• 4-ilova "Uzatmalar qutisi" mavzusi bayoni. Reja: 1.
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/194
    Sana20.11.2023
    Hajmi11,47 Mb.
    #102246
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194
    Bog'liq
    Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich

    1-ilova 
    Baholash mezoni. 
     
    № 
    Mezonlar 
    Baho 

    Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni 
    boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish hamda vazifalarni 
    to‘liq bajargan va yangilik qilishga intiladigan, har jihatdan boshqa 
    o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan o‘quvchilarga 


    O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini 
    xalq xo‘jaligida to‘g‘ri qo‘llay oladigan, mustaqil fikirlay oladigan 
    olgan bilimlarini tushuntirib beraoladigan o‘quvchilarga 


    Darslarda 95%gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o‘quv 
    qurollari to‘liq bo‘lgan , adabiyotlardan foydalanishni bilgan 
    o‘quvchilarga 


    Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan 
    kam o‘zlashtirgan o‘quvchilarga 

     
    2-ilova 
    Tezkorso‘rov savollari. 
     
    1. Uzatmalar qutisi nima vazifani bajaradi? 
    2. Uzatmalar qutixining qanday turlari bor? 
    3. Mexanik uzatmalar qutisinig qanday turlarini bilasiz? 
     
    3-ilova 
     
     
     


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    4-ilova 
     
    "Uzatmalar qutisi" mavzusi bayoni. 
    Reja: 
    1. Uzatmalar qutisining vazifalari 
    2. Uzatmalar qutisining umumiy tuzulishi 
    3. Uzatmalar qutisining turlari 
    4. 4.Mmexanik uzatmalar qutisining umumiy tuzulishi 
    5. Mexanik uzatmalar qutisining turlari 
    6. Mexanik uzatmalar qutisining ishlash prinsplari 
    7. Gidro-mexanik va elekto-mexanik uzatmalar qutilarining umumiy tuzilishi 
    8. Gidro-mexanik va elektro-mexanik uzatmalar qutilarining ishlash prinsplari 
    Avtomobilning yetakchi gildiraklaridagi burovchi momentni va tezligini 
    o‘zgartirib turish uchun, kerakli paytda ularning yunalishini ham o‘zgartirib berish 
    va avtomobil tuxtab turganda yoqi inersiya bilan yurib ketayotganda salt ishlab 
    turgan dvigatelning tirsakli valini kuch uzatmadan uzoq muddatga ajratib quyish 
    vazifasini bajaradi. 
    Pogonali mexanik uzatmalar kutisining tuzilishi va ishlash uslubi 
    Avtomobillarda asosan tishli mexanizmga ega bulgan pogonali uzatmalar 
    kutisi ishlatiladi. Bunday uzatmalar kutisida avtomobilning xar xil yo‘l sharoitida 
    turlicha tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun uzatish soni xar xil kiymatga ega 
    bulgan bir nechta juft tishli shesternyalardan foydalaniladi. Yengil avtomobillarda 
    kullanilgan uzatmalar kutisi uch, to‘rt, yoqi beshta pogonali, yuk avtomobillarida 
    esa to‘rt, besh, ba’zan sakkiz va undan ham kuproq bulishi mumkin. Uzatmalar 
    kutisi kancha kup pogonali bulsa, avtomobil turli yo‘l sharoitiga bemalol 
    moslashib ishlaydi, bu esa dvigatelning kuvvatidan unumli foydalanishni 
    yaxshilaydi hamda yonilgi sarfini kamaytiradi. 
    Bunday uzatmalar kutisining kullanilishi chegaralangan oralikda yo‘l 
    sharoitiga karab ixtiyoriy uzatmalar sonini uz-o‘zidan ta’minlab avtomobilning 
    yetakchi gildiraklaridagi burovchi momentni o‘zgartirib beradi. Pogonasiz 
    uzatmalar kutisi ishlash uslubiga karab mexanik (impulsli, ilashtiruvchi 
    ishkalagichli – friksion va boshka), gidravlik (gidrodinamikali, gidroxajmli), 
    elektrik va aralashgan turlariga bulinadi. Shu vaktgacha aralashgan, ya’ni 
    gidromexanik uzatmalar kutisi keng tarkalgan bulib, u ikki qismdan, ya’ni 
    pogonasiz gidrodinamik uzatma (gidrotransformator) va unga ketma-ket ulangan 
    pogona mexanik uzatmalar kutisidan iborat. 
    Gidrotransformator suyuklik ta’sirida harakatni o‘zgartirib beradigan 
    gidravlik mexanizm bulib, u dvigatel bilan pogonali mexanik uzatmalar kutisi 
    oraligida joylashgan. Gidrotransformator o‘zining tuzilishi va ishlash uslubi 
    buyicha gidromuftaga uxshash va charxpalakli gildirakchalardan tashkil topgan. 
    Gidrotransformatorning gidromuftadan farki shundaki, u yetakchi nasos va 
    yetaklanuvchi (turbina) gildiraklardan tashkari yana uchinchi kuzgalmas 
    charxpalakli gildirak (reaktiv momentni qabul kiluvchi) – reaktorga ega. Reaktor 
    uz navbatida erkin yurish muftasi orqali kuzgalmas vtulkaga o‘rnatilgan. Erkin 


