|
-rasm. Bo‘ymodaron bargining tashqi ko‘rinishi
|
bet | 6/8 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #110270 |
Bog'liq Kurs ish4-rasm. Bo‘ymodaron bargining tashqi ko‘rinishi.
A- bargning yuqori epidermisi; B- bargning pastki epidermisi. 1- efir moyli bez; 2- tuklar; 3- tuklarning asos qismi; 4- suv naylari; 5- ajratuvchi yo‘llar.
Barg hap ikkala tomondan 4-7 hujayrali oddiy tuklar va tashqi ko‘rinishi tuxumsimon, yaltiroq efir moyli bezlar bilan qoplangan. Tuklarning asos qismi 4-6 tagacha kalta, oxirgisi juda ham uzun - terminal hujayradan tashkil topgan. Tuklarning oxirgi uzun hujayrasi tezda sinib ketadi. Shuning uchun bargda 4-6 hujayrali asos qismigina qoladi. Efir moyli bezlar murakkabguldoshlar oilasiga xos ravishda tuzilgan. Bezlar 8 (ba’zan 6) ta 3-4 qavat va 2 qator joylashgan efir moyi ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan. Barg tomirlari bo‘ylab yog‘simon moddalari yoki sariq-qo‘ng‘ir rangli donachalari bo‘lgan ajratuvchi yo‘llar joylashgan.
5-rasm. Bo‘ymodaron gullarining tashqi ko‘rinishi.
A- naychasimon gul; B- tilsimon gul; V - o‘rama bargcha; A1- naychasimon va B1 – tilsimon gullarning epidermisi; V1- o‘rama barg to‘qimasi. 1- so‘rg‘ichsimon o‘simta; 2- efir moyli bezlar; 3- efir moy tomchisi; 4- otalik changlari.
Cuvda qaynatib olingan guli xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskop ostida ko‘riladi (5-rasm).
Bunda tilsimon, naychasimon gullar, hamda o‘rama bargchalar alohidaalohida ko‘zdan kechiriladi. Tilsimon gullarning ichki tomonidagi epidermisida mayda so‘rg‘ichsimon o‘simtalar uchraydi, tashqi tomonidagi epidermis hujayralari juda ham egri-bugri devorli bo‘lib, ustki tomonidan qat-qat joylashgan kutikula qavati bilan qoplangan. Naychasimon gullarning hap ikkala tomonidagi epidermis hujayralari juda ham yupqa devorli, tashqi ko‘rinishi to‘lqinsimon bo‘ladi. Tilsimon va naychasimon gullarning to‘qimalarida juda ham mayda druzlarni uchratish mumkin. O‘rama barglar tashqi tomondan oddiy tuklar bilan qoplangan bo‘lib, to‘qimalari qalin devorli cho‘ziq hujayralardan tashkil topgan. Tilsimon, naychasimon gullarda va o‘rama bargchalarda ham efir moyli bezlar uchraydi, lekin ular bargdagiga nisbatan yirikroq bo‘ladi.
Mahsulot tarkibida karotin, K va S vitaminlar, axillein va betonisin alkaloidlari, 0,8 % gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31 % xolin, asparagin, smola, oshlovchi, achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar bo‘ladi.
XI DFga ko‘ra mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori 0,1% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Efir moyi tarkibida 1-4 % gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish vaqtida proxamazulendan hosil bo‘ladi), tuyon, kamfora, borneol, kariofillen, 10 % gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor.
Mahsulotning dorivor preparatlari me’da-ichak (me’da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatning yallig‘lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon tuxtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to‘xtatish uchun ishlatiladi.
Suyuq ekstrakt, damlama, yer ustki qismi kukuni (poroshogi). Mahsulot ishtaha ochish, qon oqishini to‘xtatish uchun va me’da-ichak kasalliklarida ishlatiladigan yig‘malar- choylar tarkibiga kiradi.
O‘zbekistonning (Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarining) tog‘li tumanlarida keng tarqalgan bo‘ymodaron turi – -tubulg‘ibarg bo‘ymodaron to‘liq o‘rganildi, unga vaqtincha farmakopeya maqolasi tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini Dori vositalari va tabiiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan VFM tasdiqlandi.
Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tubulg‘ibarg bo‘ymodaronning gulini peshob (siydik) xaydovchi, qon oqishini to‘xtatuvchi va yaralarni bitiruvchi vosita sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat berdi.
|
| |