• Ishning maqsadi.
  • Tadqiqot obekti va predmeti.
  • Muammoning о‘rganilganlik darajasi




    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/43
    Sana12.04.2022
    Hajmi1.97 Mb.
    #19630
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    3-Chorak
     
    Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Keyingi 30-35 yil davomida 
    quyoshli isitish tizimlariga ega bо‘lgan kо‘p sonli obektlar yaratilgan va tahlil 
    qilingan. Lekin ularning tadqiqot natijalari texnikaviy-iqtisodiy kо‘rsatgichga 
    ega bо‘lgan biron bir aniq tizim yoki yechimini tanlash va ularni keng 
    qо‘llashga tavsiya etish imkoniyatlarini bermaydi. Shuning uchun quyoshli 
    isitish tizimlarining texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini о‘rganish bu tizimning 
    energiya tejamkorligini asoslashning birdan bir yо‘lidir.
    Ishning maqsadi. Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh 
    qurilmalarini samaradorligini asoslash va ularning real imkoniyatlarini aniqlash 
    hamda shu asosida Qashqadaryo iqlimi sharoitida tajribaviy loyihalash bо‘yicha 
    ilmiy asoslangan ma’lumotlarni ishlab chiqishdan iborat. 
    Ishning vazifalari:
    Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarilgan: 
    - aktiv va passiv quyoshli isitish tizimlarining asosiy elementlarining о‘zaro 
    joylashishini sxematik-issiqlik optimallash;
    - mazkur tipdagi quyoshli isitish tizimlarida kunduzgi ortiqcha quyosh
    energiyasi issiqligini jamlovchi qurilmaning solishtirma issiqlik sig‘imini 
    asoslovchi munosabatlarni keltirib chiqarish;
    - aktiv va passiv quyoshli isitish tizimiga ega bо‘lgan quyosh qurilmalarining 
    solishtirma issiqlik yо‘qotishini aniqlash uchun hisobiy ifodani ishlab chiqish; 
    - aktiv va passiv quyoshli isitish tizimiga ega bо‘lgan tajribaviy obektni 
    ishlab chiqish va uning real issiqlik rejimlarini tadqiq qilish. 
    Tadqiqot obekti va predmeti. Quyosh energiyasidan foydalanib aktiv va 
    passiv quyoshli isitish tizimi; mazkur turdagi quyoshli isitish tizimlarining 
    issiqlik samaradorligi, texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar va energiya tejamkorligi.
    Tadqiqot uslublari. Aktiv va passiv, ya’ni quyoshli isitish tizimining issiqlik 
    samaradorligi, texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar va energiya tejamkorligini 
    asoslash uchun analitik hisob usuli qо‘llanildi.




    Download 1.97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish