• Ishlatilishi.
  • Mundarija




    Download 0.84 Mb.
    bet5/7
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.84 Mb.
    #2316
    1   2   3   4   5   6   7
    Alyuminiy oksid. - Al2O3, oq kukun, to’qqiz xil modifikatsiyaga ega. Bular ichida eng beqaror modifikatsiyasi kristall panjarasiga ega bo’lgan romboedrik d- Al2O3 va kub simon h- Al2O3 dir. Kristall holatdagi Al2O3 kimyoviy barqaror suv va kislotalar ta’siriga juda chidamli, ishqorda uzoq qizdirilganda qisman eriydi. Kukun holatdagi Al2O3 amfoter xossaga ega bo’lgani uchun kislota va ishqorlarda eriydi:

    Al2O3 +6HCl → AlCl3 + 3H2O

    AlCl3 + 2NaOH + 3H2O → 2Na[Al(OH)4]

    Sanoatda dala shpatlari maxsus pechlarda qizdirilib, ohaktoshlar ishtirokida pishiriladi. Hosil bo’lgan xomashyoni suvda eritib karbonat angidrid ta’sirida Al(OH)3 cho’ktiriladi. Cho’kmaga termik ishlov berish yo’li bilan uni Al2O3 ga aylantiriladi.

    Na2O · Al2O3 · 6SiO2 → 6CaCO3 · SiO2 +2NaAlO2 + +6CO2

    K2O · Al2O3 · 6SiO2 + 6CaCO3 → 6CaO· SiO2 +2KalO2 +6CO2

    NaAlO2 + 2H2O → Na[Al(OH)4]

    KalO2 +2H2O → K[Al(OH4)]

    2Na[Al(OH)4]+ 2K[Al(OH)4] +2CO2→Na2CO3+ K2CO3+4Al(OH)3+2H2O

    2Al(OH)3→ Al2O3 + 3H2O

    Alyuminiy gidroksid Al(OH)3oq rangli, amfoter xossasiga ega bo’lgan cho’kma. Kislota va ishqorda yaxshi eriydi.

    Al(OH)3+ 3HCl → AlCl3 + 3H2O

    Al(OH)3 + NaOH → Na[Al(OH)4]

    Al(OH)3 + 3NaOH → Na[Al(OH)4]

    Umuman olganda bu reaksiyalarni quyidagi sxema asosida tushuntirish mumkin:

    Al(OH)3 laboratoriyada bilvosita usul bilan olinadi.

    Al2(SO4)3 + 6NaOH → Al(OH)3 + 3Na2SO4

    Ishlatilishi. Alyuminiy va uning birikmalari elektrotexnikada turli xil qotishmalar olishda, konditer va to’qimachilik sanoatda, issiqlikka va o’tga chidamli moddalar tayyorlashda, keramika, sement va shisha olishda, organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladi.



    Download 0.84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.84 Mb.