ma’lumotlari bazasidagi 21000
atrofidagi jurnallar, shu jumladan WoSda
indeksiyalanuvchi aksariyat jurnallar uchun - SCIMago Journal Rank (SJR).
CiteScore bo‘yicha protsentil – analog (o‘xshash) ilmiy soha reytingida jurnalning
tutgan o‘rni (pozitsiyasi)ni aks ettiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, jurnallarni turli xil ilmiy
sohalardagilar bilan taqqoslash imkonini beradi.
Bugungi kunda faqatgina yuqori nufuzli ilmiy jurnallarda o‘z ilmiy ishlarini nashr
ettiradiganlargina o‘zini olim deb hisoblashi mumkin.
Agarda ekspertning bunday
jurnallarda maqolalari bo‘lmasa uni haqiqiy olim deb hisoblab bo‘lmaydi. Nima
uchun?
Ilmiy jurnallar tahririyati u yoki bu fan sohasidagi mutaxassislarning termasi
hisoblanadi. Agarda sizning materiallingizda ilmiy usullar noto‘g‘ri qo‘llanilgan va
muhim ilmiy natijalar yo‘q bo‘lsa, tahririyat a’zolari
sizning maqolangizni
o‘tkazishmaydi. Bunday filtr noilmiy, noaniq ishlarni
va foydasiz tadqiqotlarni
o‘tkazmaslikka yordam beradi.
Bu nazariyada, lekin hayotda esa barchasi boshqacharoq.
Masalan iqtisodiyot
bo‘yicha jurnallarni qo‘pol tarzda 3 ta guruhga bo‘lish mumkin.