Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana12.04.2022
Hajmi1.97 Mb.
#19630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
3-Chorak
Geliotexnika — fan va texnikaning quyosh radiatsiyasi quvvatini amaliyotda foydalanish 
uchun qulay boshqa tur quvvatga aylantirish nazariyasi va amaliyoti tarmog’i.



reaksiyasi tufayli hosil bо‘ladi. Termoyadro jarayoni davomida tо‘rtta protondan 
bitta geliy yadrosi hosil bо‘ladi va shunga tegishli quvvat ajralib chiqadi. 
Quyosh tarkibining taxminan 50 foizini vodorod tashkil qilishi aniqlangan. 
Bu yuqoridagi tartibda vodorodning geliyga aylanish jarayoni yana 4x10
10
yillar 
chamasi davom etadi, degan sо‘z. Demak quyosh sayyoramizni bir necha о‘n 
milliard yillar yorug‘lik quvvati bilan ta’minlab turadi. 
Yerga quyosh tarqatayotgan quvvatning atigi ikki milliarddan bir qismi 
tushadi. Shundan 40 foizlar chamasi Yer atmosferasiga urilib, koinot fazosiga 
qaytib ketadi, 16 foizi atmosfera tomonidan yutiladi, qolgan qismi Yer sirtigacha 
yetib keladi. 
Yerga yetib kelayotgan quyosh quvvatining miqdori (u yil va kun davomida 
о‘zgarib turadi) geografik kenglikka, atmosferaning holatiga (ochiq bulutli, 
yarim bulutli, tumanli, changli) ekanligiga bog‘liqdir. 
О‘rta Osiyo hududi 37- 42 daraja kenglikda joylashgan. Shu boisdan bu yerga 
katta miqdorda quyosh quvvati tushadi. U amaliyotda turli maqsadlarda 
foydalanish uchun bemalol yetarlidir. Jumladan, yurtimizda yiliga о‘rtacha 300 
kun quyosh quvvatidan foydalanish imkoniyati bor. 
Quyosh quvvatidan amaliy maqsadlarda foydalanish masalalari bilan 
geliotexnika shug‘ullanadi. 
Quyosh quvvatidan amaliy foydalanishga qiziqish qadim zamonlardan 
boshlangan. Masalan, eramizdan oldin Goron Aleksandrskiyning «Quyosh 
fontani», Plutarxning «O‘t oldiruvchi kо‘zgusi», Arximedning о‘zi yashagan 
shahri — Surakuzni qamal qilgan grek kemalarini yondirib yuborgani haqida 
rivoyatlar bor. 
XVI asrdan keyin optika bо‘yicha nazariy va tajriba ishlari olib borildi, doira 
kо‘zgular va linzalar yordamida quyosh quvvatini yig‘ish masalasi о‘rganildi. 
Bu davrlarda I. Nyuton, M. V. Lomonosov, Byuffon, O.B. Sosyuar, A. Musho 
va boshqalar turli xil tо‘plagichlar va «issiq quti» tipidagi qurilmalarni ishlab 
chiqadilar. Byuffon 1747 yilda 68 metr narida turgan о‘tin tо‘dasini tо‘plagich 
yordamida о‘t oldirgan. A.Musho esa 1870 yilda 3—9 atmosfera bug‘ hosil 



qilib, bug‘ mashinasini harakatga keltiradigan tо‘plagich yasadi. Keyinchalik 
geliotexnikaning rivojlanishiga F. Trom, V.B. Veynburg, CH. G. Abbot, V. N. 
Buxman va boshqalar katta hissa qо‘shdilar. Ularning rahbarligida turli xil past 
va
 yuqori haroratli quyosh qurilmalarining yangi konstruksiyalari ishlab chiqildi. 
Hozirgi 
kunda 
jumladan, 
janubiy 
tumanlarda 
geliotexnika 
keng 
rivojlantirilmoqda. Bu sohada Moskvadagi G. M. Krjijanovskiy nomli Davlat 
energetika instituti, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasninig «Quyosh fizikasi» 
ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Turkmaniston Fanlar akademiyasining 
«Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Buxoro pedagogika instituti 
olimlari va boshqalar katta ilmiy-tekshirish ishlari olib bormoqda. 
Keyingi yillarda qishloq xо‘jaligida, jumladan, issiqxonalarni isitishda 
quyosh quvvatidan keng foydalanilmoqda. Hozirning о‘zidayoq bunday quyosh 
issiqxonalarida 
muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. 
Masalan, 
Qarshi 
Davlat 
universitetida T. Sodiqov, B. Xayriddinovlar tomonidan ishlab chiqilgan quyosh 
issiqxonasi quritgichi Yakkabog’ tumani xо‘jaligida ishlab turibdi. 
Meva va sabzavot quritishda quyosh quvvatidan foydalanish borasida bir 
qancha ishlar qilinmoqda. Hozir mualliflar tomonidan quyosh quritgichlarining 
bir necha tuzilishlari ishlab chiqilgan. Shuni aytish kerakki, quyosh 
quritgichlarida qurish jarayoni tez kechadi, mahsulot ifloslanmaydi, sifat yuqori 
bо‘ladi, vitaminlar kо‘proq saqlanadi. 
Qoraqum va Qizilqum yaylovlarida, shuningdek boshqa mamlakatlardagi 
ayrim hududlarda chuchuk suvga ehtiyoj nihoyatda katta. Zero, bu yerlarda yer 
osti suvlari iste’mol qilib bо‘lmaydigan darajada shо‘r. Ana shu shо‘r suvlarni 
chuchuk suvga aylantirishda bemalol quyosh quvvatidan foydalanish mumkin. 
Yaylovdan-yaylovga ko’chib yuradigan chо‘ponlarga, turli xil ilmiy 
tekshiruv safari a’zolariga quyosh sovitgichlari juda qо‘l keladi. Quyosh 
sovitgichlari tuzilishini Buxoro pedagogika instituti olimlari ishlab chiqqanlar. 
Quyosh sovitgichlaridan qishloq xо‘jaligidagina, emas, balki uy-rо‘zg‘orda ham 
foydalanish mumkin. 
Uy bekalari yumushini osonlashtirishda ham quyosh quvvatidan 


