• Havoning o‘rtacha sutkalik harorati va yog‘inlar miqdori (Andijon ob-xavo markazi ma’lumotlari)
  • Tajriba dalasi tuprog‘ida gumus va ozuqa elementlar muqdori
  • IV. ASOSIY QISM: 4.1. BO‘YMODARON (ACHILLEA) O‘SIMLIK TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA GEOGRAFIK TARQALISHI
  • 1-rasm. Dastarbosh bo‘ymodaron — Achillea filipendulina Lam.
  • 2-rasm. Bibershteyn bo‘ymodaroni — Achillea Bieeersteinii S.
  • III. TADQIQOT OLIB BORILGAN JOYNING TUPROQ VA IQLIM SHAROITI




    Download 0,68 Mb.
    bet4/8
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,68 Mb.
    #110270
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kurs ish
    Chastota o\'zgartirgich, yaxudiylik, majmua inson huquqlari tayyor, Fanlardan qayta o\'zlashtirish (2), Номенклатура папкалари 2024, obuchenie v belarusi
    III. TADQIQOT OLIB BORILGAN JOYNING TUPROQ VA IQLIM SHAROITI
    Tadqiqot natijalari bevosita sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha tadqiqotlar bevosita dala sharoitida olib borilgani sababli, tashqi muhitning ta’siri ham o‘rganiladi.
    Tadqiqotni olib borishda tajriba maydonining iqlim va tuproq sharoitlarini o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Tadqiqotni bajarish sharoitini o‘rganish bilan bir qatorda uning uslubini ham to‘g‘ri tanlab olish lozim. Chunki, tadqiqot uslubi tadqiqotchi uchun asosiy qo‘llanma vazifasini o‘taydi.
    Tajribalar Andijon qishlok xujalik instituti o‘kuv ilmiy ishlab chikarish xujaligi sharoiti 2017-2018 yillar davomida o‘tkaziladi. Bu xujalik Andijon viloyatining Andijon tumani xududida, Qoradaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgandir. Bu mintaqaning iqlimi keskin kontinental bo‘lib, eng yuqori xarorat iyul oyida +43 0S gacha, minimal xarorat yanvar oyida bo‘lib, -25 0S gacha sovuq bo‘ladi. Yillik yogin miqdori o‘rtacha 220-240 mm ni tashkil etadi (3.1-jadval).
    3.1-jadval
    Havoning o‘rtacha sutkalik harorati va yog‘inlar miqdori
    (Andijon ob-xavo markazi ma’lumotlari)

    Yillar

    Oylar




    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    12




    Havoning o‘rtacha sutkalik harorati, S 0




    2017

    2,9

    6,1

    10,0

    15,7

    22,3

    26,7

    27,3

    26,3

    21,5

    12,7

    8,4

    1,5














    2018

    2,0

    1,6

    11,8

    16,2

    20,4

    27,0

    28,4

    -

    -

    -

    -

    -




    Yog‘inlar miqdori, mm.










    2017

    33

    15

    74

    23

    13

    18

    3

    2

    1

    24

    31,7

    44,5

    2018

    16

    33

    33

    14

    40

    22

    3

    1

    5

    21

    -

    -




    Nisbiy namlik, %










    2017

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    66

    75

    81

    2018

    77

    83

    80

    72

    50

    50

    50

    -

    -

    -

    -

    -

    Jadvalda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘yicha tajriba o‘tkazilgan yili, 2017 yil kuz oylarida o‘rtacha harorat kuzgi bug‘doy urug‘larini unib chiqishi va maysalashi uchun qulay bo‘lganini ko‘rish mumkin. 2018 yil bahor oylarida ham harorat o‘simlikni keyingi rivojlanish davrlari o‘tishi uchun qulay bo‘ldi.
    Ammo yog‘inlar miqdorining kamligi va havoning nisbatan quruqligi ekinlardan yuqori hosil olish uchun sun’iy sug‘orish o‘tkazishni talab etadi. Tuproqlari o‘tloqi botqoq tuproklar tipida bo‘lib kadimdan sug‘orilib kelinadi. Yer osti suvlari chuqurligi 1,2-1,5 m ni tashkil kiladi. Tuproqlari mexanik tarkibi bo‘yicha og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi tuproqlardir. Tuproqning agrofizik xususiyatlari 1 m qatlamda quyidagicha: solishtirma og‘irligi 2,5-2,6 g/sm3, xajm o`irligi 1,33-1,35 g/sm3, suv sig‘imi (CHDNS gan nisbatan) 24,5-25 % o`irlikka nisbatan.
    Tajriba dalasining agrokimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida tajriba o‘tkazilgan daladan, tajriba qo‘yishdan oldin tuproqning 0-30 va 30-50 smli qatlamidan diagonal bo‘yicha 5 nuqtadan tuproq namunalari olindi. Tajriba dalasi tuprog‘ining dastlabki agrokimyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (3.2-jadvalda) keltirilgan.
    3.2-jadval Tajriba dalasi tuprog‘ida gumus va ozuqa elementlar muqdori

    Tuproq chuqirligi, sm

    Gumus,
    %

    Umumiy shakllari, %

    Harakatchan shakllari, mg/kg

    N

    P

    K

    N-NO3

    P2O5

    K2O

    0-30

    0,89

    0,070

    0,120

    1,85

    19,2

    28,8

    270

    30-50

    0,75

    0,058

    0,110

    1,75

    12,0

    20,7

    230

    Olingan ma’lumotlarga qaraganda, tadqiqotlar o‘tkazilgan dalaning
    0-30 sm tuproq qatlamida chirindi miqdori 0,89 % ni, umumiy azot miqdori 0,070 % ni, umumiy fosfor miqdori 0,120 % ni va umumiy kaliy miqdori 1,85 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 30-50 sm qatlamda ushbu ko‘rsatgichlar, chirindi 0,75, umumiy azot 0,058 %, umumiy fosfor 0,110 % ni umumiy kaliy 1,75 % oralig‘ida bo‘ldi. Oziqa elementlarini harakatchan shakllari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga qaraganda tuproqning haydalma qatlamida nitratli azot miqdori 19,2 mg/kg, harakatchan fosfor 28,8 mg/kg va harakatchan kaliy 270 mg/kg ni, haydalma osti qatlamida esa mos ravishda 12,0 mg/kg, 20,7 mg/kg va 230 mg/kg atrofida bo‘lganligi aniqlandi (3.2jadvalda).
    IV. ASOSIY QISM:
    4.1. BO‘YMODARON (ACHILLEA) O‘SIMLIK TURLARINING
    BOTANIK TAVSIFI VA GEOGRAFIK TARQALISHI
    Oila –Qoqo‘tdoshlar – Asteraceae Dumort.
    Turkum – Bo‘ymodaron – Achillea L.
    Qoqo‘tdoshlar Asteraceae oilasi eng katta oila bo‘lib, unga 13000 ga yaqin turkumga mansub 25000 tur kiradi. O‘zbekistonda 121 turkumga oid 566 tur kiradi. Hayotiy shakliga ko‘ra oilada bir va ko‘p yillik o‘tlar ustunlik qiladi. Qoqio‘tdoshlar oilasiga kiruvchi turlarning savatchasi, asosan naychasimon gullardan iborat.
    Buymodaron Achillea turkumiga mansub bo‘lib, bu turkumga 100 tur kiradi. O‘zbekistonda 5 turi o‘sadi. Turkumning hamma turlari dorivor hisoblanadi. Ular asosan tog‘ yon bag‘larida, adirlarda o‘sadi.

    1-rasm. Dastarbosh bo‘ymodaron — Achillea filipendulina Lam.
    Dastarbosh bo‘ymodaron — Achillea filipendulina Lam. — _Barglari ralami — nashtarsimon, oddiy yoki ikki marta patsimon qirqilgan. Kup yillik ildizpoyali o‘simlik. Poyasi 20—40 sm, juyakli, qirrali, sertuk. Tilsimon gullari 4—5(6) tadan. May— avgust oylarida gullab, meva beradi (1-rasm).
    Cho‘l va adirlarda, tog‘ yonbarirlarda, daryo o‘zanlari va yoqalarida o‘sadi. Toshkent, Samarkand, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Farrona, Jizzax viloyatlarida tarkalgan.

    2-rasm. Bibershteyn bo‘ymodaroni — Achillea Bieeersteinii S.
    Bibershteyn bo‘ymodaroni — Achillea Bieeersteinii S. Afan.
    Poyasi 70—100 sm, yuron, pastki qismi chalin och tuklar bilan choplangan, ustki chismi tuksiz. May-avgust oylarida gullab, meva beradi.
    Ko‘p yillik o‘simlik (2-rasm).
    Adir va tog‘larda, bo‘z tuproqli, mayda zarrachali va toshloq yonbagirlarda, daryo o‘zanlarida o‘sadi. O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarida tarqalgan.


    Download 0,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. TADQIQOT OLIB BORILGAN JOYNING TUPROQ VA IQLIM SHAROITI

    Download 0,68 Mb.