juda kam uchraydi. Galliy, asosan, alyuminiy, rux, germaniy rudalari bilan aralash holda uchraydi. Xuddi germaniy kabi galliy ham toshko’mir tarkibida bo’ladi. Shuning uchun toshko’mirning gazifikatsiyasida galliy germaniy bialn birga kuya va kul tarkibiga o’tadi. Galliy minerali barcha mamlakatlarda uchraydi.

Galliy kumush kabi oq metall, rombik sistemada kristallanadi (a= 4,5196 Ǻ; v=7, 6601 Ǻ, c=4,5257 Ǻ). Galliyning atom radiusi 1,39Ǻ. Uning ioni – Ga3+ ning 0,62 Ǻ. Qattiq galliyning zichligi (200C da) 5,904 , suyuqlanish temperaturasi C 29,80 suyuq galliyning zichligi 6,095 g/sm3 . qaynash temperaturasi 22270C. Uning ionlanish potensiali:

Galliy davriy sistemada alyuminiyning tagidagi katakda turgani uchun o’zining ximiyaviy xossalari bilan alyuminiyga juda o’xshaydi. Masalan, galliy ham alyuminiy singari kislotalarda va ishqorlarda eriydi:

Galliy o’z birikmalarida, asosan uch valentli bo’ladi. Galliy vakuum texnikada va signal asboblarda qo’llaniladi. Galliyning suyuqlanish temperaturasi past, qaynash temperaturasi yuqoriligiga asoslanib, galliydan yuqori temperaturalarni o’lchaydigan termometrlar uchun kerakli yuqori temperaturalarni o’lchaydigan termometrlar uchun kerakli suyuqlik sifatida foydalaniladi. Keyingi yillarda galliy qotishmalari yarim- o’tkazgichlar texnikasida ishlatiladigan bo’ldi. Galliydan maxsus elektron naylar va foto elementlar tayyorlashda foydalanilmoqda. Galliy atom texnikasida ham qo’llaniladi. Galliy qo’shilgan qotishmalar (qalay va indiy qotishmalari) past (150 dan past) temperaturalarda suyuqlanadi. Galliy gidrid Ga2H6 (digallan) 1390 C da qaynaydigan suyuqlik.





Download 0.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.84 Mb.