10 
foydalanish mumkin. Ana shu maqsadda quyosh suv qaynatgichlari va 
qozonlarining bir necha xil nusxalari ishlab chiqilgan. Ular yordamida choy 
qaynatish va ovqat pishirish mumkin. 
Yuqori haroratli tо‘plagichlar yordamida metallarni payvandlash, qirqish, 
eritish va boshqa ishlar amalga oshiriladi. Buning esa metallurgiya sanoatida 
ahamiyati g‘oyat katta. Chunki quyosh o’choqlaridan olinadigan mahsulot toza 
bо‘lib, uning tarkibida aralashma kam bо‘ladi. Hozirgi kunda bunday о‘choqlar 
Fransiyada ishlab turibdi. О‘zbekiston Fanlar akademiyasining fizika-texnika
institutida ham quyosh о‘choqlari mavjud. 
Kelajakda yorug’lik batareyalari transport vositalarini
harakatga keltirish 
uchun foydalaniladi. Hozirgi kunda esa bu masala bо‘yicha turli tajribalar 
о‘tkazilmoqda. Chunonchi quyosh quvvati evaziga harakat qiladigan yengil 
mashina va samolyot sinovdan о‘tkazildi. 
Shunday qilib, quyosh quvvatidan foydalanish bо‘yicha asosiy yо‘nalishlarga 
qisman tо‘xtalib о‘tdik. Bulardan tashqari quyosh zimmasiga quduqlardan suv 
chiqarish, ba’zi kasalliklarni davolash, xlorella yetishtirish, “stirleng” xilidagi 
harakatlatgichlarni (dvigatellarni) yurgazish, issiqlik elektr generatorlari 
yordamida elektr tok olish, chigitni nurlantirish va hokazo yumushlarni bajarish 
mumkin. 
Quyosh texnikasi—kelajak texnikasi. Shu boisdan bu sohadagi ilmiy- 
tekshirish ishlarni jadallashtirish, qurilmalarini ishlab chiqaradigan turli xil 
zavodlarni ishga tushirish zarur. Bu quyosh qurilmalarining xalq xо‘jaligi 
amaliyotida keng joriy etilishiga olib keladi. Bu borada hozir ham ma’lum ishlar 
amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekistonda va Turkmanistonda ham kо‘plab 
quyosh qurilmalari ishlab turibdi [39]. 
Termayadro reaksiyasi quyoshning ichida temperatura t
0
= 20 mln.
0
C ga 
yetganda boshlanadi. Shuning uchun termayadro energiyasi yer yuzidagi barcha 
energetik resurslarning birinchi manbai hisoblanadi; ko‘mir, neft, gaz; 
gidroenergiya; shamol va okeanlar energiyasi. 
Quyosh yer yuzida barcha energiya turlarining manbai hisoblanadi. 


11 
Quyosh har sekundda o‘rtacha 88 x 10
24
kaloriya issiqlik yoki 368 x 10
12
TVt 
energiya tarqatadi. Ammo bu energiya miqdorining atigi 2 x10
-6
%, ya’ni 180x 
10
6
TVt miqdorigina yer yuzasiga yetib keladi. Shu miqdor ham yer yuzidagi 
barcha doimiy energiya ishlab chiqaruvchi qurilmalarning energiyasidan 
taxminan 5000 barobar ko‘pdir [37]. 
Quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tushayotgan energiya yig‘indisi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyosh kadastri hisoblanadi. Quyosh kadastri 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi ko‘rsatgichlarga asosan yig‘iladi: 
-quyosh radiatsiyasining gorizontal tekislikka tushayotgan oylik va yillik 
yig‘indilari; 
-gorizontal tekislikka to‘g‘ri normal-urinma holatida tushayotgan quyosh 
nurlari; 
-quyoshning nur sochish vaqti. 
Umuman quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tushayotgan energiya yig‘indisi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin: 
-aniq geografik nuqtadagi ma’lumotlarni hisoblash yo‘li-analitik usul bilan; 
-qisqa muddatda aniq geografik nuqtada, asbob va jihozlar bilan o‘lchash orqali, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot olish bilan; 
-qabul qilingan yagona usul bilan ko‘p yillik o‘lchashlar o‘tkazgan meteorologik 
stansiyalarining ma’lumotlari yig‘ilgan ma’lumotnomalardan ma’lumot olish 
bilan. 
Quyosh energiyasidan foydalanishni hisoblashda asosan, quyosh nurining 
1m
2
maydonga berayotgan energiya miqdori hisobga olinadi. Koinotning 
atmosfera qatlamidan yuqori qismiga tushayotgan quyosh radiatsiyasining 
energiyasi 1,395 kVt/m
2
ni tashkil qiladi va bu miqdor quyosh doimiysi deb 
ataladi. Ammo bu miqdor yer yuzasiga yetib kelguncha har xil qarshiliklarga 
uchraydi hamda yilning fasli va hisob qilinayotgan hududning kengligiga 
nisbatan uning miqdori o‘zgarib turadi. Masalan, yer yuzasiga tushadigan 
quyosh nurlarining o‘rtacha intensivligi: 
-Yevropa mamlakatlarida - 2 kVt soat/m
2



12 
-Tropik va Osiyo mamlakatlarida - 6 kVt soat/m
2
ga teng. 

Download 1.97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish