Hozirgi zamon energetikasi va atrof muhit muxofazasi muammolari




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana12.04.2022
Hajmi1.97 Mb.
#19630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
3-Chorak
 
1.2 Hozirgi zamon energetikasi va atrof muhit muxofazasi muammolari 
 
Aholi sonining о‘sib borishi natijasida energiyaga bо‘lgan talab yildan-yilga 
ortib bormoqda. Hozirgi kunda tejamkorlikka e’tibor berish va uni amalga 
oshirish muhim vazifalardan biridir. Bu yerda shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, 
yuqoridagilarning 70 %i neft va tabiiy gaz energiyalari hisobiga ta’minlanadi. 
Ammo, ularning butun dunyodagi zahiralari chegaralangan bо‘lib, vaqt о‘tishi 
bilan tugab boradi. Aytish mumkinki, hozirning о‘zidayoq neft va gaz qazib 
chiqarish qiyinlashib va qimmatlashib bormoqda. 
Shuning uchun ham hozir butun dunyoda yangi energiya manbalaridan, 
jumladan yadro energiyasiga va qayta tiklanadigan noan’anaviy energiya 
manbalaridan yer osti issiqlik energiyasi, dengizlarda suv kо‘tarilishi va 
pasayishi energiyasi va boshqalardan foydalanishga о‘tish bо‘yicha keng amaliy 
ishlar olib borilmoqda. Jumladan, quyosh energiyasidan foydalanishga katta 
ahamiyat berilmoqda.
Quyosh yerdagi hayotning asosiy manbaidir. Quyosh nurlari ta’sirida 
fotosintez jarayoni (о‘simliklarda oqsil, uglevodorod va boshqa murakkab 
almashinuv) yuz beradi. Shuningdek, issiqxonalardagi о‘simliklarda ham 
quyosh va elektr lampalarining nuri ta’sirida fotosintez
hodisasi rо‘y beradi. 
Fotosintez jarayonida quyosh energiyasining bir qismi kimyoviy 
energiyaga aylanadi. Shuningdek, yerdagi organik yoqilg‘ilar (kо‘mir, neft, torf 
va boshqalar) ham quyosh ta’sirida fotosintez natijasida paydo bо‘lgan. Quyosh 
nuri ta’sirida atmosferada suv bug‘larini aylanishi sodir bо‘lib, ular ulkan 
daryolar oqimini yuzaga keltiradi hamda gidroelektrostansiyalarda energiyasi 
olishni ta’minlaydi. Quyida quyosh va uning energiyasi haqida qisqacha 
ma’lumot keltiramiz. 
Quyosh sirtida harorat 6000 °C, markazida esa 10 mln gradusni tashkil 
etadi. Quyoshdan yergacha bо‘lgan masofada 150 mln kilometr bо‘lib, uning 


13 
I
diametri yer diametridan 109 marta katta va massasi esa 2∙10
33
ga teng. 
Quyoshning quvvati 3,83∙10
23
kVt bо‘lib, yerga har sоniyada 91·10
24
kal 
energiya sochadi. Shuning uchun quyoshning massasi har soniyada 4-10

t ga 
о‘zgarib turadi. Quyoshning har bir daqiqa sochadigan nurli energiyasi 91·10
14

neft tо‘liq yonganda ajratiladigan energiyaga tengdir. 
Bunday katta energiya Quyosh markazida, tо‘rtta vodorod yadrosidan geliy 
yadrosi hosil bо‘lishidan iborat termoyadro reaksiyasi natijasida sodir bо‘ladi, 
chunki quyoshda termoyadro jarayoni amalga oshishi uchun hamma shart-
sharoitlar mavjud, birinchidan, hamma moddalar plazma holatida bо‘lib, 
ikkinchidan, harorati yadrolarni biriktirish uchun yetarlidir. Aniqlanishicha 
quyosh tarkibining 5 %i gina vodorod tashkil etadi. 
Termoyadro reaksiyasi davomida massa deffekti (ortiqcha massa) natijasida 
quyoshdan juda katta energiya ajralib chiqadi. Shu energiyadan 2,5∙10
18
kal/min 
qismi yerga yetib keladi, undan 40 %i atmosferada va kosmik fazoda sochiladi, 
16 %i esa yutiladi. 
Quyosh radiatsiyasi intensivligining atmosfera tashqarisidagi kattaligi 
quyosh doimiyligi deyiladi. Quyosh doimiyligi о‘rtacha 1,4 kvadrat metrga teng.
Atmosferaning 
yuqori qatlamidagi quyosh energiyasi о‘rta hisobda 
bir daqiqada 1 kub santimetrli suvni 2°C gacha isitish quvvatiga ega.
Yer sirtiga tushayotgan quyosh nurlari о‘zining intensivlik xususiyatiga 
ega bо‘lib, u ikki qismdan iborat: 
1. Quyosh nurlariga nisbatan perpendikulyar joylashgan tiniq yuzaga 
tushadigan tо‘g‘ri radiatsiya. 
2. Atmosfera, bulut va atrof-muhit hamda boshqalardan sochilgan radiatsiya. 
Shuni aytish kerakki, quyoshning og‘ish burchagi o‘zgarib turganligi 
sababli yer yuziga tushadigan energiya miqdori ham o‘zgarib turadi. Bu esa o‘z 
navbatida geliouylar va gelioteplitsalarni isitishga salbiy ta’sir etadi. 
Ikkinchidan, yoz oylarida kun uzoq bo‘lganligi uchun quyoshdan energiya 
tushish davri ham ko‘p bo‘ladi (13 soat davom etadi). Qish oylarida aksincha 
kecha uzoq, kun qisqa (yer sirti 9 soat davomida yoritilib turadi) bo‘ladi. 


14 
Qish oylari quyoshning og‘ish burchagi manfiy qiymatlarni olgani uchun 
uning balandligi ham kamayadi. Demak, energiya ko‘proq o‘tish uchun uni 
qabul qiluvchi yuzalarning gorizontga nisbatan qiyaliklarini o‘zgartirib turish 
kerak, ya’ni quyosh nurlariga nisbatan tik holatga keltirish zarur. 
Agar gelioqurilma tiniq yuzasining gorizontga nisbatan qiyaligini texnik 
sabablarga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyati bo‘lmasa, qish paytida ishlash uchun 
mo‘ljallangan gelioqurilmalarda, masalan, geliouylar, gelioteplitsalar tiniq 
yuzalarining qiyalik burchaklari o‘sha joyning geografik kengligiga qarab 
qishda α
1
= φ+δ , yozda α
2
+ φ-δ deb olinadi.
Qarshi tuman geografik kengligi φ=39°da qish oylari uchun α
1
= 62°, yoz 
oylari α
2
= 16°
ga teng bo‘lishi kerak. 
Yoz oylarida ishlashga mo‘ljallangan moslamalarni, jumladan, suv 
isitgichlar, meva quritgichlar va sho‘r suvdan chuchuk suv olish qurilmalarining 
qiyalik burchaklari odatda kichik qilib olinadi. 
Quyosh energiyasidan foydalanishning uchinchi kamchiligi uning ob-
havoga bog‘liq bo‘lishidir. Dastavval quyosh energiyasi miqdoriga 
atmosferaning tiniqligi ta’sir etadi.
Atmosferaning quyosh nurlarini yutishi, sochishi va qaytarishini hisobga 
olib yer yuzasiga tushadigan qismini Q
m
ga teng deb olamiz. Agar quyosh 
doimiysini (atmosfera chegarasidagi miqdorini) Q

Download 1.97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi zamon energetikasi va atrof muhit muxofazasi muammolari

Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish