• Dvigatel turini tanlash.
  • Dvigatelning nominal kuchlanishini tanlash




    Download 83,3 Kb.
    bet16/16
    Sana05.12.2023
    Hajmi83,3 Kb.
    #112012
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Elektr yuritma va elektronika fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org

    Dvigatelning nominal kuchlanishini tanlash. Bu masalani yechishda standart nominal kuchlanishga asoslaniladi. Uch fazali dvigatellar 220, 380, 660, 3000, 6000 va 10000 V kuchlanishga, o’zgarmas tok dvigatellari 110, 220 va 440 V kuchlanishlarga mo’ljallab chiqariladi. Kichik va o’rtacha (100 kVt gacha) quvvatli uch fazali asinxron va sinxron dvigatellar uchun 380 V kuchlanishni tanlash maqsadga muvofiqdir. 220 V li kuchlanish tavsiya etilmaydi, chunki bunda tok kuchi 43 marta yuqori bo’ladi.Katta quvvatli elektr yuritmalar uchun 3000, 6000 va 10000 V ga mo’ljallangan uch fazali dvigatellarni qo’llash tavsiya etiladi. Chunki 440 V ga mo’ljallangan o’zgarmas tok dvigatellari ishlash davrida tez-tez ishdan chiqib turadi
    1. Dvigatel turlarini tanlash.




    Dvigatel turini tanlash. Tanlanadigan dvigatelning shunday turini tanlash kerakki, uni boshqarish oson, ekspluatatsiya mustaxkam va ishonchli, hamda narxi arzon, o’zi ixcham, shuningdek, yuqori energetik ko’rsatkichlarga ega bo’lsin. Dvigatelning turini tanlashda yuritmaning tezligi boshqariladigan yoki boshqarilmaydiganligiga ham e'tibor berish kerak. Yuqoridagi talablarning aksariyatini qondiruvchi elektr dvigatel-bu rotori qisqa tutashtirilgan asinxron dvigateldir. Shuningdek, mazkur dvigatellar kamchiliklardan ham holi emas. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

    1. Cheklangan ishga tushirish momentida katta ishga tushirish tokining mavjudligi;

    2. Rotor zanjiridagi issiqlik miqdorining tashqi muhitga yaxshi tarqalmasligi tufayli qayta ulash sonining cheklanganligi;

    3. O’qdagi yuklama momenti o’zgarganda tezlikning o’zgarishi


    1. Elektr dvigagtellarning nominal tezligini tanlash.


    Elektr dvigatellarini ish mashinalari bilan o’zaro biriktirishning eng sodda va mustaxkam turi ularni bevosita mufta orqali ulashdir. Bu xolda dvigatelning tezligi ish mashinasining tezligiga teng qilib olinadi. Dvigatellar esa malum standart tezlikka mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, dvigatellarning nominal tezligi kichikroq bo’lsa, ularning o’lchami berilgan nominal quvvatda (Rnom) kattaroq bo’ladi. Shuning uchun aksariyat dvigatellar 1500 va 3000 aylG’min tezlikka mo’ljallab chiqariladi. Ikkinchidan, ish mashinalari, asosan, kichik tezlikka (200-500 aylG’min) mo’ljallangan bo’ladi. Binobarin, dvigatellarni ish mashinalariga ulash uzatish qurilmalaridan foydalanishni taqozo qiladi. Bunday xollarda dvigatelning nominal tezligi bir necha variantlarda hisoblash, tekshirish va analiz qilish asosida tanlanadi.


    1. Elektr dvigatellarning konstruksiyasini tanlash.


    Dvigatel konstruktsiyasini tanlashda atrof-muhit sharoiti ham hisobga olinadi. Bunda dvigatelni tashqi muhit ta'siridan himoyalash kerak bo’lsa, ikkinchi tomondan, dvigatellarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uchqunlardan atrof-muhitni (agar yonuvchi changlar, portlovchi gazlar va aralashmalar va shunga o’xshashlar mavjud bo’lsa) himoya qilish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham dvigatellar ochiq, himoyalangan, yopiq va portlashga xavfsiz ko’rinishda ishlab chiqariladi.


