• VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
  • -§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini ta’mirlash ishlarini bajarishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari




    Download 32.39 Kb.
    bet14/15
    Sana02.03.2022
    Hajmi32.39 Kb.
    #18276
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    konstitut
    Buxoro davlat universiteti, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, 11-Maruza, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)
    2-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini ta’mirlash ishlarini bajarishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
    182. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini ta’mirlovchi usta-xodimlarning ish stollari linoleum (plastik) yoki boshqa silliq sirt bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Bunda shisha oynalarni qo‘llash man etiladi. Ish stoli ustida qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarining biror qismlari shikast yetmasligi uchun rezina tagcharmli gilamchalarni qo‘llash kerak.
    183. Ish stollari ustida kuchlanishga ulab qo‘yilgan ulagichlar, klemma-qisqichlar va boshqa elektromontaj qismlarni ochiq qoldirish man etiladi.
    184. Ustaxonadagi har bir ish joyida rezina gilamchalar bo‘lishi kerak.
    185. Ta’mirlash joylari yorituvchi chiroqlar va harakatchan noshaffof reflektorlarga ega bo‘lishi kerak.
    186. Metall qoplamali va harakatchan kronshteynli chiroqlar yerga ulangan tuzilmalarga yaqin bo‘lsa, ular yerga ulangan yoki 42 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanish ostida bo‘lishlari kerak.
    187. Ta’mirlanayotgan jihozlar va o‘lchov-nazorat qurilmalarining metall qismlari yerga ulangan bo‘lishi kerak.
    188. Asboblarni tozalash uchun etil benzinini ishlatish man etiladi.
    189. Qurilmaning sxema qismlarini payvandlash amallarini faqat o‘chirilgan qurilma ustida bajarish mumkin.
    190. Kontaktlarni tozalash, rele o‘rnatish yoki almashtirish amallari faqat kuchlanish manbai uzilgandan keyin bajarilishi kerak.
    191. Elektron qurilmalarni ta’mirlov va yig‘uv amallarini bajarayotganda ularning elektrolit kondensatorlariga ortiqcha kuchlanish berish man etiladi.
    192. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarining qismlarini, datchiklarni, qabul-nazorat uskunasi, ulagichlarni almashtirish yoki ta’mirlash faqat kuchlanish uzib qo‘yilganda bajariladi.
    193. Videokuzatuv qurilmalarida ta’mirlov amallarini kamida 2 kishi bajarishi kerak, ulardan birining elektr xavfsizligi bo‘yicha malaka guruhi III-guruhdan past bo‘lmasligi kerak.
    VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
    Oldingi tahrirga qarang.
    194. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish ishlarini bajarishda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
    (194-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    195. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
    (195-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

    Download 32.39 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 32.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini ta’mirlash ishlarini bajarishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari

    Download 32.39 Kb.