III-bosqich.
Yakuniy
bosqich.
(10 daqiqa)
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol
ishtirok
etgan
o’quvchilrni
javoblarini
izohlab
baholanadi
va
rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa berilishi:
2.Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik
ko’rish uchun topshiriqlar va
foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
beriladi.
Baholar bilan
tanishtiriladi.
Eshitadilar va
topshiriqni yozib
oladilar.
3-Mavzu: Kompyuterlarning umumiy ma’lumoti va tasnifi.
Reja:
1. Kompyuterlar haqida umumiy ma’lumot
2. Kompyuterlarni mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra tasniflash
3. Mini (kichik) EHMlar
4. Mikro EHM
5. Shaxsiy kompyuterlar (ShK, PC)
6. Kompyuterlarni ixtisoslashtirilish darajasi bo‘yicha tasniflash
Hisoblash texnikasining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, xorijlik ayrim tadqiqotchilar
kompyuterning qadimiy o‘tmishdoshi sifatida tez-tez abak deb atalgan mexanik
qurilmalarni aytib o‘tadilar. "Abakka" yondashish xato yondashishdan darak beradi,
chunki abak avtomatik hisoblash xususiyatiga ega emas, kompyuter uchun esa bu
belgilovchi (asosiy) xususiyatdir.
Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol
plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar
taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri
keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak
kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash
chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham
ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi.
Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo‘lgan boshqa asbob,
soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat’iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum,
suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo‘laklaridan so‘ng ko‘chishni yoki
signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni
qayd qilish, ya’ni signallar va ko‘chishlarni avtomatik tarzda qo‘shib borish qobiliyatiga
ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo‘lgan quyosh soatlarida ham
(bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi.
Mexanik soat - vaqtning berilgan teng intervallaridan so‘ng ko‘chishni avtomatik tarzda
bajaruvchi uskuna va bu ko‘chishlarni qayd qiluvchi uskunadan iborat asbobdir. Eng
dastlabki namunalari XIV asrga mansub va ular monastirlarga tegishli bo‘lgan (minora
soatlari).
Har qanday zamonaviy kompyuterning asosida, xuddi elektron soatlarda bo‘lganidek,
vaqtning teng intervallaridan so‘ng kompyuter tizimidagi hamma uskunalarni harakatga
keltirish uchun ishlatiluvchi elektr signallarini ishlab chiqaruvchi taktli generator yotadi.
Qo‘shish amalini bajaruvchi jahondagi birinchi uskuna mexanik soat asosida yaratilgan
edi. 1623 yili uni T’yubingen dorilfununi (Germaniya) sharq tillari kafedrasining
professori Vilgelm Shikard yaratdi. Bizning davrimizda uskunaning ishchi modeli
chizmalar bo‘yicha qayta tiklandi va o‘zining ishlay olish qobiliyatini ko‘rsatdi.
Ixtirochining o‘zi esa o‘z maktublarida mashinani "qo‘shiluvchi sonlar" deb atagan. 1642
yili fransuz mexanigi Blez Paskal (1623-1662) sonlarni qo‘shuvchi ixchamroq uskunani
ishlab chiqdi. U asosan parijli sudxo‘rlar va sarroflar (pul almashuvchilar) uchun seriyali
ravishda ishlab chiqarilgan jahondagi birinchi mexanik kalkulyator bo‘lib qoldi.
1673 yili nemis faylasufi V.Leybnits (1646-1717) qo‘shish va ayirish amallarini ko‘p
marta takrorlash yo‘li bilan ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ham bajaruvchi mexanik
kalkulyatorni yaratdi.
Ma’rifat davri sifatida ma’lum bo‘lgan XVIII asr mobaynida yangi, ancha
takomillashgan modellar paydo bo‘ldi, ammo hisoblash amallarini mexanik boshqarish
tamoyillari o‘sha-o‘shaligicha qoldi. Hisoblash amallarini dasturlashtirish g‘oyasi yana
o‘sha soatsozlik sanoatidan keldi. Monastirlarning qadimiy minora soatlari qo‘ng‘iroqlar
tizimi bilan bog‘langan mexanizmni berilgan vaqtda ishga tushiradigan qilib sozlaganlar.
