Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana12.04.2022
Hajmi1.97 Mb.
#19630
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
3-Chorak
0
desak, ular orasidagi 
bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi:
o
m
m
Q
K
Q


(1.1)
Bunda,
K — atmosferaning tiniqlik koeffitsiyenti deyiladi. 
m-quyosh nuri о‘tadigan atmosfera massasining soni. 
Ma’lumki, atmosfera massasining soni quyoshning gorizontal 
balandligiga bog‘liq, masalan, α= 0 bо‘lganda (quyosh gorizontda) m = 1 ga 
teng bо‘ladi. α= 30° bо‘lsa, m = 2, α = 90° (quyosh zenitda) bо‘lganda m= 35,4 
va hokazoni tashkil etadi. 
Yer sirtining geografik kengligi, iqlimi, joylashishi va boshqalariga qarab 


15 
joylarda bulutli kunlar asosan to‘la bulutli kun, qisman bulutli kunga bo‘linadi. 
Geliotexnika nuqtai nazaridan, gelioqurilmalar u yoki bu joyda ochiq va 
yarim ochiq kunlarning soni 320 va undan ortiq bo‘lsa, juda yaxshi samara 
beradi. 
O‘rta Osiyo respublikalarida, jumladan, O‘zbekistonning janubiy 
rayonlarida shunday kunlar soni yiliga 315—330 ni tashkil etadi. 
Yoz oylarida gelioqurilmalarga salbiy ta’sir etadigan to‘rtinchi omil 
chang-to‘zonli shamoldir. Birinchidan, quyuq chang-to‘zon ko‘tarilganda 
quyosh energiyasining tiniq yuzalarga tushishi kamayadi, ikkinchidan, 
qurilmaning yuzasiga chang o‘tirib qoladi. Chang qatlami esa qurilma ichiga 
quyosh energiyasi o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada qurilma xizmatchilarining 
ko‘p vaqti shishani tozalashga sarflanadi. 
Quyosh energiyasidan foydalanishda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan 
beshinchisi, uning sutka davomida o‘zgarib turishidir, ya’ni gelioqurilmalar 
ichiga kun davomida quyosh energiyasi o‘tib tursada, kechga yaqin energiya 
o‘tishi to‘xtaydi.
Yil va sutka davomida quyosh energiyasi o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘lgan 
kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari asosan quyidagilar: 
a) kunduzi, quyosh energiyasining bir qismini ma’lum bir moslamalarda 
akkumulyatsiyalash va kechasi undan foydalanish, b) qurilmaning issiqlik 
yo‘qotishini kamaytirib uni minimum darajaga olib kelish [44].
Hozirgi kunlarda organik yoqilg‘i ashyolari (neft, benzin, kо‘mir, tabiiy 
gazdan) foydalanishning yana bir salbiy tomoni mavjud. Bunga benzin, kо‘mir 
va boshqalarni kо‘plab yoqish natijasida yer atmosferasi ifloslanadi.
Atmosfera — yerning gazli qobig‘i bо‘lib, uning massasi 5,15∙10
15
tonnaga teng, asosiy qismini esa azot va kislorod tashkil etadi. Yer 
atmosferasida azon va karbonat angidrid gazi kam miqdorda bо‘lsa ham, 
ularning yer sirtidagi tirik organizmga ta’siri kuchli. Masalan, azon, karbonat 
angidrid gazi organizmga zararli ta’sir qiluvchi, quyoshdan kelayotgan 
ultrabinafsha nurlarning katta qismini yutadi. Ikkinchi tomondan azon yer 


