-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilishda xavfsizlik qoidalari




Download 32.39 Kb.
bet8/15
Sana02.03.2022
Hajmi32.39 Kb.
#18276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
konstitut
Buxoro davlat universiteti, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, 11-Maruza, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)
3-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilishda xavfsizlik qoidalari
84. Har bir tashkilotda elektr qurilmadan foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida texnik hujjat bo‘lishi kerak. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
ishlarni qabul qilish dalolatnomalari;
tasdiqlangan loyiha hujjatlari;
elektrotexnik kommunikatsiyalar sxemalari;
xabar beruvchi jihozlar va asboblarning pasportlari;
himoyalash vositalarining hujjatlari.
85. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari maxsus tasdiqlangan jadval-loyiha bo‘yicha olib borilishi kerak. Zaruriyat bo‘lgan tashkilot rahbariyati va muhandis-texnik xodimlar tarkibining farmoyishi bilan navbatdan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish lozim.
86. Jihozlar blok ko‘rinishida bo‘lsa, ularni uzaytiruvchi shlanglar bilan ulash va ko‘chma o‘lchov qurilmalarga ulash amallari kuchlanishni uzib qo‘yib yoki 42 V dan oshmagan kuchlanish ostida bajariladi. Uzaytirish shlanglari mixsimon va uyasimon ulagichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
87. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari, qabul-nazorat uskunasi, xabarchi, signal, ovoz beradigan qurilmalarni metall korpuslari (shaxsiy ta’minlov manbasiga ega bo‘lgan o‘zgarmas tokining 110 V va o‘zgaruvchan tokining 42 V kuchlanishli qurilmalardan tashqari) yerga ulanishi kerak.
88. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarining havo tarmoqlari mavjud bo‘lgan xonalarda abonent himoya vositasi o‘rnatilishi kerak.
89. Iqlim sharoitlari yomon bo‘lganda (6 balli kuchli shamol, bo‘ron, qor, yomg‘ir va boshqa hollarda) havo tarmoqlarida va yuqori balandlikda montaj ishlarini bajarish man etiladi.
90. Ushbu iqlim sharoitlarining biri yuzaga kelganda montaj ishlari to‘xtatilishi lozim.
91. Inshootlarning shishadan yasalgan qismlari, oyna, derazalarga qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish vaqtida xalaqit berayotgan jihozlar chetga olib qo‘yilishi kerak.
92. Devor va to‘siqlarda maxsus tirqishlarni parmalash amallarini bajarishda shu devor va to‘siq orqasidan o‘tayotgan odamlar ogohlantirilishi kerak.
93. Devorlarni teshishda devor ichidan o‘tkazilgan elektr tarmoq simlarni uzib qo‘ymaslik uchun xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak. Bu amallarni bajarishda shishasi sinmaydigan himoya ko‘zoynaklar va qo‘lqoplardan foydalanish kerak.
94. Yerto‘lalardan kollektorlarga olib boruvchi yo‘laklarning devorlariga to‘siq (blokirovka) qo‘yganda issiqlik, gaz quvurlari, elektr kabellari va boshqa kommunikatsiyalarga shikast yetkazmaslik tadbirlarini amalga oshirish kerak.
95. Signal chiroqlarni xonalardan tashqarida o‘rnatishda atrof-muhit talablariga mos ravishda yorug‘lik beruvchi armatura ishlatiladi.
96. Montaj qilishda armaturasiz yoritish chiroqlarini qo‘llash man etiladi.
97. Qurilmadagi signal chiroqlarini almashtirish paytida yerga ulangan temir qismlarga qo‘l tekkizish man etiladi.
98. Saqlagichning eruvchan qismlarini almashtirish tadbirlarini elektr xavfsizligi bo‘yicha malaka guruhi III dan past bo‘lmagan shaxs bajarishi kerak. Eruvchan saqlagich o‘rniga simdan yasalgan nostandart saqlagichlar o‘rnatish man etiladi.
99. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarining ichki jihozlarini montaj qilish, tozalash va ta’mirlashda kuchlanish uzib qo‘yilishi kerak.
100. O‘chirish-yoqish (qayta ulash) shchitlarida krosslash amallarini bajarishda izolatsiyalangan asbob-jihozlardan foydalanish kerak.
101. Payvand amalini bajarayotganda prujinalarni qaytarish va tebranish jarayonida paydo bo‘ladigan qalayni qoqish man etiladi. Ortiqcha qalayni payvandlagichning maxsus tovachasiga olish kerak.
102. Signal qismini kislota yordamida payvandlab bo‘lgandan so‘ng, payvand joyini soda eritmasi bilan neytrallash va qo‘llarni sovun bilan yuvish kerak.
103. Telefon stansiyalar yoki maxsus xonalarning krosslarida o‘rnatilgan qayta ulagichlarning oldingi va orqa tomonida 0,75 m kenglikdagi dielektrik gilamchalari bo‘lishi kerak.
104. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligi uchun krossning o‘tkir uchlariga maxsus moslama kiydirilgan bo‘lishi kerak.
105. Hudud chegarasi (perimetral) xabardor qilish vositalarining barcha temir jihozlari (blok, kronshteyn, javon) yerga ulangan bo‘lishi kerak.
106. Hudud chegarasi xabardor qilish vositalarining tarmoqlangan qismida ish bajarishdan oldin kuchlanish qoldig‘i yo‘qligini tekshirish lozim.
107. Izolyatorlarni chang, qurum va shu kabilardan qo‘lqoplar yordamida tozalash kerak.
108. Hudud chegarasi xabardor qilish vositalarida ish bajarishda faqat kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan elektr asboblardan foydalanish kerak.
109. Alohida hollarda, kuchlanishi 127 va 220 V bo‘lgan elektr asboblaridan dielektrik vositalar (qo‘lqoplar, etikchalar, gilamchalar) bilan birga foydalanishga ruxsat etiladi, bunda elektr asboblar qobiqlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
110. Devor ustida o‘rnatilgan hudud chegarasi xabardor qilish vositalari bilan ishlashda ikki yoqqa ochiladigan narvondan foydalanish kerak.
111. Devor ustiga chiqib ishlash man etiladi.
112. Mexanik darvozalarni qo‘riqlashdan xabardor qilish vositalari bilan jihozlashda va ta’mirlashda elektr tarmoq uzilib qo‘yilishi va “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan taqiqlovchi plakatlar osilgan bo‘lishi lozim.
113. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini nazorat qilish va boshqarish xonasi va ustaxonasida elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan himoya vositalari to‘plami bo‘lishi kerak.

Download 32.39 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 32.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilishda xavfsizlik qoidalari

Download 32.39 Kb.