• O‘SIMLIGI MAHSULOTINING MIKROSKOPIK TUZILISHI , KIMYOVIY TARKIBI, TIBBIYOTDA, OZIQ-OVQAT SANOATI VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
  • «qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va dorivor o‘simliklar yetishtirish» kafedrasi “tasdiqlayman” «Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va dorivor o‘simliklar yetishtirish»




    Download 0,68 Mb.
    bet5/8
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,68 Mb.
    #110270
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kurs ish

    3-rasm. Oddiy bo‘ymodaron – Achillea millefolium L.
    Oddiy bo‘ymodaronAchillea Millefolium L. astradoshlar —
    Asteraceae (murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi.
    Ko‘p yillik bo‘yi 20—50 (ba’zan 80) sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo‘lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar va poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi bir nechta, tik o‘suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo‘lib, ular qalqonsimon gul to‘plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Gullari savatchaga to‘plangan. Savatchalar o‘z navbatida qalqonsimon to‘p gulni tashkil etadi. Mevasi — yassi, tuxumsimon, kulrang pista (3-rasm).
    Iyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha gullaydi, mevasi avgustdan boshlab yetiladi.
    O‘simlik keng tarqalgan bo‘lib, o‘rmon, o‘rmon-cho‘l va cho‘l hududlarida hamda tog‘li tumanlarda (tog‘ etaklaridagi tekisliklarda, tog‘ yonbag‘irlarda) ochiq yalangliklarda va quruq o‘tloqlar, qirlar, yo‘l yoqalari, o‘rmon chetlari va boshqa yerlarda o‘sadi.

    4.2. ODDIY BO‘YMODARON (ACHILLEA MILLEFOLIUM L.)


    O‘SIMLIGI MAHSULOTINING MIKROSKOPIK TUZILISHI,
    KIMYOVIY TARKIBI, TIBBIYOTDA, OZIQ-OVQAT SANOATI VA
    QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
    Bo‘ymodaron (Achillea millefolium L.) o‘simligi gullaganida (poyasining yuqori qismidan gul va barglari bilan birga) o‘roq bilan o‘rib olinadi.
    Ba’zan ildizoldi to‘pbarglar alohida yig‘iladi. Soya yerda quritiladi.
    Tayyor mahsulot o‘simlikning yer ustki qismidan (poyaning yuqori qismidan, bargdan va gul to‘plamlaridan hamda ba’zan ildiz oldi to‘p barglardan) iborat. Poyasi biroz qirrali, siyrak bargli, kulrang- -yashil tusli bo‘lib, uzunligi 15 sm. Bargi tukli, kulrang-yashil, ikki marta patsimon ajralgan. Barg plastinkasining bo‘lagi (segmenti) lansetsimon yoki chiziqsimon bo‘lib, 3-5 juft tishli bo‘lakchaga qirqilgan. Gullari savatchaga to‘plangan. Savatchalar o‘z navbatida qalqonsimon to‘p gulni tashkil etadi. Savatcha mayda, tuxumsimon, 3-4 mm uzunlikda bo‘lib, tashqi tomonidan o‘rama barg bilan qoplangan.
    Savatcha chetidagi gullar oqish, ba’zan och pushti rangli, tilsimon, o‘rtasidagi gullari esa naychasimon. Mahsulotning o‘ziga xos xushbo‘y hidi va achchiq mazasi bor.
    XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 15%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 3 %, yo‘g‘onligi 3 mm dan oshiq bo‘lgan poyalar 3%, o‘z rangini yo‘qotgan, ya’ni qora va qo‘ng‘ir ranga aylangan poya va barglar 1% dan, teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10 %, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar (qirqib maydalangan mahsulot uchun) 10 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 1 % dan oshiq bo‘lmasligi kerak.
    Buymodaron o‘simligi bargi va gulining mikroskopik tuzilishi tekshiriladi. Ishqor eritmasida qaynatib, yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (4-rasm).
    Epidermis tashqi tomondan to‘lqinsimon ravishda joylashgan kutikula qavati bilan qoplangan. Epidermis hujayralari egri-bugri devorli, ayniqsa bargning pastki tomonidagi epidermis hujayralari ko‘proq egribugri devorli va maydaroq bo‘ladi. Ustisalar 4-5 ta epidermis hujayralari bilan o‘ralgan bo‘lib, bargning yuqori tomoniga nisbatan pastki tomonida ko‘proq uchraydi.


    Download 0,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va dorivor o‘simliklar yetishtirish» kafedrasi “tasdiqlayman” «Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va dorivor o‘simliklar yetishtirish»

    Download 0,68 Mb.