Zamonaviy TUda «
Amaliyotchi professorlar» (PoP,Professor of Practice
)
modeli shaklangan bo‘lib ushbu modelning asosiy g‘oyasi - universitetga yuqori
texnologiyaga asoslangan firmalarni yaratgan xodimlarni jalb etish hisoblanadi.
Firma ma’lum bir darajadagi muvaffaqiyatga erishganidan so‘ng uning asoschisi
o‘zi faoliyat yuritayotgan ishga boshqa menejerlarni taklif etish imkoniyati va uning
o‘zida boshqa ishlar uchun bo‘sh vaqti paydo bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
agarda tadqiqotchi-o‘qituvchi o‘z firmasini yaratsa aksariyat hollarda u universitetga
qaytadi.
Ammo u qaytganda, boshqacha tarzda bir muncha keng fikrlay boshlashi
mumkin. Agarda tadqiqotchi ilmiy-tadqiqot markazini va
tadqiqot guruhlari ishini
tashkil etsa, u tadbirkor sifatida namoyon bo‘lishi va universitetning boshqa xodimlari
uchun o‘rnak sifatida xizmat qilishi ham mumkin bo‘ladi.
Amaliyotchi professorlar (professor-of-practice, PoP) - an’naviy RoR modelining
ta’limdan tadqiqotga rivojlanish PoP turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- to‘g‘ri yo‘naltirilgan harakatlar: universitetlardan tadbirkorlar korxonada 0,5
stavkada (qisman-o‘rindosh band) ishlashadigan;
- teskari yo‘naltirilgan harakatlar: biznesdan (PhD) tadbirkorlar universitetda 0,5
stavkada (qisman-o‘rindosh band) ishlashadigan;
- universitet xodimlari va talabalari uchun tadbirkorlik modeli: yirik ko‘lamli
loyihalarning rivojlanishi, biznes
bilan aloqalarni kuchaytirish, universitet doirasida
universitet tadbirkorligini saqlash;
- universitetlar va korxonalar o‘rtasida yetarlicha
darajadagi samarali siklni
amalga oshirish.
Shuningdek, TUda