123
III bob. NEFT VA GAZKONDENSATNI IKKILAMCHI QAYTA
ISHLASH
3.1.Neft va gazkondensatni qayta ishlashning asosiy yo‗nalishlari
Neftni qayta ishlash sanoati – og‗ir sanoatning bir tarmog‗i bo‗lib, neftni
va gazkondensatlarni qayta ishlash va yuqori sifatli
tovar neft mahsulotlarini
ishlab chiqarish sohasini egallaydi: motor va energetik yoqilg‗ilarni, moylash-
surkov moylari, bitumlarni, neftli koksni,
parafinlarni, eritgichlarni, elementar
oltingugurt, termogazoyl, neftkimyoviy xomashyoni va xalq xo‗jaligi iste‘moli
uchun tovarlarni ishlab chiqaradi.
Neft va gazkondensatni sanoatda ishlab chiqarish zamonaviy neftni qayta
ishlash zavodlarida ko‗p pog‗onali murakkab fizik va kimyoviy qayta ishlashni
alohida yoki jamlanmali yirik tonnajli texnologik jarayonlar orqali amalga
oshiradi. Bu jarayonlar asosida har xil komponentlar
va neft mahsulotlarning
tovar assortimentlari ishlab chiqariladi.
Neftni qayta ishlash uchta asosiy yo‗nalish bo‗yicha amalga oshiriladi:
-yoqilg‗i;
-yoqilg‗i-moyli;
-neftkimyoviy yoki majmuali (yoqilg‗i-neftkimyoviy yoki yoqilg‗i-moyli-
neftkimyoviy).
Yoqilg‗i yo‗nalishida neft va gaz asosan motor va qozonxona
yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish uchun qayta ishlanadi. Yoqilg‗i profilida
NQIZlarida neft chuqur va chuqur bo‗lmagan texnologiya asosida ishlanadi.
NQIZlarida chuqur bo‗lmagan qayta ishlashning texnologik sxemasi bir-biridan
katta bo‗lmagan texnologik jarayonlarning soni va kichik neft mahsulotlarini
assortimenti bilan farq qiladi. Bu sxema bo‗yicha motor yoqilg‗isini
chiqishi
massasi bo‗yicha 55 -60% ni tashkil qiladi hamda qayta ishlanadigan neft
xomashyosining fraksion tarkibiga bog‗liq bo‗ladi. Qozonxona yoqilg‗ilarini
chiqish massasi bo‗yicha 30 - 35% ni tashkil qiladi.
Neftni chuqur qayta ishlashda motor yoqilg‗isini maksimal darajada
yuqori sifatda chiqishini ta‘minlash uchun ularni ishlab chiqarishda
atmosfera
124
va vakuumli haydashdagi qoldiqlarni hamda neftni qayta ishlash zavodlarida
olinadigan gazni qoldig‗idan ham foydalaniladi. Bunday sharoitda qozonxona
yoqilg‗isini chiqishi minimumga keltiriladi. Neftni qayta ishlash chuqurligi 70-
90%ga yetkaziladi.
Yoqilg‗i – moy varianti bo‗yicha neftni motor yoqilg‗isi bilan birgalikda
qayta ishlanganda moylash-surkov moylari har xil navlarda olinadi. Eng oxirgi
mahsulotni ishlab chiqarish uchun yuqori sifatga ega bo‗lgan moyli potensialli
neft fraksiyasi tanlanadi.
Neftni kimyoviy va kompleks qayta ishlashda neftkimyosi sohasi uchun
yoqilg‗i va moylar ishlab chiqarish bilan birgalikda
aromatik uglevodorodlar,
parafinlar, piroliz uchun xomashyo olish hamda neftkimyosi sintezi uchun tovar
mahsulotini olish ham mo‗ljallanadi.
Neft xomashyosining potensial imkoniyatini baholashda neftning
texnologik klassifikatsiyasiga kiruvchi kompleks ko‗rsatgichlari amalga
oshiriladi.
Lekin qurilmaning, sexning va NQIZlarni material balanslarini
tuzishda yuqorida keltirilgan ko‗rsatgichlarni aniqlashda, texnologik
jarayonlarni, assortimentni va neft mahsulotining sifatini
tanlashda yetarli emas
Shuning uchun ilmiy-tadqiqot institutlarida loyihaviy ishlanmalarni neft
xomashyosini birlamchi ko‗rsatgichlari sifatini o‗rnatilgan talablar darajasida
olib borish uchun chuqur tadqiqotlar olib boriladi. Bu yerda neft
xomashyosining yoqilg‗i va moyli komponentlarning
juda qisqa fraksiyalari,
oraliq xomashyoning texnologik jarayonlari chuqur o‗rganiladi.
Bu tadqiqotlarning natijalari egri bog‗lanishlar, zichlik, molekulyar massalar,
oltingugurtning miqdori, neft tarkibining past haroratli va qovushqoqlik
xossalari bog‗lanish (2.1-rasm) ko‗rinishda hamda neftni sifat ko‗rsatgichlarini,
neft mahsulotlarini fraksiyasini va komponentlarini tavsiflovchi jadval
ko‗rsatgichlari shaklida ifodalanadi.