|
-rasm. Ko‘mirning ishlatilishi
|
bet | 6/19 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 120,85 Kb. | | #158967 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-www.fayllar.org1-rasm. Ko‘mirning ishlatilishi.
Toshko‘mirning yuqori bosim va 500 °С haroratda o‘zgarishidan hosil bo‘luvchi ko‘mir – antrasit deyiladi. Antratsitning zichligi yuqori (1,4–1,7 g/sm3), og‘ir, rangi qora-kul rang, metallsimon yaltiroq bo‘lib, qattiq (2–2,5). Uzoq muddat o‘z xossasini yo‘qotmay saqlanishi mumkin. O‘z-o‘zidan yonib ketmaydi. Tarkibida uchuvchan komponentlar oz miqdorni (8 %) tashkil etadi. Torfning qo‘ng‘ir ko‘mirga, uning toshko‘mir va antratsitga, antratsitning ba’zan grafitga aylanishi yer po‘stining chuqur qismida, yuqori harorat va katta bosim sharoitida, ya’ni metamorfizm jarayonida kechadi. Bu jarayonda ko‘mirning solishtirma og‘irligi to‘xtovsiz oshib boradi (0,7–1,5gacha). Rangi qo‘ng‘irdan qora, to‘q qoragacha o‘zgaradi[12]. Yaltiroqlik xiradan boshlab metallsimongacha (antratsitlarda) o‘zgaradi. Uglerodning miqdori daraxtda 50 %, torfda 60 %, qo‘ng‘ir ko‘mirda 78 %, toshko‘mirda 92 %, antratsitda 98 %, grafitda 100 % bo‘ladi[13].
Ko‘mirlarning sifatini ko‘rsatuvchi quyidagi ko‘rsatkichlar mavjud:
1. Namligi.
2. Kuli
3. Oltingugurt miqdori.
4. Issiqlik berishi[13].
Ko‘mir qatlamlari bir-biri bilan o‘zaro genetik bog‘langan cho‘kindi tog‘ jinslari orasida qatlamlar ko‘rinishida joylashgan bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslari esa quruqlikdan dengiz tomon asta-sekin o‘tiladigan joylarda to‘planadi. U joylarda asosan bo‘lakli cho‘kindi jinslardan argillit, qumtosh, grafit, ba’zi joylarda ohaktosh uchraydi. Bu yotqiziqlar litologik tarkibi bo‘yicha quruqlik va dengiz hamda laguna fatsiyalariga taalluqli hisoblanadi[14].
Ko‘mir zaxiralari yosh bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: devonda 0,1 foiz, karbonda – 7,8 foiz, permda – 37,5 foiz, trias-yurada –25 foiz, yura-bo‘rda – 20 foiz, paleogen va neogenda – 64 foiz[15]. Yirik ko‘mir konlari joylashgan hududlar «ko‘mir basseynlari» deb ataladi. Yirik ko‘mir basseynlari, asosan, Rossiyada (Pechora, Moskva ostonasi, Chelyabinsk, Irkutsk), Polshada (Sileziya), Ukrainada (Donbass), Germaniyada (Rur), Fransiyada (Kommantri), Angliya (Uels), AQSH (Pensilvaniya, Appalachi), Xitoyda va Qozog‘istonda (Qarag‘anda, Ekibastuz) joylashgan. Dunyodagi ko‘mir zaxirasining 50 foiz Rossiyada joylashgan[16]. O‘zbekistonda Angren (Toshkent viloyati), Sharg‘un va Boysun (Surxondaryo viloyati) konlari mavjud[17]. Angren kaolin-qo‘ng‘ir ko‘mir koni hisoblanadi Sharg‘un va Boysunda toshko‘mir qazib olinadi. Bulardan tashqari Hisor tog‘larida ko‘mirga istiqbolli maydonlar mavjud. Ular Nimo, Gurud, Panama, Xauz, Fangart, Oqsuv hisoblanadi. Bu maydonlarda hozir baholash va razvedka ishlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston ko‘mirlarining barchasi yura yotqiziqlari bilan genetik bog‘langan hisoblanadi[18].
|
| |