-§. Elektr qurilmalarni nollashda xavfsizlik talablari




Download 32.39 Kb.
bet7/15
Sana02.03.2022
Hajmi32.39 Kb.
#18276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
konstitut
Buxoro davlat universiteti, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, 11-Maruza, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)
2-§. Elektr qurilmalarni nollashda xavfsizlik talablari
61. Elektr tarmoqni nolga ulash (nollash) orqali xodimlar xavfsizligi va elektr qurilmalarning himoyasini ta’minlashi kerak.
62. Elektr qurilmalar metall qismlarini yerga ulash amali maxsus ko‘p tolali mis sim yoki po‘lat trosslar yordamida bajariladi.
63. Elektr qurilmalarni nollash tadbirlari quyidagi hollarda bajariladi:
o‘zgaruvchan tokning kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan hollarda — barcha elektr qurilmalarida;
o‘zgaruvchan tokning kuchlanishi 42 V dan 380 V gacha — o‘ta xavfli xonalarda.
O‘zgaruvchan tokning 42 V gacha va o‘zgarmas tokning 110 V kuchlanishgacha bo‘lgan nominal qiymatlarida nollash va yerga ulash tadbirlarini o‘tkazish shart emas, xavfli hududda joylashgan va elektr payvandlovchi qurilmalar bundan mustasno.
64. Nollash tadbirlari quyidagilar uchun o‘tkaziladi:
elektr asboblar, elektr yoritqichlarning korpuslari;
ma’lumotlarni uzatish tizimi, qabul-nazorat uskunasi, elektr hisoblash mashinalari, xabarchi qurilmalarning metall korpuslari;
metall elektr shchitlar, metall yenglar va boshqa elektr qurilmalar;
nazorat va o‘lchash qurilmalarining metall korpuslari.
65. Mazkur Qoidalar talablariga javob beradigan nollash amallarini bajarish bo‘yicha texnik imkoniyat bo‘lmaganda, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalaridan texnik foydalanish ishlarini izolatsiyalovchi maydonchalardan turib o‘tkazish mumkin.
66. Izolatsiyalovchi maydonchalar shunday tuzilganki, nolga ulanmagan qismlar bilan kontakt faqat shu maydonchada amalga oshiriladi.
67. Har bir yerga ulash tuzilmasi o‘zining pasportiga ega bo‘lib, unda yerga ulash sxemasi, asosiy texnik ko‘rsatkichlar, ta’mirlov ishlari va o‘zgartirishlar haqida (har 3 yilda bir marta) to‘la ma’lumot bo‘lishi kerak.
68. Tabiiy yerga ulash tizimlari sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
erdagi suv quvurlari va boshqa metall quvurlari (gaz, yonilg‘i, qorishmali quvurlar bundan mustasno);
inshootlarning yerga tegib turuvchi metall qismlari va temir-beton konstruksiyalari;
gidrotexnik qurilmalarning metall shpuntlari, suv zaxiralari;
erdagi kabellarning qo‘rg‘oshin qobiqlari.
69. Tabiiy yerga ulash tizimi sifatida alyuminiy qobiqli kabellarni ishlatish mumkin emas.
70. Sun’iy yerga ulagichlar sifatida po‘lat sim yoki to‘rtburchak o‘tkazgichlar (polosa) ishlatiladi. Sun’iy yerga ulagich bo‘yalmagan bo‘lishi kerak.
71. Yerga ulagichlarning diametri 10 mm dan kam bo‘lmagan metall qoziqlardan iborat bo‘lishi kerak.
72. Yerga ulash va nollash himoya o‘tkazgichlari sifatida quyidagilar ishlatiladi:
maxsus o‘tkazgichlar;
poydevorlarning qurilmalaridagi armaturalar;
inshootlarning metall konstruksiyalari;
elektr tarmoqlarning po‘lat quvurlari;
kabellarning alyuminiy qobiqlari;
ochiq joylarda yotqizilgan suv quvurlari va boshqa metall quvurlari (gaz, yonilg‘i quvurlar bundan mustasno);
metall qutilar va elektr qurilmalarning tagliklari.
73. Asosiy tarmoqdagi yerga ulash o‘tkazgichlari qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini nazorat qilish va boshqarish xonalarida va ustaxonalarda qalinligi 3 mm hamda kesim yuzasi 24 mm2 dan kam bo‘lmagan po‘latdan ishlangan bo‘lishi kerak.
74. Nollash himoya o‘tkazgichlarini bir-biriga ulashda payvandlash usulidan foydalanish kerak.
75. Bunda ulanish joylarining zanglashi va o‘tkazish xususiyatini susayishiga qarshi tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
76. Nollash himoya o‘tkazgichlarini qurilmalarga ulashda payvandlash yoki boltli ulash usullaridan foydalanish kerak.
77. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarining muntazam demontaj qilinib turiladigan nollash qismlari egiluvchan o‘tkazgichlardan yasalishi kerak.
78. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari va boshqa elektr qurilmalarda yerga ulagichlar sifatida oddiy biriktiradigan bolt, mix va vintlarni ishlatish mumkin emas.
79. Elektr qurilmalarning temir korpusi bilan yerga ulangan bolt orasidagi qarshilik 2 Om dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
80. Elektr qurilmaning har bir nollash qismi nollash manbaining alohida tarmog‘iga ulanishi kerak. Nollash qismlarini ketma-ket ulash man etiladi.
81. Inshootlarda kiritilayotgan yerga ulagich o‘tkazgichlarning o‘rnida ma’lum belgilar qo‘yilishi kerak.
82. Nolga ulash himoya o‘tkazgichlar sifatida bir fazali va o‘zgarmas tokli ko‘chma elektr qabul qilgichlarga ulangan ishchi simlarini ishlatish man etiladi. Bunda elektr qabul qilgichlarni nollash uchun maxsus tarmoqlangan shchit yoki qutida nolinchi himoya o‘tkazgich yoki nolinchi ishchi simga ulangan uchinchi o‘tkazgich ishlatilishi kerak.
83. Nollash himoya o‘tkazgichlari zanjirida uziladigan saqlagich va tuzilmalar bo‘lmasligi kerak.

Download 32.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 32.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Elektr qurilmalarni nollashda xavfsizlik talablari

Download 32.39 Kb.