• 3-Topshiriq
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet299/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    amaliyotchi tadqiqotchilar
    (
    researcher-of-practice, RoP

    shakli ham rivojlangan bo‘lib, universitet faoliyatining ta’lim va tadbirkorlik aloqalari 
    quyidagicha amalga oshishi mumkin: 
    ta’lim tuzilmasida 0,5 stavkada (biznes-maktablar, muhandislik/injenerlik 
    fakultetlari, tibbiyot institutlari va h.k.lar). 
    transfer texnologiyalar ofislarida, inkubatorlarda, ilmiy parklarda 0,5 stavkada. 
    kichik ilmiy xodimlar RoR rahbarligida bo‘lishadi. 
    gipoteza: odatdagi xodimlarga qaraganda bir muncha samarali ish: 


    ilhomlanishning ikkita manbasi (nazariya va amaliyot). 
    RoR + RoP: kompaniyalar va universitetlar, shuningdek, fan va biznes o‘rtasida 
    uzluksiz to‘rsimon o‘zaro xatti-harakatlar. 
    3-Topshiriq 
    Faraz qilaylik bayon etilayotgan vaziyat keng yo‘nalishda kadrlar tayyorlayotgan 
    klassik universitetda ro‘y bermoqda. Universitet o‘z ichiga 10 dan ortiq fakultetlar va 
    40 dan ortiq turli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasisslar bo‘yicha kadr tayyorlovchi 
    kafedralarni oladi.
    2018 yilda OTM rahbariyati tomonidan innovatsion rivojlanishga, aynan olganda 
    esa – ishlanmalarni kelgusida tijoratlashtirish maqsadida OTM ning tadqiqotchilik 
    funksiyalarini kuchaytirishga qaratilgan universitetni rivojlantirishning yangi 
    strategiyasi tasdiqlandi. Universitetda mazkur strategiyani qabul qilish vaqtida o‘tgan 
    yillar davomida innovatsion infratuzilma elementlari shakllantirildi: 
    OTM ning biznes-inkubatori (25 ta ish joyi yaratilgan kovorking markazi) tashkil 
    etilgan maydon ajratildi, innovatsion rivojlanish bo‘yicha ilmiy ishlar va innovatsiyalar 
    bo‘yicha prorektor(ilmiy ishlar o‘rniga), tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlari 
    paydo bo‘ldi, bir qator tadqiqotchilik laboratoriyalari texnik jihozlash uchun 
    yo‘naltirilgan qo‘shimcha moliyalashtirishga ega bo‘ldi, laboratoriya jihozlaridan 
    jamoaviy foydalanish markazi ochildi. 
    Mazkur o‘zgarishlar OTM ning, talabalarning va ilmiy jamoaning faoliyatida aks 
    etdi. Talabalar innovatsiyalar rivojlanishining ham nazariy jihatlari, ham innovaison 
    rivojlanishning amaliyoti bilan qiziqa boshladilar. Biznes-inkubator faoliyatiga bog‘liq 
    holda universitet bazasida bir nechta kichik innovatsion korxona (KIK) lar ochildi, 
    lekin ular kerakli tarzda rivojlana olmadilar, bir qator kompaniyalar ishlagani bilan 
    lekin hali foyda keltirmayaptilar, ba’zi firmalar esa OTM dagi mavjud murakkab 
    byurokratik tizim ortidan o‘z kompaniyalarini universitetdan tashqarida tashkil etdilar 
    va tijorat faoliyatini mustaqil ravishda olib bormoqdalar. Taqdim etilayotgan xizmatlar 
    nuqtai-nazaridan biznes-inkubator tanlab olingan jamoalarga ish o‘rinlarini tekinga 
    berish bilan cheklanib qolmoqda. 
    OTM ning ilmiy-tadqiqotchilar tarkibi bu kiritilgan yangiliklarga skeptik 


    munosabat bildirdi. Laboratoriyalarning texnik modernizatsiyalanishi ishtiyoqlilik ruhi 
    bilan qabul qilindi, lekin davlat granti bo‘yicha ilmiy loyihalar olish, iqtiboslilik 
    indekslarini oshirish va sanoat vakillari bilan kelishuvlar miqdori bo‘yicha kiritilgan 
    KPI
    mezonlari salbiy aks-sado berdi. Xodimlar hisobot tayyorlash ishlari ko‘payib 
    ketganligidan shikoyat qila boshladilar. OTM da so‘nggi besh yilda bor-yo‘g‘i 
    8
    ta 
    patent qo‘lga kiritilgan, lekin ularning hech qaysi biri tijoriy jihatdan amalga oshirish 
    bosqichiga yetib bora olmadi. 
    Amalda OTMning professor-o‘qituvichlar tarkibiga mazkur yangiliklar unchalik 
    ham katta ta’sir ko‘rsatmadi. Metodik materiallar qayta ishlab chiqildi, yangi ma’rzalar 
    va taqdimotlar ishlab chiqildi, amaliyotchilarni jalb etish bilan o‘tiladigan 
    mashg‘ulotlar rag‘batlantirila boshlandi. 
    Universitetda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tashabbuslardan biri bo‘lib tor 
    yo‘nalishdagi mutaxassis-kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish va 
    laboratoriya jihozlaridan jamoaviy foydalanish markaziga kirish imkoniyatlarini 
    qo‘lga kiritish maqsadida hududdagi yirik sanoat korxonalar ko‘magida tayanch 
    kafedralarning tashkil etilishi hisoblanadi. 
    Jamoaviy foydalanish markazi biznes-hamjamiyat vakillarini jalb qilish 
    sohasidagi ijobiy ishlarni namoyon qiladi. Mazkur yutuq o‘z faoliyatida biznes-
    yondashuvlardan foydalanayotgan markaz jamoasiga tegishlidir: 
    bunda jamoa tegishli 
    yo‘nalishlardagi hududiy anjumanlarda markaz faoliyatini olg‘a surish, hudud va 
    mamlakat miqyosidagi kompaniyalar bilan ishlash, ilmiy ishlanmalar uchun grantli 
    tanlovlar va xalqaro tenderlarda ishtirok etish kabilardan foydalanadi
    .
    Erishilgan yutuqlarga qaramasdan, universitetda moliyaviy masalalarni hal 
    qilish haligacha juda sekin bormoqda. Barcha zaruriy hujjatlarning imzolanishi bir 
    necha oylarga cho‘zilib, bu sanoat vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish 
    jarayonlariga salbiy ta’sir qilmoqda. 
    Universitetda rektorning o‘z o‘rnida qolishi OTM ning kelgusi rivojlanish 
    istiqbollari yuzasidan munozaralar bilan bog‘liq ravishda xodimlar orasida rektor 
    faoliyatidan norozilik va uni qo‘llab-quvvatlamaslik (bevosita va bilvosita) holatlarini 
    keltirib chiqardi, bu universitetning innovatsion rivojlanishini jiddiy holda 


    sekinlashtirdi, biroq innovatsion rivojlantirish maqsadida ilmiy ishlar va innovatsiyalar 
    bo‘yicha yangi prorektor tayinlanishi bilan vaziyat vaqtincha me’yorga keldi, xodimlar 
    va ma’muriyat Siz taklif etadigan OTM ni innovatsion rivojlantirishning yangi 
    strategiyasiga katta umid bildirishdi.
    OTMning asosiy xodimlari bilan Sizlarning dastlabki yig‘ilishingizda ko‘plab g‘oyalar 
    va takliflar o‘rtaga tashlangan edi, bunda jumladan, prototiplashtirish markazini 
    ochish; 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish