• 6-§. Kasbiy tanlov
  • -§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash




    Download 32.39 Kb.
    bet4/15
    Sana02.03.2022
    Hajmi32.39 Kb.
    #18276
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    konstitut
    Buxoro davlat universiteti, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, 11-Maruza, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)
    5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
    19. Xodimlarni xavfli va zararli omillardan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
    20. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) xavfli va zararli omillar xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
    21. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
    22. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
    23. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
    6-§. Kasbiy tanlov
    24. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
    25. Xodimlar tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
    26. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
    27. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.

    Download 32.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 32.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash

    Download 32.39 Kb.