126
va kristallizatsiya);
- adsorbsiya (seolitli deparafinlash, kontaktli tozalash);
- absorbsiyali (AGFQ, Н
2
S va CO
2
dan tozalash,).
Neft xomashyolarini kimyoviy jarayonlarda qayta ishlash kimyoviy yo‗l
orqali yangi mahsulotlarni olish amalga oshiriladi. Zamonaviy NQIZlarida
qo‗llaniladigan kimyoviy jarayonlar kimyoviy reaksiyalarni
faollashtirish usuli
bo‗yicha quyidagilarga ajratiladi:
- termik;
- katalitik.
Termik jarayonlarni kimyoviy reaksiyalarni olib borilishiga muvofiq
turlarga bo‗linadi:
1.termikdestruktiv (termik kreking, visbreking, kokslash, piroliz, texnik
uglevodorodni ishlab chiqarish va boshqalar);
2.termik oksidlash (bitum
ishlab chiqarish, koksni gazlashtirish,
ko‗mirlash va boshqalar).
Katalitik jarayonlarda katalizlarni qo‗llash bo‗yicha quyidagi turlarga
sinflanadi:
1.kislotali katalizni olib borish mexanizmi bo‗yicha (katalitik kreking,
alkillash, polimerlash, efirlarni ishlab chiqarish va boshqalar);
2.oksidlash-tiklash mexanizmi katalizini olib borish bo‗yicha gomolitik
jarayoni (vodorod ishlab chiqarish va gazni sintez qilish, metanol,
elementar
oltingugurt va boshqalar).
3.gidrokatalitik – bifunksional kataliz mexanizmi bo‗yicha olib
boriladigan (murakkab) jarayonlar (gidrotozalash, gidrooltingugurtsizlashtirish,
gidrokreking, katalitik riforming, izomerlash, gidrodearomatlash,
selektiv
gidrodeparafinlash va boshqa).
Neftni qayta ishlashning bosh jarayonlaridan biri (ETQ – elektr
tuzsizlantirish qurilmasidan keyin) atmosfera ostida haydash hisoblanadi (AT –
atmosferali quvur), bu yerda yoqilg‗i fraksiyalari (benzin, tiniq kerosin, reaktiv
127
va dizel yoqilg‗isi) va mazut ajratib olinadi qaysiki, ulardan qozonxona
yoqilg‗isi yoki keyin chuqur qayta ishlashda xomashyo sifatida foydalaniladi.
Atmosfera ostida haydalgan yoqilg‗i keyin qayta ishlashga beriladi:
geteroatom birikmalaridan gidrotozalash, benzinlarni –
sifatini oshirish uchun
katalitik riformingga yoki alohida aromatik uglevodorodlardan – neftkimyosi
uchun xomashyo olishga (
benzol, toluol, ksilol va boshqalar) haydaladi.
Vakuumli haydash yo‗li orqali mazutdan (VQ qurilmasida - vakuumli quvur
qurilmasida) keng fraksiyali vakuumli gazoyl‘ olinadi (350...500°С) – ya‘ni,
katalitik kreking yoki gidrotozalash qurilmalarida qayta ishlash asosida motor
yoqilg‗isining komponentlari yoki moyli fraksiyalarning
qisqa distillyatlari
olinadi hamda qayta tozalash jarayonlariga (selektiv tozalashga, deparafinlashga
va boshqa) yo‗naltiriladi.
Vakuumli qayta haydash qoldig‗i – gudron – qoldiq moy olish uchun
yoki chuqur qayta ishlash asosida qo‗shimcha motor yoqilg‗isi, neftli koks, yo‗l
va qurilish bitumlari hamda qozonxona yoqilg‗isiga xomashyo olinadi.