Mavzu:2
OTMLARDA TALIM, ILMIY VA INNOVATSION FAOLIYATNI
RIVOJLANTIRISH, ILMIY TADQIQOT NATIJALARNI
TIJORATLASHTIRISH (4 soat)
2-Amaliy topshiriq
Tijoratlashtirish manfaatlari nuqtai nazaridan zamonaviy OTMda
innovatsiyalarni boshqarishning SWOT-tahlili(2 soat)
Kuchli raqobatchilik, tez o‘zgaruvchan sharoitida zamonaviy universitet
rahbariyati diqqat e’tiborini nafaqat, amaldagi ishlarning ichki holatiga, balki ular
atrofida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga ulgurishi, ilgarilashi va ma’lum darajada ularga
ta’sir etishi uchun imkon beradigan uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab
chiqishga qaratadi. Qayd etilgan holatlarni OTM(universitet)ni boshqarishga strategik
yondashuv asosida amalga oshirish mumkin.
Strategik rejalashtirishni amalga oshirishda universitet ustuvorligi:
✓
OTMning rivojlanish yo‘nalishini aniqlash - ma’muriyat xatti-harakatlariga
zaruriy hamohanglik va hamkorlikda xatti-harakat qilish imkoniyatini beradi;
✓
kelajakning noaniqligi oshib borayotgan bir vaqtda ularning o‘z pozitsiyasi
to‘g‘riligini anglash va universitet xodimlariga ishonch berish qobiliyati;
✓
mazkur ta’lim muassasasining o‘ziga xosligini shakllantirish;
✓
OTM hamjamiyati birdamligi, yangi resurslarni jalb etish, OTMning turli
javhalardagi raqobatbardoshligini oshirish.
OTMda strategik rejalashtirish amalga oshirilishining muhim
tavsiflaridan
biri
-
bu tashqi muhitning noaniqligi va yirik o‘yinchilarning yoki raqobatchilarning
OTM xatti-harakatlariga bo‘lgan javoblari.
Ichki boshqaruv mexanizmi sifatida OTM rivojlanishini strategik
rejalashtirish, odatda OTMning