128
tarkibida suvning miqdorini oshishi uni bug‗lantirish va kondensatsiyasiga
sarflanadigan energiya xarajatlarini (benzinga nisbatan 8 marta yoki undan ham)
oshirib yuboradi. Transport sarflarini ballast suvlarni
qayta haydashda oshib
borishi bilan birgalikda qatlam suvlarining suvli deemulsiyasini hisobiga
neftning qovushqoqligi ham kuchayadi.
Masalan, neftning tarkibidagi suvning miqdori 5% dan 20% gacha
ko‗payganda qovushqoqlik 17 dan 33,3 sSt.gacha oshadi.
Neftning tarkibidagi
mexanik aralashmalar ya‘ni yuqori dispersli qum, loylar, ohaktoshlar va boshqa
tog‗ jinslarining zarralari suvning globullarini sirtida adsorbsiyalanadi va neftli
deemulsiyalarni barqarorlashtirishga olib keladi. Barqaror deemulsiyaning
paydo bo‗lishi kon neftini suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun sarflanadigan
xarajatlarni oshirib yuboradi hamda atrof muhitga zararli ta‘sir ko‗rsatadi. Neftni
tarkibidagi qatlam suvlarni tindirgichlarda va rezervuarlarda ajratishda neftning
bir qismi suv bilan birgalikda deemulsiya ko‗rinishida tashlab yuboriladi va
oqova suvlarni ifloslantiradi. Deemulsiyaning shu
qismi tutqichlarda ushlab
qolinadi hamda yer omborlarida va neftli ko‗llarda yig‗iladi va to‗planadi
qaysiki, undan tejamkorlik yoki utilizatsiya yo‗li foydalanish katta xarajatni
talab qiladi. Neftning tarkibida mexanik aralashmalarning miqdorini ko‗payishi
neftapparatlarida cho‗kmalarni shakllanishiga va quvuruzatmalarni yemirilishini
kuchaytiradi, issiqlik uzatish koeffitsiyentini va qurilmaning ish unumdorligini
kamaytirishga olib keladi.
Suv va mexanik aralashmalarga nisbatan neftni
kon sharoitida va qayta
ishlashga tayyorlashdagi qurilmalarning ishiga ko‗proq salbiy ta‘sirni neftning
tarkibidagi xlor tuzlari ko‗rsatadi. Xloridlar, kal‘siy
va magniy tuzlari past
haroratlarda tuz kislotasi paydo bo‗lishi bilan gidrolizlanadi. Tuz kislotasining
ta‘sirida texnologik qurilmalarning metallini parchalanishi sodir bo‗ladi. Qayta
haydaydigan quriomalarning kondensatsiya-sovutish apparaturalari xloridlarning
gidrolizi mahsulotlari ta‘sirida jadal yemiriladi. Bundan tashqari tuzlar neft
mahsulotlarining qoldiqlarida to‗planadi – mazut,
gudron va koksning
xossalarini yomonlashtiradi.
129
Oltingugurtli va yuqori oltingugurtli neftlarni qayta ishlash natijasida
oltingugurtli birikmalar yoyiladi hamda vodorod xlorid bilan birgalikda neft
apparatlarida kuchli korroziyalarni keltirib chiqaradi.
Fe + H
2
S
→
FeS + H
2
,
FeS + 2HCl
→
FeCl
2
+H
2
S.
Temir xlorid suvli eritmaga o‗tadi, ajralib chiqqan vodorod sul‘fit esa
qaytadan temir bilan reaksiyalanadi.
Shunday qilib, neftda temir xloridni va
vodorod sul‘fidni birgalikda bo‗lishi nam muhitda o‗zaro birikkan zanjirni hosil
qiladi va metallni yoyishni boshlaydi. Neftning tarkibida xlorli tuzlar kam
bo‗lganda korroziyaning jadalligi past bo‗ladi, temir sul‘fitda paydo bo‗lgan
himoyaviy parda metallni korroziyalanishdan himoya qiladi.
—
Shuning uchun konlarda tayyorlangan tovarlar
quyidagi xalqaro talablar
bo‗yicha baholanadi:
—
Oltingugurtning umumiy tarkibi bo‗yicha to‗rtta sinfga;
—
20°С haroratda zichligi bo‗yicha beshta turga;
—
suvning va xlor tuzlarining tarkibi bo‗yicha uchta guruhga;
—
oltingugurt va yengil merkaptanlarning tarkibi bo‗yicha uchta turga.