• 10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
  • III. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
  • -§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar




    Download 32.39 Kb.
    bet6/15
    Sana02.03.2022
    Hajmi32.39 Kb.
    #18276
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    konstitut
    Buxoro davlat universiteti, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, 11-Maruza, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)
    9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
    44. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Havoni mo‘tadillash, isitish va shamollatish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
    45. Bino va inshootlarning ishlab chiqarish xonalarida havodagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0046-95 “Gigiyenik normativlar. Ish hududi havosida zararli moddalarning ruxsat etilgan eng ko‘p miqdorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
    10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
    46. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
    47. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
    48. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
    III. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
    1-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
    49. Tashkilotda elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
    50. Mazkur Qoidalarga asosan elektr xo‘jaligiga mas’ul shaxs tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan tayinlanishi va ular kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalari uchun IV-malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak. Bu shaxs tashkilotda elektr xo‘jaligining umumiy holati uchun mas’ul hisoblanadi.
    51. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini elektr tarmog‘iga ulash tashkilotning elektr xo‘jaligiga mas’ul shaxs ishtirokida bajariladi.
    52. Elektr xo‘jaligiga mas’ul shaxs ishtirokisiz elektr uskunalaridan foydalanish man etiladi.
    53. Shtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud bo‘lmagan tashkilotlarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi elektrotexnik xodimni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
    54. Ko‘chma qo‘l lampalarini ishlatganda uning kuchlanishi 36 V dan oshmasligi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, alohida noqulay sharoitlarda, namlik bo‘lgan va tor xonalarda hamda shunga o‘xshash boshqa holatlarda qo‘l lampalaridagi kuchlanish 12 V dan oshmasligi kerak.
    55. Barcha elektr uskunalari soz holatda saqlanishi, yaxshi mahkamlangan bo‘lishi, chang va iflosliklardan muntazam tozalab turilishi kerak.
    56. Qopqoqsiz shtepsel rozetkalari va vilkasiz simlar yordamida qurilmalarni yoqish man etiladi.
    57. Tashkilot elektr xo‘jaligida yuqori elektr kuchlanish ostida bo‘lgan qurilmalar bilan ishlashda himoya vositalarisiz ishlash qat’iyan man etiladi.
    58. Elektr kuchlanish ta’sirida bo‘lgan elektr qurilmalarining izolatsiya qilinmagan qismlariga xodimlarning tasodifan tegib ketishi xavfini oldini olish maqsadida qurilmalar to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilishi kerak.
    59. Izolatsiyaning buzilishi oqibatida elektr qurilmaning korpusi kuchlanish ostiga tushib qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanishlardan saqlash uchun elektr qurilmalarning metall qismlari yerga ulangan yoki nollangan bo‘lishi shart.
    60. Elektr dastgohlar, elektr dvigatellar qoplamalari, metall qismlar yerga ulangan bo‘lishi kerak.

    Download 32.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 32.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar

    Download 32.39 Kb.