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    yurish muftasi reatkorni fakat bir tomonga (nasos gildiragining aylanish tomoniga) 
    aylantiradi. Teskari aylanishiga esa muftaning ponalanib tiralib kolishi yo‘l 
    kuymaydi. Shunday qilib, yetakchi val va dvigatel bilan boglangan gildirak-nasos, 
    yetaklanuvchi val bilan tutashgan gildirak-turbina, suv oqimini tarkatuvchi 
    kurakchalari bor kuzgalmas gildirak reaktor deb ataladi.
    To‘rt pogonali uzatmalar kutisi. Zamonaviy yengil avtomobillarning 
    kupchiligida to‘rtva besh pogonali, uch valli uzatmalar kutisi o‘rnatilgan. Masalan, 
    GAZ-24 “Volga” avtomobilida oldinga yurish uchun to‘rtta va orqaga 
    harakatlanishga bitta uzatma mo‘ljallangan. Bunday uzatmalar kutisining uch yo‘lli 
    deb ataladi, chunki ikkita sinxronizator va bitta kuzgaluvchi orqaga yurgizish 
    shesternya orqali uzatmalarga tushiriladi. Uzatmalar kutisining karterida uchta val 
    yetaklovchi (birlamchi), yetaklanuvchi (ikkilamchi) va oralik vallari hamda orqaga 
    yurgazish shesternyasining o‘qi joylashgan. Yetaklovchi valning ikki uchi ikkita 
    sharikli podshipniklarga tayangan bulib, oldingi uchi tirsakli valning flanetsidagi 
    uyikchada joylashgan podshipnikda, ketingi uchi esa uzatmalar kutisi karterining 
    oldingi devorchasida joylashgan podshipnikda yotadi. Birlamchi val kiya tishli 
    shesternya bilan yaxlit ishlangan bulib, oralik valdagi shesternyalar bloqining 
    yetakchi shesternyasi bilan doimo tishlashib turadi. To‘g‘ri uzatmani ulash uchun 
    birlamchi val shesternyasining orqa qismida tishli gardish ishlangan. Birlamchi 
    valning sharikli podshipnigi yon kopkoq bilan boltlar yordamida berkitilgan. 
    Oralik valto‘rtta kiya tishli shesternyalar va bitta to‘g‘ri tishli shesternyadan iborat 
    shesternyalar bloqi va bitta to‘g‘ri tishli shesternyadan iborat shesternyalar bloqini 
    tashkil etadi va uz o‘qida uchta ninasimon (birinchisi o‘qning old qismida, ikkinchi 
    va uchinchilari esa uning ketingi qismida ketma-ket joylashgan) podshipniklarda 
    o‘rnatilgan. O‘qning orqa uchidagi diskli kaydlagichi uning uz o‘qida buralib 
    ketishidan saklaydi. Yetaklanuvchi val ham uzunasiga ikkita tayanchga tayangan 
    bulib, oldingi uchi birlamchi valning orqa tomonidan cho‘qurchasiga kiritilgan 
    rolikli podshipnik ketingi uchi esa uzatmalar kutisi karterining devorchasiga 
    joylashtirilgan sharikli podshipnikda o‘rnatilgan. Yetaklanuvchi valning shlitsli 
    qismlariga birinchi, ikkinchi, uchinchi vato‘rtinchi uzatmalarni ulash uchun 
    kullaniladigan 
    sinxronizatorli 
    muftalar 
    o‘rnatilgan. Valning jilvirlangan 
    buyinchalariga esa oralik val shesternyalari bilan doimo tishlashgan, kiya tishli 
    shesternyalar vtulkada erkin uz o‘qi atrofida aylana oladigan qilib joylashtirilgan. 
    Avtomobilni oldinga harakatlantirish uchun mo‘ljallangan hamma uzatmalar, ya’ni
    I, II, III va IV uzatmalar sinxronizatorlar yordamida, orqaga yurish uzatmasi esa 
    shesternyani surish yo‘li bilan bajariladi. 
    VAZ-2108, Neksiya, Tiko avtomobillarida uzatmalar kutisining asosiy farki 
    vallarining soni uchta emas, balki ikkitaligida-yetakchi va yetaklanuvchi. 
    Yetaklanuvchi valning ung uchida u bilan yaxlit ishlangan silindrsimon shesternya 
    bor. U differensial kutisining yarim kosachasiga o‘rnatilgan tishli gildirak bilan 
    doimo tishlashib turadi va bu mexanizm old yurituvchi kuprikda asosiy uzatma 
    vazifasini utaydi. Yetakchi val shesternyalari valga kuzgalmas qilibo‘rnatilgan 
    bulib, yetaklanuvchi val shesternyalari bilan mo‘qim tishlashib turadi. Chunki bu 
    shesternyalar 
    valning 
    o‘qqilib ishlangan qismlariga erkin aylanadigan 
    qilibo‘rnatilgan. Bu shesternyalar orqali burovchi moment uzatish jarayoni 


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    ikkilamchi valga shlitsali qilibo‘rnatilgan sinxronizatorlar yordamida bajariladi. 
    Orqaga yurgazish pogonasini ulash uchun esa shesternya va sinxronizator 
    muftasining tishli gardishi oralik tishli gildirak bilan tishlashtirish yo‘li bilan 
    amalga oshiriladi. 

    Download 11,47 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish