• 3-Matolarga tajriba sexida ishlov berish usullari.
  • -Matolarga texnik tayyorlash texnologik jarayoni




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/142
    Sana15.10.2022
    Hajmi6.7 Mb.
    #27279
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142
    Bog'liq
    ayollar kiyimini tikish
    16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov), HTML tili operatorlari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini marfologik tahlilga o’rgatish, 10 test informatika, Tashkilot shartnoma, 2 Biznes asoslari fanidan taqvim -mavzular rejasi, Chqbt fanidan test savollari, ochiq-dars-ishlanma-informatika, Дарс тахлили бланка, УИБДУлар иш режаси (2)-14- мактабнинг.
     2-Matolarga texnik tayyorlash texnologik jarayoni. Ishlab chiqarishni tashkiliy-
    texnik jihatdan tayyorlashning dastlabki bosqichi kiyimlar modelini yaratish hisoblanadi. 
    Model — tayyorlanadigan kiyimning fasoni hamda shakl namunasidir. Kiyimning yangi 
    modeli modalar uyida hamda malakali rassommodelchi yoki modeler-konstruktorlarga 
    ega bo‘lgan tikuvchilik korxonalarida yaratiladi. Model yaratish jarayoni quyidagi 
    bosqichlardan iborat: gazlama ustida ishlash va model eskizini ishlab chiqish; gazlama va 
    qo‘shimcha bezak materiallarni tanlash; model eskizini korxona bosh muhandisi 
    boshchiligidagi muhandis-texnik xodimlardan iborat badiiy-texnik kengashda tasdiqlash; 
    eskiz bo‘yicha buyumni rassom-modelchi va texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj 
    uslubi bilan bichish va tikish; yangi modeldagi kiyimni badiiy-texnik kengashda ko‘rib 
    chiqish va katta badiiy-texnik kengashga tavsiya etish. Katta badiiy-texnik kengash 
    tarkibiga tikuvchilik sanoati, modalar uyi va savdo tashkilotlari xodimlari kiradi. Katta 
    badiiy-texnik kengashdan o‘tgan modellar ommaviy ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. 
    Modellarni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash tikuvchilik korxonasining tajriba sexida 
    amalga oshiriladi. 
    3-Matolarga tajriba sexida ishlov berish usullari. Tajriba sexi ishlab chiqarishning 
    asosiy sexlaridan biri bo‘lib, bu yerda quyidagi ishlar bajariladi, 1. Model yaratish va 
    konstruksiyasini tuzish, 2. Model namunalarini tikish, 3. Andazalar tayyorlash,
    4. Buyumga gazlama sarf normalarini aniqlash, 6. Gazlamalarning fizik-mexanik 
    xususiyatlarini tekshirish. Bu ishlarni bajarish uchun sexda xodimlar quyidagi guruhlarga 
    ajratilgan 1. Modelchi-konstruktorlar guruhi, 2. Texnologik guruh, 3. Normalovchilar 
    guruhi, 4. Andazachilar guruhi, 5. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash 
    laboratoriyasi. Yangi modeldagi buyumning konstruksiyasini konstruktor tuzib chiqadi 
    va konstruksiyani tekshirish maqsadida namuna tikiladi. Namuna tikish jarayonida 
    konstruksiyaga o‘zgartirishlar kiritib boriladi. O‘zgartirish kiritilgan konstruksiya 
    bo‘yicha yana ikkinchi namuna tikiladi va ushbu jarayonda konstruksiya bo‘yicha etalon-
    andaza tasdiqlanadi. Etalonandaza o‘rtacha o‘lcham-bo‘yga yaratilganligi uchun texnik-
    konstruktor ushbu model tavsiya etilgan boshqa o‘lcham-bo‘ylarga ko‘paytiradi. Agar 
    model modalar uyida yaratilgan bo‘lsa, unda tikuv korxonaning tajriba sexiga modelning 


    namunasi, tavsiya etilgan hamma o‘lchambo‘ydagi andazalar hamda modelning texnik 
    hujjati keltiriladi. Bunda konstruktor namuna va andazalarni texnik hujjatga solishtiradi. 
    Andazalar qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlash maqsadida model namunasi tikiladi. 
    Tajriba sexi konstruktorlari etalon-andaza qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlab chiqib, 
    shu sexdagi andaza tayyorlash guruhiga beradi. U yerda uch xil andaza tayyorlanadi
    a) ishchi andazalar detallarni bichish, bo‘rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi,
    b) yordamchi andazalar vitachka, cho‘ntak, tugma, izma joylari va h.k.ni belgilash uchun 
    ishlatiladi, d) qo‘shimcha andazalar kiyim detallarini tekislab qirqish uchun ishlatiladi. 
    Ishchi andazalar 5 ta komplektda tayyorlanadi. Ulardan ikkitasi tajriba sexida gazlama 
    sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo‘rlama tayyorlash uchun, 
    ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo‘rlamalarda, o‘chib ketgan 
    joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi. Andazalar 0,9—1,2 mmli qattiq kartondan 
    tayyorlanadi. Qo‘shimcha andazalar qirqimiga tunuka-mag‘iz qoplanadi. Ko‘p 
    ishlatiladigan andazalar duralumin yoki boshqa metall tunukalardan tayyorlanishi 
    mumkin. 

    Download 6.7 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142




    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Matolarga texnik tayyorlash texnologik jarayoni

    Download 6.7 Mb.
    Pdf ko'rish