|
Qishloq xo’jaligi va mexanizatsiyalash ta’lim yo’nalishi uchun Elektr yuritma va elektronika fanidan yakuniy nazorat savollari
|
bet | 11/16 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 83,3 Kb. | | #112012 |
Bog'liq Elektr yuritma va elektronika fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.orgUyg‘otish qutblari. Statorida doimiy magnitlari bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinalarining quvvati kam bo’ladi, chunki doimiy magnitlar hosil qiladigan magnit maydon ancha zaif bo‘ladi. Hozirgi zamon mashinalarining ko‘pchiligida magnit maydonni o‘zgarmas tokning mahsus elektromagnitlari, ya’ni uyg‘otish qutblari hosil qiladi.O’zgarmas tok mashinasining uyg‘otish qutblari magnitlovchi g‘altakdan 1 va ikkita uchlari 2 bo‘lgan po‘lat o‘zakdan 3 iboratdir. Uncha katta bo‘lmagan mashinalar qutblarining o‘zaklari po‘latdan yasaladi, yirik mashinalarniki esa po‘lat plastinkalardan yig‘iladi. Uyg‘otish qutblari cho‘yan yoki po‘latdan yasalgan 4 staninaning ichki sirtiga maxkamlanadi. Stanina ichi g‘ovak silindr shaklida bo‘ladi. Staniiaga uyg‘otish qutblaridan tashqari podshipnikli shchitlar ham maxkamlanadi. Bu shchitlardan birida cho’tka tutqich turadi.
Parallel uygotishli yoki shunt uygotishli generatorlar
Parallel uyg‘otishli generator. Parallel uyg‘otishli generatorning ishlashi uchun yordamchi tok manbai talab etilmaydi. (6.6 -rasm). Bunday generatorning uyg‘otish cho‘lg‘amida tok o‘z-o‘zidan uyg‘otilish protsessida paydo bo‘ladi. Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorida uyg‘otilish protsessi qanday hosil bo‘ladi. Mashina zavodda tayyorlangandan keyin uning magnit zanjiri magnitlab qo‘yiladi. Buning uchun uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan - ajratilganda stator qutblari o‘zaklarida va yakor o‘zagida kuchsiz magnit maydon qoladi. Mashinaning magnit zanjirida qoladigan kuchsiz magnit maydon qoldiq magnitlanish maydoni deb ataladi. Agar yakor aylantirilsa Fq qoldiq magnitlanish oqimi yakor cho‘lg‘amining parallel tarmoqlarida juda kuchsiz Yek elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchning o‘zi yakorga ulangan uyg‘otish cho‘lg‘ami zanjirida boshlang‘ich tok hosil qilish uchun yetadi.
Elektr mashinalarning xarakteristikalari
Elektr mashina — mexanik energiyani elektr energiyasiga va elektr energiyasini mexanik energiyaga hamda elektr energiyasini boshqacha kuchlanish, tok kuchi, chastotaga ega boʻlgan va boshqalar parametrli elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Ishi elektromagnit induksiya hodisasiga hamda elektr toklari va magnit maydonlarning oʻzaro taʼsirlashuvini belgilaydigan qonunlarga asoslanadi.
Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishda elektrmashina generatori, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda esa elektr dvigatel qoʻllanadi. Bu mashinalar ham generator, ham dvigatel rejimida ishlashi mumkin (yana q. Asinxron elektr mashina, Kollektorli mashina). Tok turini, chastotani, fazalar sonini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun elektr mashina oʻzgartirgichlaridan, elektr mashina kuchaytirgichlaridan, elektr transformatori va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus qurilmalar, mas, magneto, payvandlash generatori, taxometr, tortuvchi elektr dvigatellarni ham Elektr mashina jumlasiga kiritish mumkin. Elektr mashinalar uyroʻzgʻorda, xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida, sanoat va transportda qoʻllanadi.
Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish.
Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim:Motorni ishga tushirish mumkin qadar oson va qo'shimcha qurilmalarsiz bajarilishi lozim, ishga tushirish momenti yetarli darajada katta, ishga tushirish toki esa mumkin qadar kichik boiishi lozim.Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirishda amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi. Stator chulg‘amlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulash, stator chulg'amiga pasaytirilgan kuchlanish berib va rotor chulg‘amiga reostatni ulab ishga tushirish (oxirgisi faza rotorli motorlarda).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qishloq xo’jaligi va mexanizatsiyalash ta’lim yo’nalishi uchun Elektr yuritma va elektronika fanidan yakuniy nazorat savollari
|