Bunday dasturlashtirish o‘ta qat’iy edi. Bitta amalning o‘zi har kuni bir vaqtda bajarilar
edi. Mexanik uskunalarni perforatsiya qilingan qog‘oz tasma yordamida moslanuvchan
dasturlash g‘oyasi 1804 yili "Jakkard" to‘quvchilik dastgohida amalga tadbiq qilingan
edi, shundan so‘ng hisoblash amallarini dasturiy boshqarishgacha bir qadam qoldi.
Bu qadam ingliz matematigi va ixtirochisi Charlz Bebbidj (1792-1871) tomonidan uning
tahlil mashinasida qo‘yiladi. Afsuski, bu mashina kashfiyotchi tomonidan uning hayoti
davrida oxirigacha qurib bo‘linmadi. Ammo u bizning davrimizda olimning chizmalari
bo‘yicha qayta tiklandi va shuning uchun biz tahlil mashinasi haqida real mavjud bo‘lgan
uskuna haqida so‘zlagandek gapirishimiz mumkin. Tahlil mashinasining o‘ziga xosligi
shunda ediki, unda birinchi bo‘lib axborotni buyruqlar va ma’lumotlarga bo‘lish tamoyili
amalga oshirilgan edi. Tahlil mashinasi ikkita yirik qism "ombor" va "tegirmon"dan
iborat bo‘lib, ma’lumotlar "ombor"ning mexanik xotirasiga shesterenkalar bloki o‘rnatish
yo‘li bilan kiritiladi, keyin esa perforatsiyalangan kartalardan (xuddi Jakkard
to‘qimachilik dastgohida bo‘lganidek) kiritilgan buyruqlar yordamida "tegirmon"da qayta
ishlanadi.
Charlz Bebbidj ijodining tadqiqotchilari tahlil mashinasining loyihasini yaratishida
mashhur shoir Lord Bayronning qizi, grafinya Ogusta Ada Lavleys (1812-1852)ning
alohida rolini, albatta, ta’kidlab o‘tadilar. Hisoblash amallarida perforatsiyalangan
kartalarni ishlatish g‘oyasi (1843) aynan unga tegishlidir. Xususan, o‘z maktublaridan
birida u "tahlil mashinasi algebrik kashta-bezaklarni to‘qimachilik dastgohi gullar va
yaproqlarni qayta tikilgandek to‘qiydi" deb yozgan edi. Ledi Adani to‘liq asos bilan
jahondagi birinchi dasturchi deb atash mumkin. Bugun dasturlashning mashhur va
ma’lum tillaridan biri uning nomi bilan atalgan.
Agarda zamonaviy kompyuterlarning o‘tmishdoshi qanday ob’ektlar bilan ishlagani
ustida fikr yuritib ko‘rilsa, raqamlar yo reykali va halqali mexanizmlarning chiziqli
harakati ko‘rinishida, yoki tishli hamda richakli mexanizmlarning burchakli harakati
ko‘rinishida taqdim etilganligini tan olish kerak bo‘ladi. U holatda ham, bunisida ham
bular harakat bo‘lib, bu uskunalarning o‘lchamlari va ish tezligida aks etmasligi mumkin
emas edi. Faqat harakat (ko‘chish)ni qayd etishdan signallarni qayd etishga o‘tishgina
o‘lchamlarni sezilarli darajada kamaytirish va harakatlar tezligini oshirish imkonini berdi.
Biroq bunga erishish yo‘lida yana bir nechta muhim tamoyillar va tushunchalarni
kiritishga to‘g‘ri keldi.
