|
ahamiyati.................................................................................................18
|
bet | 2/8 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #110270 |
Bog'liq Kurs ishahamiyati.................................................................................................18
Oddiy bo‘ymodaron (Achillea millefolium L.) o‘simligini
yetishtirish agrotexnikasi.................................................................23
Xulosa.......................................................................................................26
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................................27
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5
avgustdagi “Dorivor o‘simliklar asosidagi dori vositalarini va biologik faol qo‘shimchalarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 32-sonli majlis qarori ijrosini ta’minlash maqsadida fan va o‘quv yurtlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘.S. Ismailov tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kirgan barcha oliy tibbiyot va farmasevtika o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus tibbiyot va farmasevtika muassasalarida joriy yilning 25 avgustiga qadar fitobarlar ochilishi ta’minlanishi to‘g‘risida qarori ishlab chiqildi [1].
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yil 16 yanvarda o‘tkazilgan “O‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6-son yig‘ilishi qarorining 3-bandi va 2017 yil 24 yanvarda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy xom ashyo va dorivor o‘simliklar asosida import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh dori vositalarni ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da qarori imzolandi [2].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagiO‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi PF-4947-son Farmonida 2018—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillardan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish to‘g‘risida ilmiy-amaliy ishlar ko‘rib chiqildi [5].
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27-yanvardagi 63-son qarori bilan qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga imtiyozlar joriy etildi [4].
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14 fevraldagi № PP-3532 sonli «Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamkor mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan [3].
Ushbu tadbirda ma’lum qilinishicha, hozir O‘zbekistonda 4 ming turdagi o‘simlik o‘sayotgan bo‘lsa, ularning 500 tasi dorivor hisoblanadi va atigi 61 tasi tibbiy maqsadlarda madaniy shaklda yetishtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2017 yil 16 yanvarda o‘tkazilgan 6-son yig‘ilishi qarorining “O‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan [2].
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng farmasevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshlandi. Dastlab respublikamizda dorivor o‘simlikshunoslik dehqonchiligini rivojlantirish maqsadida 1991-yil 31-dekabr Vazirlar mahkamasining 171-F sonli qarori bilan “Shifobaxsh” IICHM tashkil etildi. Uning tarkibida 5 ta ixtisoslashgan (Namangan viloyati Pop tumanidagi Abu Ali ibn Sino, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi Yo‘ldosh Oxunboboyev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Hisor”, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Yakkabog‘” va Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi) davlat o‘rmon xo‘jaliklari birlashtirildi. Bu xo‘jaliklar shu kungacha farmasevtika ishlab-chiqarish sanoatini dorivor o‘simliklar xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini imkon qadar ta’minlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir.
Hozirgi vaqtgacha mamlakatimizning ixtisoslashgan fermer, o‘rmon, dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi ho‘jaliklarida dorivor o‘simliklarni, ularni o‘stirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda.
Mazkur o‘simlik ekin maydonlarini barpo etish va agrotexnik chora tadbirlarini o‘rganish o‘z navbatida farmasevtika sanoatini o‘simlik xomashyosiga bo‘lgan talabni ma’lum miqdorda qondiradi.
Shu maqsadda, kurs ishiining obekti sifatida oddiy bo‘ymodaron (Achillea millefolium L.) o‘simligi ilmiy ob’yekt sifatida tanlab olindi.
|
| |