Xakerlar, boshqa Kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida,
oldindan, maqtanish maqsadida Kompyuter egalariga ularning tizimiga ki- rish
niyatlari borligini bildirib qO‘yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet
saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan
Kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar (cracker) — elektron "O‘g‘rilar" manfaat maqsadida dasturlarni
buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog‘i bO‘yicha
tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari — raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy
maxsus xizmatlari buyurtmasi bO‘yicha axborotni O‘g‘irlovchi firma va
kom’aniyalarning yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona
bank schetidan pul mablag‘larini O‘g‘irlash bilan ham shug‘ullanadilar.
Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday
kriminal biznes O‘ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari
jinoyat biznesining an’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar kO‘’ bO‘lmasa)
oshishiga sabab bO‘ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning
samarali usullari mavjud emas.
Axborot
xavfsizligining
xizmatlari
va
mexanizmlari.
Axborot-
kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar xavfsizligiga qO‘yiladigan talablar
3 Bank xizmati va moliya amallari sohasi
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya
qilinuvchi ob’ekt va uning vazifalari aniqlanadi. SO‘ngra dushmanning bu
ob’ektga qiziqishi darajasi, hujumning ehtimolli turlari va kO‘riladigan zarar
baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani
ta’minlamaydigan ob’ektning zaif joylari aniqlanadi.
Samarali himoya uchun har bir ob’ekt mumkin bO‘lgan tahdidlar va xujum
turlari, maxsus instrumentlar, qurollar va portlovchi moddalarning ishlatilishi
ehtimolligi nuqtai nazaridan baholanishi zarur. Ta’kidlash lozimki, niyati buzuq
odam uchun eng qimmatli ob’ekt uning e’tiborini tortadi va ehtimolli nishon
bO‘lib xizmat qiladi va unga qarshi asosiy kuchlar ishlatiladi. Bunda, xavfsizlik
siyosatining ishlab chiqilishida yechimi berilgan ob’ektning real himoyasini
ta’minlovchi masalalar hisobga olinishi lozim.
Qarshi
ta’sir
vositalari
himoyaning
tO‘liq
va
eshelonlangan
kontse’tsiyasiga mos kelishi shart. Bu degani, qarshi ta’sir vositalarini
markazida himoyalanuvchi ob’ekt bO‘lgan kontsentrik doiralarda joylashtirish
lozim. Bu holda dushmanning istalgan ob’ektga yO‘li himoyaning
eshelonlangan tizimini kesib O‘tadi. Mudofaaning har bir chegarasi shunday
tashkil qilinadiki, qO‘riqlash xodimining javob choralarini kO‘rishiga yetarlicha
vaqt mobaynida xujumchini ushlab turish imkoni bO‘lsin.
SO‘nggi bosqichda qarshi ta’sir vositalari qabul qilingan himoya
kontse’tsiyasiga binoan birlashtiriladi. Butun tizim hayoti tsiklining
boshlang‘ich va kutiluvchi umumiy narxini dastlabki baholash amalga
oshiriladi.
Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega bO‘lgan ob’ektlar
joylashgan bO‘lsa, bino otseklarga bO‘linadi. SHu tariqa umumiy
nazoratlanuvchi makon ichida ichki perimetrlar ajratiladi va ruxsatsiz
foydalanishdan ichki himoya vositalari yaratiladi. perimetr, odatda, fizik
tO‘siqlar orqali aniqlanib, bu tO‘siqlardan O‘tish elektron usul yoki qO‘riqlash
xodimlari tomonidan bajariluvchi maxsus muolajalar yordamida nazoratlanadi.
Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega bO‘lgan binolar guruhini
himoyalashda nafaqat alohida ob’ekt yoki bino, balki uning joylanish joyi ham
hisobga olinishi zarur. KO‘p sonli binolari bO‘lgan yer uchastkalari xavfsizlikni
ta’minlash bO‘yicha umumiy yoki qisman mos keladigan talablarga ega bO‘ladi,
ba’zi uchastkalar esa perimetr bO‘yicha tO‘siqqa va yagona yO‘lakka ega.
