|
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
|
bet | 2/19 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 120,85 Kb. | | #158967 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-www.fayllar.orgKIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida kimyo sanoatida mavjud bo'lgan sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi qurilishlarni qurish, xomashyo bazasini mahalliylashtirish va yangi import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda real natijalarga erishildi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo'nalishi bo'yicha. "Yuqori texnologiyali qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, birinchi navbatda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashga asoslangan yuqori qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun" rivojlanishga qaratilgan muhim vazifalar qayd etilgan [1]. Shu munosabat bilan mahalliy xomashyo manbalari asosida yangi, import o'rnini bosuvchi kimyoviy preparatlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, xususan, toshko’mir asosida toshko’mir smolasi, koks va koks gazi sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega.
Sanoatni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarishga, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yanada intensivlashtirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasiga asoslanib yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqarish, tabiiy resurslar va sanoat chiqindilaridan kompleks foydalanish alohida ahamiyatga ega. Ushbu mahsulotlarning bir qismi naftalin, fenok, antratsen, koks, faollangan ko’mir va benzoldir. Toshko’mirni pirolizlash orqali qattiq mahsulot – koks, koks gazi va toshko’mir smolasi olinadi.
Koks sanoatda metallurgiyada qaytaruvchi, kalsiy karbid u asosida esa polivinilxlorid, butandiol, tetragidrafuran olinadi.
Koks gazidan metan, benzol, metanol, olefinlar, dimetileferi va boshqa mahsulotlar olinmoda.
Toshko’mir smolasidan aromatik birikmalar – benzol, toluol, ksilollar, naftalin antratsen va boshqalar, ular aosida esa sanoatning barcha soxalariga farmosevtika, qurilish, metallurgiya, bo’yoq, plasmassa, oziq-ovqat va boshqa soxalarda ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarilmoqda. Toshko’mir pirolizi natijasida juda ko’plab mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika korxonalarini import o'rnini bosadigan texnologik komponentlar bilan ta'minlaydi, mahalliy xomashyodan foydalanadi va yangi ish o'rinlari yaratilishini ta'minlaydi. Shunday qilib, toshko’mirni qayta ishni rivojlantirish natijasida ichki va tashqi bozorda sotish bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi, aksincha respublika kimyo sanoatining eksport salohiyati oshadi.
Ushbu dissertatsiya doirasida quyidagi ishlar rejalashtirilgan: Toshko’mirni piroliz qilish uchun reaktor ishlab chiqarish, toshko’mirni piroliz mahsulotlari hosil bo’lishiga turli xil omillarning ta'sirini aniqlash. Hosil bo’lgan birikmalar tarkibini fizik-kimyoviy metodlar yordamida aniqlash, jarayonning texnologik parametrlarini aniqlashdan iborat.
Toshko’mirdan koks, koks gazi va toshko’mir smolasi olish uchun texnik tavsiflarni ishlab chiqish, dissertatsiyada amaliy muammoni hal qilishga qaratilgan.
Respublikamizda birorta toshko’mirni piroliz qilish asosida mahsulotlar olish yo’lga qo’yilmagan, bu muammolarni hal qilish dolzarb muammodir.
Tadqiqotning obekti: Toshko’mir, koks, koks gazi, toshko’mir smolasi.
Tadqiqotning predmeti: Toshko’mirni pirolizlash, piroliz parametrlari va mahsulotlari, toshko’mir smolasi, fizik-kimyoviy tadqiqot usullari.
|
| |