|
-vazifa
“OTM ning innovatsion ekotizimi” keysi bo‘yicha muhokama qilish uchun savol Pdf ko'rish
|
bet | 301/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON2-vazifa
“OTM ning innovatsion ekotizimi” keysi bo‘yicha muhokama qilish uchun savol
va topshiriqlar
1.
Innovatsion infratuzilmani ta’riflab bering va uning shakllantirilishi nima uchun
zarurligini tushuntiring.
2.
Keysda innovatsion muhitni shakllantirishda qaysi muammolar ko‘rib o‘tilgan?
3.
Keysda ko‘rsatib o‘tilgan OTM bazasida tashkil etilgan tashkilotlar innovatsion
infratuzilmaning qaysi tipiga mansub?
4.
Keysda ko‘rsatib o‘tilgan innovatsion infratuzilmaning asosiy elementlari
(texnopark, biznes-inkubator, texnologiyalar transferi markazi, jamoaviy foydalanish
markazi)ga ta’rif bering. Innovatsion muhitni rivojlantirishda ularning roli qanday?
5.
Innovatsion muhitni rivojlantirishda davlat qanday rol o‘ynaydi?
6.
Qanday umummilliy dasturlar innovatsion muhitni rivojlantirishga yordam
beradi?
4-amaliy topshiriq
Professor-o‘qituvchilarning tadqiqotchi sifatidagi nashr faolligini rivojlantirish
istiqbollari(2 soat)
Oliy ta’lim muassasida ishlash hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Sababi
buning uchun o‘ziga xos ma’lum bir moyillik va xarakter qirralariga ega bo‘lish lozim.
Kommunikabellik
. Faoliyat yuritish nafaqat muloqot qilishni, balki turli xil
insonlar bilan munosabatlar o‘rnatish, ularga yo‘l topishni talab etadi.
Taktiklik(mulohazalik)
.Ma’lum bir vaziyatlarni tushunish va o‘zini bosiqlik
bilan namoyon qilishi lozim bo‘ladi.
Sabr.
U insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarda hamda ilmiy ishda ham talab
etiladi.
O‘z ishiga sodiqlik
.
OTMda muvaffaqiyatli kareraning manbalaridan biri bu – ishga bo‘lgan sadoqat,
sababi o‘qituvchi doimiy ravishda mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanishi, yangi g‘oyalar
topishi uchun ijodiy tafakkurga ega bo‘lmog‘i lozim.
Asosiysi bu mas’uliyat va mehnatsevarlik. Bunday ish salmoqli kuchni va vaqtni
talab etadi.
Mazkur talablar hamishayam talab etilmasada, baribir zarur bo‘ladigan talablarni
ajaratib ko‘rsatishimiz mumkin. Demak OTM profesor-o‘qituvchisi quyidagilarga ega
bo‘lishi lozim:
- stressga chiqamli;
- kommunikabel;
- kuzatuvchi;
- sabrli.
TUda faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilarning funksiyalari a’naviy
OTMlardagi professor-o‘qituvchilarnikidan farq etadi va ularni quyidagicha ifodalash
mumkin:
Bugungi kunda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida OTMlar reytingida
munosib o‘rin olish uchun kurashlar ro‘y bermoqda. Bunda asosiy yadroni albatta
ularda faoliyat yuritishayotgan professor-o‘qituvchilar hisoblanadi. OTMlarning
dunyo reytingiga kirishi borasida ta’sir etuvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
-
ilmiy tadqiqotlar;
-
hammualliflik;
-
patentlar;
-
maqolalar;
-
iqtiboslar.
|
| |