Umumiy perimetr tashkil etib, har bir binodagi himoya vositalarini kamaytirish
va ularni faqat xujum qilinishi ehtimoli kO‘’roq bO‘lgan muhim ob’ektlarga
O‘rnatish mumkin. Xuddi shu tariqa uchastkadagi har bir imorat yoki ob’ekt
xujumchini ushlab qolish imkoniyati nuqtai nazaridan baholanadi.
Yuqoridagi keltirilgan talablar tahlili kO‘rsatadiki, ularning barchasi
axborotni ishlash va uzatish qurilmalaridan xuquqsiz foydalanish, axborot
eltuvchilarini O‘g‘irlash va sabotaj imkoniyatini yO‘l qO‘ymaslikka olib keladi.
4 Xakkerlar xujumi
Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat
punktlarini bir zonadan ikkinchi zonaga O‘tish yO‘lida joylashtirgan holda
kontsentrik halqa kO‘rinishida tashkil etish maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Axborot xizmati binolari va xonalariga kirishning nazorati masalasiga kelsak,
asosiy chora-nafaqat bino va xonalarni, balki vositalar kom’leksini, ularning
funktsional vazifalari bO‘yicha ajratish va izolyatsiyalash. Bino va xonalarga
kirishni nazoratlovchi avtomatik va noavtomatik tizimlar ishlatiladi.
Nazorat tizimi kunduzi va kechasi kuzatish vositalari bilan tO‘ldirilishi mumkin.
Xavfsizlikning fizik vositalarini tanlash himoyalanuvchi ob’ektning
muhimligini, vositalarga ketadigan harajatni va nazorat tizimi ishonchliligi
darajasini, ijtimoiy jihatlarni va inson nafsi buzuqligini oldindan O‘rganishga
asoslanadi. Barmoq, kaftlar, kO‘z tO‘r pardasi, qon tomirlari izlari yoki nutqni
aniqlash kabi biometrik indentifikatsiyalash ishlatilishi mumkin. SHartnoma
asosida texnik vositalarga xizmat kO‘rsatuvchi xodimlarni ob’ektga kiritishning
maxsus rejimi kO‘zda tutilgan. Bu shaxslar identifikatsiyalanganlaridan sO‘ng
ob’ektga kuzatuvchi hamrohligida kiritiladi. Undan tashqari ularga aniq kelish
rejimi, makoniy chegaralanish, kelib-ketish vaqti, bajaradigan ish xarakteri
O‘rnatiladi.
Nihoyat, bino perimetri bO‘yicha bostirib kirishni aniqlovchi turli
datchiklar yordamida kom’leks kuzatish O‘rnatiladi. Bu datchiklar ob’ektni
qO‘riqlashning markaziy posti bilan bog‘langan va bO‘lishi mumkin bO‘lgan
bostirib kirish nuqtalarini, ayniqsa ishlanmaydigan vaqtlarda, nazorat qiladi.
Vaqti-vaqti bilan eshiklar, romlar, tom, ventilyatsiya tuynuklari va boshqa
chiqish yO‘llarining fizik himoyalanish ishonchliligini tekshirib turish lozim.
Har bir xonaga ichidagi narsaning muhimliligiga bog‘liq foydalanish
tizimiga ega bO‘lgan zona sifatida qaraladi. Kirish-chiqish xuquqi tizimi shaxs
yoki ob’ekt muhimligiga bog‘liq holda selektsiyali va darajalari bO‘yicha
rutbalangan bO‘lishi shart. Kirish-chiqish xuquqi tizimi markazlashgan bO‘lishi
mumkin (ruxsatlarni boshqarish, jadval va kalendar rejalarining rejalashtirilishi,
kirish-chiqish xuquqining yozma namunalari va h.).
Nazorat tizimini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish va uni doimo ishga
layoqatli holda saqlash lozim. Buni ixtisoslashgan bO‘linmalar va nazorat
organlari ta’minlaydi.