Leybnitsning ikkilik tizimi. Mexanik uskunalarda tishli g‘ildiraklar fiksirlangan juda ko‘p
va eng muhimi bir-biridan farqlanadigan holatlarga ega bo‘ladi. Bunday holatlar soni
kamida shesternyaning tishlarini miqdoriga teng bo‘ladi. Elektr va elektron uskunalarda
gap konstruksiya elementlarining holatlarini ro‘yxatga olish haqida emas, balki uskuna
elementlari holatlarini qayd etish haqida boradi. Bunday barqaror va farqlanadigan
holatlar ikkita: yoqilgan-o‘chirilgan; ochiq-yopiq; zaryadlangan-zaryadsizlantirilgan va
hokazo. Shuning uchun mexanik kalkulyatorlarida ishlatilgan an’anaviy o‘n raqamli yoki
o‘nlik tizim elektron hisoblash vositalari uchun qulay emas.
Har qanday raqamni (faqat raqamlarnigina emas) ikkilik raqamlar qilib tasvirlash birinchi
bo‘lib, Gotfrid Vilgelm Leybnits tomonidan 1666 yili taklif qilingan. U qarama-
qarshiliklar birligi va kurashi falsafiy konsepsiyasini tadqiq qilish bilan shug‘ullana turib,
hisoblashning ikkilik tizimiga kelgan, uni kashf etgan. Olamning yaralishini ikki ibtido,
ikki boshlanish nuqtasining ("oq" va "qora"ning, "erkak" va "ayol"ning, yomonlik va
yaxshilikning) bir-biriga uzluksiz o‘zaro ta’siri sifatida tasavvur qilishga va uni
o‘rganishga "sof" matematikani qo‘llashga urinish Leybnitsni ma’lumotlarni nollar va
birlar yordamida ikkilik sanoq tizimida tasavvurining xususiyatlarini tasvirlashga undadi.
Shuni aytish lozimki, Leybnits o‘sha vaqtdayoq ikkilik tizimini hisoblash uskunasida
ishlatish fikriga kelgan, ammo mexanik uskunalar uchun bunga hech qanday ehtiyoj
bo‘lmagani uchun u o‘z kalkulyatorida ikkilik tizimini ishlatgani yo‘q.
Jorj Bulning matematik mantiqi. Jorj Bul ijodi haqida so‘zlaganlarida, hisoblash texnikasi
tarixchilari XIX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan bu buyuk ingliz olimining
mustaqil shug‘ullanganligini, albatta, ta’kidlab ko‘rsatadilar. Ehtimol, aynan "klassik"
ta’lim (o‘sha davr tushunchasiga ko‘ra)ning yo‘qligi sharofati tufayli Jorj Bul mantiq
faniga inqilobiy o‘zgarishlar kiritgandir.
Fikrlash qonunlarini tatbiq qilish bilan shug‘ullanar ekan, u mantiqqa matematik tizimga
yaqin bo‘lgan formal belgilash va qoidalar tizimini qo‘lladi. Keyinchalik bu tizimni
mantiqiy algebra yoki bul algebrasi deb atay boshladi. Bu tizim qoidalari turli xil
ob’ektlar va ularning guruhlariga (muallifning terminalogiyasi bo‘yicha - ko‘pchilikga)
qo‘llanilishi mumkin. J.Bulning fikriga ko‘ra, tizim asosan mantiqiy fikrlarni
kodlashtirishi va mantiqiy xulosalar tuzilmalarini shakli bo‘yicha matematik
formulalarga yaqin bo‘lgan oddiy ifodalarga keltirishga xizmat qilishi, mo‘ljallanishi
kerak edi. Mantiqiy ifodaning formal hisob-kitobi natijasi ikki mantiqiy belgining: rost va
yolg‘onning bittasi bo‘ladi.
Mantiqiy algebraning ahamiyati uzoq vaqt davomida inkor qilib kelinadi, chunki uning
usul va uslublaridan o‘sha davrning fan va texnikasi uchun amaliy foyda yo‘q edi. Biroq
elektron asosdagi (bazadagi) hisoblash texnikasi vositasini yaratish uchun prinsipial
imkoniyat paydo bo‘lganida Bul tomonidan kiritilgan amallar katta foyda berdi. Ular
avval boshdanoq faqat ikkita mohiyat: rost va yolg‘on bilan ishlashga mo‘ljallangan. Ular
ikkilik kod bilan ishlash uchun qanchalik qo‘l kelganini tushunish qiyin emas. Bu kod
zamonaviy kompyuterlarda ham faqat ikkita signal: nol va bir bilan taqdim etilgan.
