• 9.6-rasm. Yuqori haroratda qaynaydigan gidro-oltingugurtsizlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi (yuqori haroratli ajratish fazasi)
  •  Yuqori haroratda qaynaydigan gidrotozalash qurilmasining




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet195/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    9.7. Yuqori haroratda qaynaydigan gidrotozalash qurilmasining 
    texnologik sxemasi 
    9.6-rasmda og‗ir distillyatlarni gidro-oltingugurtsizlashtirish va vakuumli 
    gazoyl‘ qurilmasining sxemasi keltirilgan [ARCO Petroleum Products 
    firmasining litsenziyasi bo‗yicha [14]. Bu qurilmada yuqori haroratli ajratish 
    to‗g‗ridan-to‗g‗ri reaktordan keyin olib boriladi. Jarayonning asosiy xususiyati 
    reaktorda katalizatorning zarralarini oraliqda joylashishi hisoblanadi va apparat 
    katalizator bilan to‗lgandan keyin maxsus operatsiyalar olib borish natijasida 
    erishiladi.
    Nasos (3) yordamida haydaladigan dastlabki xomashyo kompressor (1) 
    bilan uzatiladigan vodorod-tarkibli gaz bilan (tozalangan va yangi sirkulyatsiya) 
    aralashadi. Olingan gaz-xomashyo aralashmasi ketma-ket (6 va 12) qizdirgichda 


    386 
    qizdiriladi, keyin esa zmeyevikdagi quvurli pechlarda (2) qizdiriladi. 
    Ajratgichdan (5) chiqadigan yuqori-haroratli issiqlik almashtirgichda (6) 
    qizdirilgan muhit gazni va bug‗larning aralashmasi hisoblanadi, issiqlik 
    almashtirgichdagi esa (12)-barqaror gidrotozalangan barqaror (qurilmani 
    maqsadli mahsuloti) hisoblanadi. Reaktorda (4) gidro-oltingugurtsizlashtirish 
    jarayoni qo‗zg‗almaydigan katalizatorning qatlamlari va chiqmaydigan 
    oqimning reaksiyalanadigan aralashmasi bilan olib boriladi. Reaktorning 
    balandligi bo‗yicha haroratni boshqarish uchun katalizator qatlamining bir yoki 
    bir nechta gaz aralashmalarini asosiy oqimidan tarmoqlanuvchi zonasiga 
    vodorod-tarkibli (kvenching-gaz) sovutgich kiritiladi.
    9.6-rasm. Yuqori haroratda qaynaydigan gidro-oltingugurtsizlashtirish 
    qurilmasining texnologik sxemasi (yuqori haroratli ajratish fazasi): 
     1-kompressor; 2-pech; 3,14,15-nasoslar; 4-reaktor; 5,9-ajratgichlar; 6,12,17-issiqlik 
    almashtigichlar; 7,13-havoli sovutish apparatlari; 8-sovutgich; 10,18-reduksion klapananlar; 
    11-bug‗lantirish kolonnasi; 16-qabul qilgich.
    Reaktordan pastga chiquvchi gaz-mahsulot aralashmasi qaynoq 
    ajratgichda (5) ajratiladi. Keyin suyuqlik ajratgichdan reduksiya klapani orqali 


    387 
    (10) bug‗lantirish kolonnasiga (11) yo‗naltiriladi. Gaz-bug‗ aralashmasi issiqlik 
    almashtirgichda (6) va havoli sovutish apparatida (7) sovutiladi; bunda hosil 
    bo‗lgan uglevodorod kondensati gaz bilan birgalikda suvli sovutgichda (8) 
    sovutiladi va keyin esa yuqori bosimli past haroratli ajratgichdan (9) o‗tadi 
    hamda ajratgichdan chiqib ketadigan (5) gidrotozalangan yuqori haroratda 
    qaynaydigan gazoyl‘ fraksiyasi birlashadi. 
    Gidro-oltingugurtsizlashtirilgan 
    mahsulot aralashmasi bug‗lantirish 
    kolonnasida past haroratda qaynaydigan fraksiyani va meyoridagi alangalanish 
    haroratiga erishish uchun suv bug‗i yordamida shamollatiladi. 
    Vodorod-tarkibli gaz sovuq ajratgichdan chiqishda (9) tozalash seksiyasida 
    vodorod-sul‘fiddan etanol-aminning regeneratsiyalash eritmasi yordamida 
    tozalanadi. Kompressor yordamida (1) tozalangan gaz xomashyo bilan 
    aralashtirish uchun sirkulyatsiya chizig‗iga qaytariladi. Qurilmadan tozalangan 
    gazni chiqarish esa klapan (18) orqali amalga oshiriladi. Kompressorning 
    haydovchi tizimiga yangi vodorod-tarkibli gaz kiritiladi. 
    Issiqlik almashtirgichdan keyin (12) to‗liq sovitilmagan gidro-
    oltingugurtsiz gazoyl nasos (14) yordamida issiqlik almashtirish (17) (sxemada 
    faqat bittasi ko‗rsatilgan) ortiqcha issiqlikdan foydalanish va talab qilingan 
    haroratgacha sovutish uchun uzatiladi. Bu holatda bug‗lantirish kolonnasi 
    barqarorlashtirish kolonnasi hisoblanadi va kondensator-sovutgich (13) xizmat 
    qiladi. Qabul qilgichda (16) to‗planadigan yengil fraksiyaning bir qismi nasos 
    (15) yordamida kolonnaga (11) sug‗orishga beriladi, qolgan qismi esa-
    qurilmadan 
    chiqariladi. 
    Qabul 
    qilgichning 
    (16) 
    yuqori 
    qismidan 
    barqarorlashtirish gazi chiqib ketadi. 
     
    Har xil turdagi xom-ashyolarni material balansi quyida keltirilgan. 
    Neftni pilot qurilmasida vakuum gazoylning gidrotozalash material 
    balansi quyidagilar: harorat 380°С, bosim 5 MPa; xomashyoni hajmiy uzatish 
    tezligi 0,7 soat-1, sirkulyatsiya gazining nisbatlari: 850 m
    3
    /m
    3
    . ga teng [23]: 


    388 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Yuqori haroratda qaynaydigan gidrotozalash qurilmasining

    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish