dekart koordinatalar sistemasida silindrlarning o'qi Oz o'qidan iboratdir. Bu dekart
koordinatalar sistemasida konsentrik silindrlar tenglamasi X*+Y*=Ro* ko'rinishda
bo'ladi.
Sferik koordinatalar sistemasi
Fazoda sferik koordinatalar sistemasini kiritish uchun Oxyz —Dekart koordinatalar
sistemasi kiritilgan deb hisoblab, berilgan M nuqta uchun markazi koordinata boshida
bo'lgan va radiusi P+[OM] ga teng bo'lgan sferani qaraymiz. Berilgan M nuqtaning
Oxy tekisligiga proeksiyasini М' bilan, OM vektor va O z o'qi orasidagi burchakni Fi
bilan, OM” vektor va O x o’qi orasidagi burchakni Alfa bilan belgilaymiz.
Burchaklami aniqlashda Fi burchak shunday tanlanadiki, O z o‘qining musbat
yo'nalishi tomonidan qaraganimizda, Ox o’qini OM’ nur bilan ustma-ust tushirish
uchun soat mili yo'nalishiga qarshi yo'nalishda Fi burchakka burish kerak. Yuqorida
aniqlangan Po, Fi,Alfa kattaliklar M nuqtaning sferik koordinatalari deyiladi. Bunga
sabab, fazoning koordinatalari Ro=Const tenglamani qanoatlantiruvchi nuqtalari
to'plami sferani tashkil qiladi. Fazoning har bir nuqtasi radiusi koordinata boshidan
shu nuqtagacha bo'lgan masofaga teng bo'lgan sferada yotadi. Nuqtaning dekart
koordinatalari bilan sferik koordinatalari orasidagi bog'lanish quyidagicha bo'ladi:
Odatda fazo nuqtalari bilan ularning sferik koordinatalari orasidagi moslik o'zaro bir
qiymatli bo'lishi uchun chegaralar qo'yiladi. Fazoda sferik koordinatalar sistemasini
kiritganimizda fazo markazi bitta nuqtada bo'lgan sferalarga ajraladi. Agar nuqtaning
sferik koordinatalari Ro,Fi,alfa bo'lsa, u yotgan sferaning radiusi Ro ga teng boiadi.
Bu masofa nuqtadan koordinatalar boshigacha bo'lgan masofaga tengdir. Nuqta Ro
radiusli sferada yotgan bo'lsa, Fi va Alfa burchaklar uning sferadagi vaziyatini
aniqlaydi.