    Ochiq dvigatellar hech qanday himoya vositalariga ega bo’lmaydi va changsiz, iflossiz va boshqa aralashmalarga ega bo’lmagan quruq xonalarda ishlatiladi.Himoyalangan dvigatellar tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishdan va dvigatel ichiga tashqi buyumlar tushib ketishidan himoyalangan va suv tomchilari tushishidan himoyalangan turlarga bo’linadi.
    Yopiq dvigatellarni zax, gazli, changli xonalarda ishlatish mumkin. Ular qopqoq hamda maxsus zichlagich bilan ta'minlanadi. Bunday dvigatellar ichiga tashqaridan chang, gaz va boshqa aralashmalar kirmaydi. Germetik yopiq dvigatelni esa uzoq muddat suvga botirib qo’yilsa ham dvigatel ichiga nam o’tmaydi.Portlashga xavfsiz dvigatellar yong’in va portlash xavfi bo’lgan, xavfli gaz yoki bug’li xonalarga o’rnatiladi. Ularning korpusi shu qadar mustaxkamki, portlash natijasida dvigatel ichida hosil bo’lgan alanga tashqariga-portlash xavfi bo’lgan muhitga chiqmaydi.
    1. Elektr yuritmani tiristor bilan boshqarish


    To'rt qatlamli kremniy kristallaridan iborat p-n-p-n tuzilishidagi yarim o'tkazgichli boshqariladigan diod tiristor deb ataladi. Bunday diodning ikki chetki qatlamlariga biriktirilgan elektrodlari — anod va katod deyilib, ichki baza qatlamidagisi esa boshqaruvchi elektrod deyiladi. 3.31- rasmda a — tiristor tuzilishi, b — uning shartli belgisi va d — umumiy ko'rinishi ko'rsatilgan. Agar anodga katodga nisbatan musbat potensial berilgan bo'lsa, u holda chetki j\ vay3, p-n o'tishlardagi zaryad tashuvchilar to'g'ri, To'rt qatlamli kremniy kristallaridan iborat p-n-p-n tuzilishidagi yarim o'tkazgichli boshqariladigan diod tiristor deb ataladi. Bunday diodning ikki chetki qatlamlariga biriktirilgan elektrodlari — anod va katod deyilib, ichki baza qatlamidagisi esa boshqaruvchi elektrod deyiladi. Agar anodga katodga nisbatan musbat potensial berilgan bo'lsa, u holda chetki j\ vay3, p-n o'tishlardagi zaryad tashuvchilar to'g'ri,


    1. Tiristorli o‘zgaruvchan tok elektr yuritmasi.


    sinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash uchun tiristorlar stator zanjiriga ulanadi. Bunda ular yordamida stator chulg’amlaridagi sinusoidal kuchlanishning amlitudasini (fazali rostlash) yoki chastotani (chastotali rostlash) rostlash mumkin. Har ikkala xolda ham asinxron dvigatelning aylantirish momenti o’zgaradi. Bu aylanishlar chastotasining o’zgarishiga olib keladi.


    Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini tiristorli kuchlanish o’zgartirgichi (TKU) yordamida rostlash sxemasi. TKU ning har bir fazasida ikkita qarama-qarshi (parallel) ulangan tiristor bo’lib, o’zgaruvchan tokning har ikkala yarim davrini o’tkazadi. TKU yordamida kuchlanishni o’zgartirish uchun impul sli faza boshqaruvchi tizim (IFBT) deb ataluvchi qurilma bo’lishi kerak. U ikkita vazifani bajaradi: boshqaruvchi impul sni vujudga keltiradi va uni tarmoq kuchlanishiga nisbatan faza bo’yicha siljitadi. IFBS tiristorli o’zgartirgichning rostlash burchagi a ni 0 dan 180 gradusga o’zgartirish imkonini beradi.
    1. Parallel sxemada ulangan tok zanjirining kuchlanishi U=150(V), I=5(A), IR=3(A) va chastotasi f=50(Gs) teng. Sig‘im parametri C, xamda zanjirda sarf bo‘ladigan to‘la quvvat aniqlansin.




    I IC ~U
    1. O‘zgaruvchan tok chastotasi f = 50 (Gs) bo‘lgan tok zanjirida induktivligi L=5(MGn), toki I = 10(A) bo‘lib, R = 1(KVt) quvvat sarflanadi.


    Umumiy kuchlanish U va quvvat koeffitsienti cos aniqlansin.


    1. Sinxron motorni ishga tushirish sxemasini chizing




    http://fayllar.org
    Download 83,3 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 83,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dvigatelning nominal kuchlanishini tanlash

    Download 83,3 Kb.