16 
sirtidan tarqalayotgan infraqizil nurlarni yutadi, natijada atmosfera yerni keskin 
sovib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi, ya’ni atmosfera «parnik» effektini beradi.
Havoning eng muhim tarkibiy qismi bо‘lgan kislorod inson hayotida 
muhim ahamiyatga ega. Odamda kislorod yetishmaganda nafas olishi, qon 
aylanishi tezlashib, yomon oqibatlarga olib keladi. 
Sayyoramizdagi о‘simliklar dunyosi yiliga 150 milliard tonna karbon 
gazini о‘zlashtirib, atmosferaga 25 milliard tonnadan ko’proq kislorod yetkazib 
beradi. 
Yashil о‘simliklar havo muhitini tozalovchi tabiiy qurilmadir. Ular 
havodagi changning tо‘rtdan uch qismini tutib qoladi hamda sulfit gazining 
uchdan ikki qismini yutadi. Inson hayoti davomida kislorod yutib, uning о‘rniga 
karbonat angidrid chiqaradi. О‘simlik esa, insonning aksi о‘laroq karbonat 
angidrid yutib, kislorod chiqaradi. Shuningdek, о‘simliklar mikroiqlim 
yaratishda ham katta rol о‘ynaydilar, chunki harorat atrof-muhitga nisbatan 15 
foizga farq qiladi. Binobarin, biz yashil о‘simliklar haqida qayg‘urar ekanmiz, 
bir vaqtning о‘zida о‘zimiz yashaydigan joyning atmosferasining sifatini ham 
yaxshilaymiz. 
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoning tarkibidagi kislorod, azon, 
karbonat angidrid gazi va boshqa zararli gazlarning zarrachalarini kо‘plab 
aralashuvini ham tushunamiz. 
Asosan toza havoni bulg‘anishining sabablaridan biri avtotransport 
hisoblanadi. Bundan bir necha yillar ilgarigi ma’lumotlarga kо‘ra, butun 
dunyodagi shaxsiy avtomobillarning soni 280 millionta bо‘lgan. Aniqlanishicha 
faqat 200 million avtomobil har yili atmosferaga 200 million tonna karbon 
oksidi va 20 million tonna azot oksidi chiqarib tashlaydi. Hozirgi kunda 
bularning miqdori yanada oshgan. 
Katta shaharlarda, masalan, Tokioda havoning kо‘chalarda ifloslanishi 
shu darajaga borib yetdiki, chorrahada turuvchi boshqaruvchilar oksigen 
maskasini kiyib turadigan bо‘ldilar, unda ham faqat ikki soatgina, ikki soatdan 
keyin esa о‘rin almashadilar. Avtomobilning ishlash paytida chiqadigan karbon 


17 
oksidi, karbonat angidrid gazi havoga nisbatan og‘irroq bо‘lgani uchun, ular 
doimo yer yuzasi yaqinida tо‘planadi. Karbon oksidi qondagi gemoglobinlarga 
qо‘shilib, ularning harakatiga tо‘sqinlik qiladi. 
Gaz tarkibidagi akrolen, formaldegid, tetraetil-surroshinlar ham kishi 
uchun organizmga zararlidir. 
Atmosfera xavosini ifloslanishining sabablaridan yana biri issiqlik 
elektrostansiyalari va qozon qurilmalaridir. Yoqilg‘i
tо‘la yonganda chiqarib 
tashlanadigan zararli maxsulot — oltingugurt oksidi va kul hisoblanadi. Chala 
yonganda — karbon oksidi, karbonlar, qurum hosil bо‘ladi. 
Issiqlik elektrostansiyalaridan ham chiqarib tashlanadigan zararli 
moddalarning miqdori katta. Masalan, oyiga 51 ming tonna ko’mir sarflaydigan 
elektrostansiya qozonidan, har kuni 33 tonna oltingugurt angidridi chiqadi, 
qulay meteriologik sharoitda esa 50 tonna oltingugurt kislotaga aylanadi, shu 
bilan birga bu qurilmadan qо‘shimcha xar kuni 40—50 tonna kul chiqarib 
tashlanadi. Bu chiqarib tashlangan kul elektrostansiya atrofida 5 kilometr radius 
bо‘yicha tarqaladi. 
Uylarni isitish tizimidan ham kо‘plab zararli moddalar chiqarib 
tashlanadi, shuni aytish kifoyaki, uning yonishdan qolgan qoldiqlarida 30 
foizdan ortiq zararli modda bо‘ladi.
Atmosfera havosiga tarqalgan zararli moddalarning kishi organizmiga 
ta’siri bо‘yicha bir nechta misol keltirish mumkin. 1948 yilda AQSH ning 
Donora shtatida qum aralash chang yerga tushib, natijada 14 mingli aholidan 
5910 kishi kasallanib, 20 kishi halok bо‘ldi. 
Yapon olimlarining aniqlashicha havoda sernistiy gaz kо‘p bо‘lgan 
joylarda, odamlar bronxial astma bilan ko’proq kasallanadilar. Yonishdan 
qolgan maxsulotlarni yer yuzasiga yaqinlashtirmaslik uchun truba (quvur)larni 
juda baland qilib (250—320 m) joylashtiradilar. 
Shunday qilib yuqorida aytilganlardan organik yoqilg‘ilarni tejab sarflash 
va yonishdan hosil bо‘ladigan zararli gazlarni, zarrachalarni ushlab qolish 
muammosiga alohida e’tibor berish kerak. [37] 


18 

Download 1.97 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish