|
eKSTRAKTSIYALASH JARAYONINI UZLUKSIZ NAZORAT QILISH UCHUN eKSTRAKTSILASH QURILMASIDA O`RNATILADIGAN O`LCHOV ASBOBLARI
|
bet | 18/19 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 71,1 Kb. | | #124741 |
Bog'liq Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi-fayllar.orgeKSTRAKTSIYALASH JARAYONINI UZLUKSIZ NAZORAT QILISH UCHUN eKSTRAKTSILASH QURILMASIDA O`RNATILADIGAN O`LCHOV ASBOBLARI.
Ekstratorda kelayotgan sharbat maxsulotinining temperaturasini va isitish agentining temperaturasini nazorat qilish uchun hamda qurilmadagi bosim va kontsentratsiyani ko`rsatish uchun datchik yoki birlamchi asbob o`rnatiladigan maxsus joylar loyihalangan. Ushbu nazorat o`lchovi asboblari o`rnatiladigan joy quyidagi sxemada keltirilgan.
Ekstraktorga nazorat o`lchov asboblari shunday joylashtiriladiki, ish davomida ulardan foydalanish qulay bo`lishi, ishning aniqligi ta`minlanishi kerak.
Ularni montaj kilishning 2 yo`li bor: joyida (shitsiz) – devorda, ustunda, jihozda xamda shitda va boshqarish pul’tida. Montaj kilish yo`li asboblar konstruktsiyasi va bir necha asbobning bir joyda mujassamlashganiga qarab tanlanadi.
SHitsiz montaj qilish asbob konstruktsiyasi shit uchun mo`ljallanmagan takdirda qo`llaniladi – manometrlar, sarf qilish iqtisodiy jihatdan tejamsiz bo`lgan hollarda xam jihozlar joyida o`rnatiladi.
Ko`pgina ishlab chiqarilgan asboblar devorda montaj qilish uchun mo`ljallangan, shuning uchun ular uchburchak, to`rtburchak, aylana korpuslarda ishlangan. Devorda montaj qilishda avval devorga yog’och, plastmassa yoki metall shit o`rnatiladi, so`ng asbob vintlar bilan mahkamlanadi.
SHitli montaj qilish asboblarning bir joyda mujassamlanishiga, mashina va apparatlar ishini kuzatib turishga, ularni atrof–muhitning salbiy ta`sirlaridan saqlashga imkon beradi.
19-rasm. Ekstraktor qurilmasining nazorat asbob uskunalari o`rnatish sxemasi.
1- isituvchi agent temperaturasini nazorat qilish uchun birlamchi asbob o`rnatiladigan joy,
2- bug’ ko`ylagi kamerasining bosimini nazorat qiluvchi jumrak o`rnatiladigan joy,
3- sharbat yoki aralashma kontsentratsiyasini nazorat qilish uchun o`rnatiladigan joy.
Gidradinamik aralashtiruvchi – mexanik aralashtirgich o`rnatilgan ekstraktorning o`rnatish. Ushbu ekstraktor qurilmasi asosan suyuq aralashmalarni ekstraktsiyalash mo`ljallangan bo`lib unda maxsus jarayonni jadallashtirish uchun mexanik aralashtirish mexanizmi o`rnatilgan. Ushbu tipdagi ekstraktorlar sanoatning turli korxonalarida effektiv tarzda qo`llaniladi. ekstraktorning umumiy ko`rinishi sxemasi quyida keltirilgan sxemada keltirilgan.
Ekstraktor qurilmasi germetik maxkamlanadigan qobiq 1 dan, bug’ ko`ylagi 2 va mexanik aralashtirgich 3, qurilma qopqog’ini ko`tarish moslamasi 4, bug’ kiruvchi va chiquvchi potrubkalar 5, 6 dan hamda maxsulot kiruvchi, chiquvchi potrubkalar 7, 8 dan iborat. ekstraktor qurilmasida isitish hamda ekstraktsiyalash jarayoni bir vaqtning o`zida olib boriladi. Aralashmaning tsirkulyatsiyasi maxsus konstruktsiyaga ega bo`lgan mexanik aralashtirgich orqali amalga oshiriladi. Ushbu qurilma ishlabchiqarishning barcha tarmoqlarida effektiv qo`llaniladi.
Texnichesk xarakteristikasi*
Umumiy sig’imi, 850 l*
Aralashtirgich elektrodvigateli quvvati, 5 kVt
20 –rasm.- Gidrodinamik aralashtiruvchi, mexanik aralashtirgich bilan moslangan ekstraktor
Apparat zavod-tayyorlovchidan yig’ilgan holda keladi. Uni montaj joyiga mexanik tarzda olib kelinadi. O`lchov-belgilash ishlari olib borilib, oyoqlariga mos ravishda poydevor quriladi. Apparat poydevor ustiga o`rnatilgan ramaga quyilib, gorizontallik va vertikallik holati obtarrozi, shoqul yordamida tekshiriladi. Gorizontallik holati aniqligi 1 m uznlikga 0,3 mm, balandlik belgisi bo`yicha og’ish ± 10 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og’ish ± 10 mm bo`lishi kerak. Gorizontallik holati stanina oyoqlari tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi va poydevorga to`rt dona M20 poydevor boltlari bilan mahkamlanadi. Keyin apparatga isituvchi bug’, mahsulot olib keluvchi, ekstragent olib chiquvchi va sharbat olib keluvchi quvurlari ulanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
eKSTRAKTSIYALASH JARAYONINI UZLUKSIZ NAZORAT QILISH UCHUN eKSTRAKTSILASH QURILMASIDA O`RNATILADIGAN O`LCHOV ASBOBLARI
|