121
rejimi [7] keltirilgan:
2.16-jadval
Yog‘ning harorati,
о
С
10 –chi issiqlik
almashtirgichidan keyin
9 -chi issiqlik almashtirgichidan keyin
2-chi kolonnaga kirishda
Kolonnadagi qoldiq bosim (yuqorida), kPа
Zmeevik pechiga kirish oldidan yog‘ning bosimi, МPа
125
200
350
8-10
0,8
Xulosa
Sanoat ishlab-chiqarish joylarida neftni yig‗ish hamda uni tashish
bo‗yicha neftdan gazni hamda suvni ajratish bo‗yicha
turli xilga oid sharoitli
sxemalar mavjud. Dastlabki o‗zida oqib yuradigan tizimda belgilangan sathidan
o‗lchov qurilmasida quduqdan keladigan neft mahsulotining sathi oshishi
hisobiga neft harakat qiladi. Qazib olinadigan neft bilan birgalikda yo‗ldosh gaz,
qum, illar, tuzlarning kristallari va suv - xlorid eritmalariga to‗yingan holda
chiqadi. Yo‗ldosh va neftda erigan gazlar konda ko‗taruvchi-gaz
ajratish
tizimlarida quduqdagi bosimni ketma-ket atmosfera bosimigacha pasaytirish
orqali ajratiladi. Ajratgichning yuqori qismidan chiqqan gaz oraliqda o‗rnatilgan
qabul qilgichlarda kondensatdan ajratiladi va gaz-benzin zavodlarga
yo‗naltiriladi yoki qatlam bosimini saqlab turish uchun quduqlarga qaytadan
haydaladi. Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va foydalaniladi.
Neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonnali
qurilmadan foydalaniladi, ikki
kolonnali qurilma yordamida birinchi kolonnada neft barqarorlashtiriladi,
ikkinchi kolonnada esa gazli benzin barqarorlashtiriladi.
Neftni birlamchi
haydash jarayonida fraksiyalarni va neft mahsulotlarining keng assortimenti
olinadi, ular qaynash chegaralari bilan hamda uglevodorod va kimyoviy tarkibi,
qovushqoqligi,
alangalanish harorati, qotishi va boshqa xossalari bilan farq
qiladi. Gidrotozalashdan maqsad yog‗ning rangini yaxshilash va barqororligini
kuchaytirish, ularni qovushqoqlik–harorat xossalarini oshirish, kokslanish va
oltingugurtning tarkibini pasaytirish hisoblanadi.
Har bir zavod yuqorida
nomlari keltirilgan mahsulotlarni ishlab beraolmaydi. Neftni qayta ishlaydigan
122
zavodlarga zamonaviy qurilmalar va katta unumdorlikda ishlab chiqarish
jihozlar loyihalanadi, shuning uchun ular tejamkor bo‗ladi. Neftni birlamchi
qayta ishlash qurilmalari neftni qayta ishlash zavodlarining asosini tashkil qiladi,
ularning ishi olinadigan yoqilg‗i komponentlarining sifatiga va chiqishiga
hamda ikkilamchi va neftni qayta ishlashni boshqa jarayonlarining xom-
ashyosiga bog‗liq bo‗ladi.
Ishlab chiqarish amaliyotida neft fraksiyalarga ajratiladi va qaynash
haroratining chegaraviy haroratlari bilan farq qiladi.
Bunday farqlanish neftni
birlamchi haydashda qizdirish, distillyatsiya va rektifikatsiya, kondensatsiya va
sovutish jarayonlarini qo‗llashni talab qiladi.