|
Xo’sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo
|
bet | 2/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,77 Mb. | | #234153 |
Bog'liq Sarvinoz canva slaydXo’sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo:
Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi
sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini
tushunish;
OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;
Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga
o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini
tahlil etish;
Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda
uzatilyapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks etayapti, degan
savollarga javob topa olish uchun zarurdir.
Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi
mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi,
mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra esa, mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat.
Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash
deb tushunadi. M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan
|
| |