-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalaridan texnik foydalanishda xavfsizlik talablari




Download 32.39 Kb.
bet9/15
Sana02.03.2022
Hajmi32.39 Kb.
#18276
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
konstitut
Buxoro davlat universiteti, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, 11-Maruza, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)
4-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalaridan texnik foydalanishda xavfsizlik talablari
114. Tashkilotlarda qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalaridan texnik foydalanayotgan xodim ularni ishlatish tartibini yaxshi bilishi kerak.
115. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalaridan foydalanishda, xodim avval ularni tashqi ko‘rikdan o‘tkazib, sozligini tekshirib ko‘rishi lozim.
116. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarida nosozliklar aniqlanganda, xodim darhol tashkilot rahbariga axborot berib, signalizatsiya vositalarini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yishi va texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimni chaqirishi hamda maxsus jurnalga qayd etishi shart.
117. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalaridan texnik foydalanayotgan xodimga asossiz signalizatsiya vositalarini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish, ochish va nosozliklarni o‘z kuchi bilan tuzatish man etiladi.
118. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari va elektr qurilmalaridan texnik foydalanish amallari texnologik xaritalar va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar asosida bajarilishi lozim.
119. O‘ta yuqori chastotali radioto‘lqin xabarchi tuzilmalarning texnik foydalanish bilan bog‘liq ishlarda GOST 12.1.006 talablariga rioya qilish kerak.
120. Xodimlar ish joylarining elektromagnit maydon ko‘rsatkichi GOST 12.1.006 talablariga muvofiq 0,1 Vt/m2 dan yuqori bo‘lmasligi va kun mobaynidagi nurlanish sohasi 30 MGts dan 300 GGts gacha bo‘lishi kerak.
121. Radioto‘lqinli xabarchi tuzilmalar bilan ishlaganda quyidagilar man etiladi:
1 m dan kam bo‘lmagan masofada odam yuziga nurlantiruvchi energiya oqimini yo‘naltirish;
yuqori chastotali trakt va antennalarni xabarchi tuzilma kuchlanishini uzmasdan ta’mirlash.
122. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari, nazorat-o‘lchov asboblari va boshqa qurilmalar joylanadigan javonlar ochiladigan eshikchalarga ega bo‘lishi va javonlarning balandligi 2 m dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
123. Ish vaqtida yaroqsiz, shikastlangan jihozlarni, himoya vositalarini qo‘llash man etiladi.
124. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari tarmog‘i va shleyflari elektr tarmoqdan uzilgandan keyin, ta’mirlashdan oldin ularda kuchlanish qoldig‘i yo‘qligini tekshirish kerak.

Download 32.39 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 32.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalaridan texnik foydalanishda xavfsizlik talablari

Download 32.39 Kb.