SHaxsiy Kompyuter va fizikaviy himoya vositalari kabi O‘lchamlari kichik
asbob-uskunalarni kO‘zda tutish mumkin.
Yuqorida
keltirilganlarga
xulosa
qilib,
Kompyuter
tarmoqlarini
himoyalashda axborot xavfsizligi siyosati qanday aniqlanishi xususida sO‘z
yuritamiz. Odatda kO‘’ sonli foydalanuvchilarga ega bO‘lgan kor’orativ
Kompyuter tarmoqlari uchun maxsus "Xavfsizlik siyosati" deb ataluvchi,
tarmoqda
ishlashni
ma’lum
tartib
va
qoidalarga
bO‘ysindiruvchi
(reglamentlovchi) hujjat tuziladi.
Siyosat odatda ikki qismdan iborat bO‘ladi: umumiy printsi’lar va
ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy printsi’lar Internetda xavfsizlikka
yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat
etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qO‘llanmalar
bilan tO‘ldirilishi mumkin.
Himoyaga qO‘yiladigan talablarning asosini tahdidlar rO‘yxati tashkil
etadi. Bunday talablar O‘z navbatida himoyaning zaruriy vazifalari va himoya
vositalarini aniqlaydi.
Demak, Kompyuter tarmog‘ida axborotni samarali himoyasini ta’minlash
uchun himoya tizimini loyihalash va amalga oshirish uch bosqichda amalga
oshirilishi kerak.
- xavf-xatarni taxlillash;
- xavfsizlik siyosatini amalga oshirish;
- xavfsizlik siyosatini madadlash.
Birinchi bosqichda Kompyuter tarmog‘ining zaif elementlari taxlillanadi,
tahdidlar aniqlanadi va baholanadi, himoyaning O‘timal vositalari tanlanadi.
Xavf-xatarni taxlillash xavfsizlik siyosatini qabul qilish bilan tugallanadi.
Ikkinchi bosqich — xavfsizlik siyosatini amalga oshirish moliyaviy
xarajatlarni hisoblash va masalalarni yechish uchun mos vositalarni tanlash bilan
boshlanadi. Bunda tanlangan vositalar ishlashining ixtilofli emasligi, vositalarni
yetkazib beruvchilarning obrO‘si, himoya mexanizmlari va beriladigan
kafolatlar xususidagi tO‘la axborot olish imkoniyati kabi omillar hisobga
olinishi zarur. Undan tashqari, axborot xavfsizligi bO‘yicha asosiy qoidalar aks
ettirilgan printsi’lar hisobga olinishi kerak.
Uchinchi bosqich — xavfsizlik siyosatini madadlash bosqichi eng muhim
hisoblanadi. Bu bosqichda O‘tkaziladigan tadbirlar niyati buzuq odamlarning
tarmoqqa bostirib kirishini doimo nazorat qilib turishni, axborot ob’ektini
himoyalash tizimidagi "rahna"larni aniqlashni, konfidentsial ma’lumotlardan
ruxsatsiz foydalanish hollarini hisobga olishni talab etadi. Tarmoq xavfsizligi
siyosatini madadlashda asosiy javobgarlik tizim ma’muri bO‘ynida bO‘ladi. U
xavfsizlikning muayyan tizimi buzilishining barcha xollariga O‘erativ
vositalaridan foydalanishi shart.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
1. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi
2. Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi
3. Bank xizmati va moliya amallari sohasi
4. Xakkerlar xujumi
Uyga vazifa
1.
Xakerlar,
2.
Krakerlar (cracker)
3.
Kompyuter qaroqchilari
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Axborot texnologiyasi. Axborotlarni kriptografik muxofazasi.
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt
1105:2006
munosabat bildirishi, ularni taxlillashi va moliyaviy vositalarning maksimal
tejalishini hisobga olgan holda himoyaning zaruriy a’’arat va dasturiy
Vizual-didaktik resurslar
|