Elektron hisoblash mashinalarini yaratishda Jorj Bul taklif qilgan mantiqiy amallarning
hammasi emas, balki to‘rtta asosiy amali: VA (kesishma), YOKI (birlashtirish), EMAS
(inkor) va YOKINI ISTESNO ETUVChI zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining
hamma turlarida qo‘llaniladi.
Kompyuterlarni tasniflashning juda ko‘p tizimlari mavjud. Biz ulardan faqat
ayrimlarinigina ko‘rib chiqamiz.
Kompyuterlarni mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra tasniflash
Bajarishi mo‘ljallangan ishlarga qarab tasniflash - tasniflashning eng dastlabki
usullaridan biri. U kompyuter qanday ishlarda qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. Bu tamoyil
bo‘yicha katta EHM (elektron hisoblash mashinalari), mini EHM, mikro EHM va shaxsiy
kompyuterlarga bo‘linadi. Ular esa o‘z navbatida ommaviy, ishchi, portativ, ko‘ngilochar
va ishchi stansiyalariga bo‘linadi.
Bular eng kuchli, quvvati katta kompyuterlardir. Ularni juda katta tashkilotlar va hatto
xalq xo‘jaligining butun tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llaydilar. Xorijda bu
toifa kompyuterlarini meynfreymlar (main frame) deb atashadi.
Rossiyada ularni ko‘proq katta EHMlar termini bilan atash odatga kirib qolgan. Katta
EHMga xizmat ko‘rsatish shtati bir necha o‘nlab kishini tashkil qiladi. Mana shunday
superkompyuterlar bazasida o‘zicha bir necha bo‘limlarni yoki guruhlarni oluvchi
hisoblash markazlari tashkil qilinadi.
Katta EHMlardan bu guruh kompyuterlari o‘lchamlarining va tegishli ravishda
unumdorligining va narxining pastligi bilan farq qiladilar. Bunday kompyuterlar yirik
korxonalar, ilmiy muassasalar va o‘qitish faoliyatini ilmiy faoliyat bilan qo‘shib olib
boruvchi ayrim oliy o‘quv yurtlari tomonidan foydalaniladi. Mini EHMlarni asosan
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda ishlatadilar. Shu kompyuterning o‘zi ishlab
chiqarishni boshqarishni boshqa vazifalar bilan qo‘shib olib borishi mumkin. Masalan, u
iqtisodchilarga mahsulot tannarxi ustidan nazoratni amalga oshirishda,
normirovkachilarga (me’yorlovchilarga) dastgohlarning moslamalarini loyihalashtirishni
optimallashtirishda, hisobxonaga soliq idoralari uchun muntazam ravishda berib
boriladigan hisobotlarni tayyorlashda va boshlang‘ich hujjatlarning hisobini amalga
oshirishda yordam berishi mumkin.
Mini (kichik) EHM bilan ishlashni tashkil qilish uchun ham garchi, katta EHMlar uchun
bo‘lganidek, ko‘p sonli bo‘lmasada, maxsus hisoblash markazi talab qilinadi.
Bunday toifadagi kompyuterlardan ko‘plab korxonalar foydalana olish imkoniyatiga
egadirlar. Mikro EHMdan foydalanuvchi tashkilotlar, odatda, hisoblash markazlarini
tuzmaydilar. Bunday kompyuterlarga xizmat ko‘rsatishi uchun tarkibi bir nechta kishidan
iborat bo‘lgan, uncha katta bo‘lmagan laboratoriya zarur bo‘ladi, xolos. Hisoblash
laboratoriyasi tarkibiga, garchi ular dasturlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmasalarda,
albatta, dasturchilar kiradi. Zarur bo‘lgan tizimli dasturlarni, odatda, mikro EHM bilan
birga sotib oladilar, kerak bo‘lgan amaliy dasturlarni jamlab chiqishni esa yirik hisoblash
markazlariga yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga buyurtma beradilar.
Katta EHMlarga solishtirganda unumdorligi uncha katta bo‘lmagan mikro EHMlar yirik
hisoblash markazlarida ham keng qo‘llanilmoqda. U yerda ularga buning uchun qimmat
turadigan superkompyuterlarni ishlatishdan ma’no yo‘q bo‘lgan yordamchi amallarni
topshiradilar. Bunday vazifalarga, masalan, ma’lumotlarni oldindan tayyorlash kiradi.
Bu toifa kompyuterlari keyingi yigirma yil ichida gurkirab rivojlandi. Bu kompyuterning
bitta ishchi o‘rniga xizmat ko‘rsatishini uning nomi ham ko‘rsatib turibdi. Odatda,
shaxsiy kompyuter bilan bitta odam ishlaydi.
O`lchovlari va narxining nisbatan uncha katta emasligiga qaramay, zamonaviy
kompyuterlar ancha katta unumdorlikka egadirlar. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning
ko‘pchiligi 70-yillardagi katta EHMlar, 80-yillardagi mini EHMlar, 90-yillardagi mini
EHM lardan ustundir. Shaxsiy kompyuter (Personal computer) kichik korxonalarning va
alohida shaxslarning talablarini ko‘pini qondirishga qodirdir.
Shaxsiy kompyuterlar 1995 yildan so‘ng Internet gurkirab rivojlanib ketgani munosabati
bilan juda mashhur bo‘lib, ommaviylashib keta boshladi. Butunjahon tizimidan ilmiy,
o‘quv, madaniy ma’lumot va ko‘ngilochar axborot manbai sifatida foydalanish uchun
shaxsiy kompyuterning o‘zi yetarlidir, shaxsiy kompyuterlar, shuningdek, istalgan fan
bo‘yicha o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish, masofadan turib (sirtdan) o‘qitish, bo‘sh
vaqtni mazmunli o‘tkazishni uyushtirishning ham qulay vositasidir. Ular faqat ishlab
chiqarish vositalari emas, balki ijtimoiy munosabatlarga ham katta hissa qo‘shadilar.
Ularni ko‘pincha mehnat faoliyatini tashkil qilish uchun ishlatadilar. Bu ishsizlik
sharoitida muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi vaqtlargacha shaxsiy kompyuterlarning modellarini (rusumlarini) shartli
ravishda ikki toifaga: maishiy ShK va professional ShKlarga bo‘lganlar. Maishiy
rusumdagilar, odatda, past unumdorlikka ega bo‘lganlar, lekin ularda rangli grafika va
ovoz kiritish uchun alohida choralar ko‘rilgan, professional modellar uchun bu talab
qilinmaydi.
Keyingi yillarda hisoblash texnikasi vositalarining keskin arzonlashganligiga erishilgani
munosabati bilan professional va maishiy kompyuterlar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada
kamaydi va bugun maishiy kompyuterlar sifatida yuqori unumdorlikka ega professional
rusumdagi kompyuterlardan foydalanilmoqda, professional rusumdagilar esa, o‘z
navbatida, ilgari maishiy uskunalargagina xos bo‘lgan multimediya axborotlarni qayta
ishlovchi qurilmalar bilan to‘ldirilmoqda. Multimediya atamasi ostida bitta hujjatda bir
necha xildagi ma’lumotlar (matn, grafika, musiqiy va videoma’lumotlar)ni birlashtirish
yoki bu majmua ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan uskunalarning
yig‘indisi (to‘plami) tushuniladi.
1999 yildan boshlab, shaxsiy kompyuterlar sohasida PC-99 xalqaro sertifikatsiyalash
standartiga amal qilina boshladi. U shaxsiy kompyuterlarni tasniflash tamoyillarini
tartibga soladi (reglamentlashtiradi) va har bir toifaga qo‘yiladigan va tavsiya etiladigan
minimal talablarni belgilab beradi. Yangi standart shaxsiy kompyuterlarning quyidagi
toifalari belgilangan:
• Consumer PC (ommaviy ShK);
• Office PC (ishchi ShK);
• Mobice PC (portativ ShK);
• Work Station PC (ishchi stansiya);
• Entertainment PC (ko‘ngilochar ShK).
PC-99 ixtisoslashtirilishi bo‘yicha hozirgi vaqtda bozorga chiqarilgan shaxsiy
kompyuterlarning ko‘pchiligi ommaviy
ShKlar toifasiga kiradilar. Ishchi shaxsiy kompyuterlari uchun grafikani qayta tiklash
vositalariga qo‘shiladigan talab minimallashtirilgan, tovush ma’lumotlari bilan ishlovchi
vositalarga esa umuman hech qanday talab qo‘yilmaydi. Portativ shaxsiy kompyuterlar
uchun yo‘llash uzoqlashtirilgan ob’ektlar bilan ulanishni ta’minlash vositalari, ya’ni
kompyuter aloqasi vositalarining mavjudligi majburiy talabdir. Ishchi stansiyalari
toifasida ma’lumotlarni saqlash usullariga, ko‘ngilochar ShKlar toifasida esa grafika va
ovoz bilan ishlash vositalariga talablar kuchaytirilgan.
Ixtisoslashtirilish darajasiga qarab kompyuterlar universal va ixtisoslashtirilganlarga
bo‘linadi. Universal kompyuterlar bazasida istalgan tarkibdagi (kompyuter tizimini
tarkibini belgilash ixtisoslashtirish deyiladi) hisoblash tizimini yig‘ish mumkin. Masalan,
bitta shaxsiy kompyuterning o‘zidan matnlar, musiqa, grafika, foto va videomateriallar
bilan ishlashda foydalanish mumkin.
Ixtisoslashtirilgan kompyuterlar aniq vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday
kompyuterlarga masalan, avtomobillar, kemalar, samolyotlar, kosmik apparatlarning bort
kompyuterlari kiradi. Bort kompyuterlar mo‘ljalga olish va navigatsiya vositalarini
boshqarishni amalga oshiradilar, avtomatik boshqaruv va aloqaning ayrim vazifalarini
bajaradi, shuningdek, ob’ekt tizimlarining ish parametrlarini optimallashtirish (masalan,
ob’ektning yoqilg‘i sarfini aniq sharoitlarga bog‘liq ravishda optimallashtirish)
vazifalarning bazilarini bajaradilar. Grafika bilan ishlashga mo‘ljallangan maxsus mini
EHMlar grafik stansiyalar deb ataladi. Ulardan kino va videofilmlar, shuningdek,
reklama mahsulotlarini tayyorlashda foydalanadilar. Korxonaning kompyuterlarini bir
tarmoqqa birlashtiruvchi ixtisoslashtirilgan kompyuterlar fayl serverlari deb
nomlanadilar. Umumjahon kompyuter tarmog‘i ishtirokchilari o‘rtasida axborot uzatishni
ta’minlovchi kompyuterlarni tarmoq serverlari deb ataydilar.
Ko‘pchilik hollarda ixtisoslashtirilgan kompyuterlar tizimlarining vazifalarini odatdagi
universal kompyuterlar ham uddalashlari mumkin, lekin ixtisoslashtirilgan tizimlardan
foydalanish har holda samaraliroq hisoblanadi. Samaradorlikni baholashning mezoni
bo‘lib, uskuna unumdorligi uning bahosiga nisbati hisoblanadi.
Tip-o‘lchamlari bo‘yicha tasniflash. Shaxsiy kompyuterlarni tip-o‘lchamlariga qarab ham
tasniflash mumkin. Masalan, stolusti (desktor), portativ (notebook) va cho‘ntak (palmtop)
modellari.
Stol ustiga qo‘yiladigan modellar eng ko‘p tarqalgan. Ular ish joyining qurollaridir. Bu
modellar tashqi qo‘shimcha qurilmalar qo‘shish ichki qo‘shimcha komponentlar o‘rnatish
uncha murakkab emasligi hisobiga konfiguratsiyani o‘zgartirishning osonligi bilan ajralib
turadi. Korpus o‘lchamlarining yetarli ekanligi shunga o‘xshash ko‘plab ishlarni
mutaxassislarni jalb qilmasdan bajarish imkonini beradi, bu esa kompyuter tizimini ular
qaysi ishlarni bajarish maqsadida sotib olinganiga qarab sozlash uchun imkoniyat
yaratadi.
Portativ modellar transportirovka qilish uchun juda qulaydir. Ularni ko‘p vaqtlarini
xizmat safarlarida va yo‘lda o‘tkazadigan tadbirkorlar, tijoratchilar, korxona va
tashkilotlarning rahbarlari ishlatadilar. Portativ kompyuterlar bilan ish joyi yo‘q
bo‘lganda ishlash mumkin, ya’ni undan foydalanish uchun maxsus joy bo‘lishi shart
emas. Portativ kompyuterning alohida jozibadorligi shundaki, undan aloqa vositasi
sifatida foydalanish mumkin. Bunday kompyuterni telefon tarmog‘iga ulab, istalgan
jo‘g‘rofiy nuqtadan turib, o‘z tashkilotingizni markaziy kompyuteri va Portativ
kompyuter o‘rtasida ma’lumotlar almashishingiz mumkin. Ma’lumotlar almashish,
buyruq va farmoyishlarini yetkazish, tijorat ma’lumotlarini ma’ruza va hisobotlarni olish
ana shunday tarzda amalga oshirishlari mumkin. Ish joyida foydalanish uchun portativ
kompyuterlar uncha qulay emas, ammo ularni statsionar (turg‘un) foydalanadigan stol
kompyuterlariga ulash mumkin.
Cho‘ntak kompyuterlari "intellektual yozuv daftarcha"lari vazifalarini bajaradilar. Ular
tezkor ma’lumotlarni saqlash va ularga tezkor murojaat qilish imkonini beradi. Cho‘ntak
kompyuterlarining ayrim modellari qat’iy o‘rnatilgan dasturli ta’minotga egadirlar, bu
bevosita ishlashni yengillashtiradi, ammo amaliy dasturlarni tanlashda
moslanuvchanligini pasaytiradi.
Mos kelish bo‘yicha tasniflash. Dunyoda kompyuterlarning ko‘plab turi va xili mavjud.
Ular turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqariladi, turlicha detallardan yig‘iladi, turli
xil dasturlar bilan ishlaydi. Bunda turli xildagi kompyuterlarning bir-birlari bilan mos
kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Har xil kompyuterlarga mo‘ljallangan qismlar va
uskunalarning o‘zaro almashtirilishi, bir kompyuterdagi dasturni boshqasiga o‘tkazish
imkoniyati va har xil tipdagi kompyuterlarning aynan bir xil ma’lumotlar bilan ishlay
olish imkoniyati mos kelishiga bog‘liqdir.
Apparatli mos kelish. Apparatli mos kelish bo‘yicha apparat platformalarini farqlaydilar.
Shaxsiy kompyuterlar sohasida bugungi kunda ikkita platforma - IBM PC va Apple
Macintosh eng ko‘p tarqalgan. Bundan tashqari, tarqalganligi alohida mintaqalar yoki
ayrim tarmoqlar bilan cheklangan boshqa platformalar ham mavjud. Kompyuterlarning
bitta apparat platformasiga mansubligi ular o‘rtasidagi mos kelishni ta’minlaydi, turli
platformaga mansublik esa kamaytiradi.
Apparat mos kelishdan tashqari boshqa turdagi mos kelishlar: amaliyot tizimi darajasida
mos kelish, dasturiy mos kelish, ma’lumotlar darajasida mos kelishi ham mavjud.
Ishlatilayotgan protsessorning tipiga qarab tasniflash. Protsessor har qanday
kompyuterning asosiy qismidir. Elektron hisoblash mashinalarida bu maxsus blok,
shaxsiy kompyuterlarda esa - maxsus mikrosxema bo‘lib, u kompyuterda hamma
hisoblarni bajaradi. Hatto kompyuterlar bitta apparat guruhiga mansub bo‘lsa ham, ular
ishlatayotgan protsessorning turiga qarab bir-biridan farqlanishlari mumkin.
|