Yog‗li fraksiyalarni, gachlarni va petrolatumlarni ajratishda




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.16. Yog‗li fraksiyalarni, gachlarni va petrolatumlarni ajratishda 
qo‗llaniladigan vakuumli haydash qurilmasi 
 
Ikkilamchi haydash standart talablari bo‗yicha qayta ishlanadigan 
mahsulotni sifat ko‗rsatgichlarini mosligini yoki quyidagi qayta ishlash 
jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‗yicha: gachni yog‗sizlantirish; 
parafin–xom ashyoni gidrotozalash va boshqalar [7, 8]. Bu qurilma neft 
yog‗larini va qattiq uglevodorodlarni sexlarda ishlab chiqarishda quyidagi 
operatsiyalarni olib borish uchun xizmat qiladi:
- qoldiq neftning yog‗ini olishda qovushqoqligi va alangalanish haroratini 
oshirish maqsadida bosh fraksiyaning qoldiq parafinsizlantirilgan rafinatini 
ajratish; 
-keng fraksiyali tarkibidan yog‗li distillyatni har xil qovushqoqli ikki yoki 
uch komponentni ajratish; 
-petrolatumning konsentratsiyasini hisobiga ulardan bosh fraksiyani 
chiqarish; 
-gachni keng fraksiyali tarkibini yengil (350 - 470°Сda fraksiyani
chegaraviy qaynashi) va og‗ir qismlarga ajratishda yuqori haroratli aromatik 
uglevodorodlarni va asfalten-smolali moddalarni yog‗sizlantirishdan oldin 
chiqarish. 
Xomashyo nasos bilan (11) haydaladi, vakuumli kolonnaga (2) kirishdan 
oldin issiqlik almashtirgichlarda (10 va 9) va zmeyevik pechida qizdiriladi. 
Kolonnaning yuqorisida (2) va oraliqda olinadigan fraksiyalar vakuumli qabul 
qilgichlarda (5 va 4) yig‗iladi. Yuqori fraksiya apparatlarda sovutiladi (10 va 14) 
va nasos (13) yordamida sug‗orish yig‗gichga (8) yo‗naltiriladi. U yerdan nasos 
(12) bilan fraksiyaning bir qismi kolonnaning yuqori likopchasiga (sug‗orish 
uchun) beriladi, qolgan qismi qurilmadan rezervuarga haydaladi. Oraliqdagi 
fraksiya qabul qilgichdan (4) sovutgichda (16) sovutiladi va nasos (15) 
yordamida qurilmadan chiqariladi (2.20-rasm).
Pastki qismidagi (qoldiq) fraksiya kolonnaning (2) pastki qismidan nasos 
(3) yordamida olinadi, apparatlar (9 va 17) orqali haydaladi hamda qurilmadan 


120 
olib ketiladi.
Qurilmadagi vakuum kondensatorlarni pog‗onalari oralig‗idagi ikki 
pog‗onali bug‗ oqimli ejektor (7) bilan hosil qilinadi. Ikki pog‗onali ejektorga 
ishchi bosim 0,8 - 1,0 MPa mutloq bosim ostida olib kelingan. Barometrik 
to‗g‗ri kontaktli turdagi sirtli kondensatorni qo‗llab zamonaviy vakuum-hosil 
qilish qurilmasi BashNII NP da [Z] da qo‗llanilgan. 
Bu turdagi qurilmalardan biri gach-rektifikatni (oraliqli fraksiya) olishni 
kuchaytirish maqsadida rekostruksiya qilingan. Rekonstruksiya qilishda 
yordamchi zmeyevik pechi kolonnadagi qoldiq retsirkulyatsiya mahsulotlarni 
qizdirish uchun o‗rnatiladi; xomashyo va retsirkulyatga (zmeyevik pechiga) suv 
bug‗i kiritiladi. Transfer chizig‗ining diametri kattalashtiriladi.

Download 15,32 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yog‗li fraksiyalarni, gachlarni va petrolatumlarni ajratishda

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish