• Kichik shamol energetikaning iqtisodiyoti
  • О‘zbekistonda shamol energetikaning potensiali
  • Nazorat savollari
  • Qurilmalarning konstruksiyalari




    Download 1.26 Mb.
    bet4/4
    Sana20.04.2023
    Hajmi1.26 Mb.
    #52931
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Meliboyev mahmudjon
    Qurilish-WPS Office, Тест бланка, Azizbek11-20(1)[1]AAAAAAAAA, slayd4, Laboratoriya 1, ТЕХНИКАВИЙ ВА ТАРИФИЙ МЕЪЁРЛАШ, Mexanik va elektromagnit tebranishlar-genderi.org (3), Kelishilgan (1), 1-Ìa’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Kompyuter tar, Dhcp snooping xavfsizlik texnologiyasi-fayllar.org, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” 9 e sinf uchun maxsus, 8, Avtomatlashtirish texnik vositalari Avtomatlashtirilgan loyihala-fayllar.org, maruza 3
    A tasnif. Energetik tizimidagi SHEQ bilan ichshlab chiqariladigan quvvat belgilovchi kattalik hisoblanadi. Ushbu tasnifga asosan biror energetik tizimga qo‘shilmagan bir generatorli SHEQlar kiradi. Bunday SHEQlarning quvvati 5 kVt oshmaydi, ayrim tumanlarda
    yoritish, mayak (chiroq), aloqa vosita va boshqalar uchun elektr ta’minot maqsadiga mo‘ljallangan.
    B tasnif. SHEQning quvvati tizimdagi boshqa generatorlar quvvati bilan bir hil. Bunday holat o‘zoqlashgan tumanlardagi katta bo‘lmagan energetik tizimlar uchun tavsiflidir. Ko‘pincha «boshqa generator» sifatida dizel elektr generator bo‘ladi. Bunday holda SHEQdan foydalanish dizel yoqilg‘ini tejash imkoniyatini beradi. Dizel generator faqat shamolsizlikda qo‘shiladi va shamol kuchsiz bo‘lganda SHEQ bilan parallel ishlash mumkin.
    S tasnif. SHEQ o‘zining quvvatidan ancha katta quvvatiga ega bo‘lgan energetik tizimiga qo‘shilgan. Qayerda katta quvvatli kommunal yoki boshqa energetik tizimlar mavjud bo‘lsa, bu tumanlarda turli xil quvvatli SHEQlarning ishlashi eng keng tarqalgan tavsifli holdir. Bunda SHEQlarning energiyasidan bevosita foydalaniladi, undan ortiqchasi esa energetik tizimiga o‘tkaziladi. Kuchsiz shamolda va shamolsizlikda iste’molchi elektr energiya bilan energiya tarmoqdan ta’minlanadi.
    Shamol energetik tizimlar quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

    1. Shamol energetik qurilma, SHEQ – asosan shamol g‘ildirak, generator va machta (minora) lardan iborat.

    2. Kontrolyor – SHEQdagi ko‘p jarayonlarni boshqaradi (kurakchalarni burish, akkumulyatorni zaryadlash, himoya qilish funksiya va b.). U generator ishlab chiqaradigan o‘zgaruvchan tokni akkumulyator batareyalarni zaryadlash uchun o‘zgarmas tokka o‘zgartiradi.

    3. Kuch shkaf. Almashlab ulagich va saqlagichlar.

    4. Akkumulyatorli batareyalar – shamolsiz soatlarda foydalanish uchun elektr energiyani to‘playdi. Bundan tashqari, ular generatordan chiqadigan kuchlanishni tekislaydi va stabillashtiradi. Ular tufayli birdan kuchayadigan shamolda ham uzluksiz stabillashgan kuchlanish ta’minlanadi. Obektlarning ta’minoti akkumulyatorli batareyalardan beriladi.

    5. Invertor – akkumulyatorli batareyalarda to‘plangan o‘zgarmas tokni ko‘pchilik elektr asboblar iste’mol qiladigan o‘zgaruvchan tokka o‘zgartiradi.

    6. Elektr tok manbani avtomatik almashlab ulagich – AVR.

    Asosiy elektr manbai yo‘qolganda 0,5 sekund davomida bir nechta elektr ta’minot manbalar orasida avtomatik almashlab ulashni amalga oshiradi. SHEQni, umumiy elektr tarmoqni, dizel generatorni va boshqa eletr manbalarni yagona avtomatlashtirilgan tizimga birlashtirish imkoniyatini beradi.

    1. Anemoskop va shamol yo‘nalish o‘lchagich – o‘rta va katta quvvatli SHEQlarda shamol tezligi va yo‘nalishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. SHEQ doim avtomatik ravishda shamol bo‘yicha yo‘naltiriladi.




    8-Rasm Obektning avtonom ta’minoti (A toifali). Obekt faqat SHEQdan iste’mol qiladi. 1-SHEQ; 2-kontroler; 3-almashlab ulagich-saqlagich; 4-akkumulyatorli batareya; 5-invertor; 6-iste’molchi

    9-Rasm SHEQ elektr tarmoqqa ulangan (S toyfali). Shamol yo‘qligida va akkumulyatorlar to‘liq zaryadsizlanganda AVR obektning ta’minotini elektr tarmoqqa o‘tkazadi. Ushbu sxemadan teskari ham foydalanish mumkin – SHEQ zaxira iste’mol manbai sifatida foydalaniladi. Bu holda elektr tarmoqdan ta’minot yo‘qolganda AVR elektr tarmoqni SHEQka o‘tkazadi. 1-SHEQ; 2-kontroler; 3-almashlab ulagich-saqlagich; 4-akkumulyatorli batareya; 5-invertor; 6-iste’molchi; 7-AVR; 8-o‘lchagich; 9-elektr tarmoq



    10-Rasm SHEQ bilan zaxiradagi dizel generator (V toyfali).
    Shamol yo‘qligida va akkumulyatorlar zaryadsizlanganda avtomatik ravishda zaxiradagi generator qo‘shiladi. 1-SHEQ; 2-kontroler; 3-almashlab ulagich-saqlagich; 4- akkumulyatorli batareya; 5-invertor; 6-iste’molchi; 7-dizel-generator

    11-Rasm Elektr tarmoqqa birlashtirilgan akkumulyatorsiz SHEQ (S toyfali). Elektr tarmoq akkumulyatorli batareyalar o‘rniga foydalaniladi – unga barcha ishlab chiqargan elektr energiya uzatiladi va undan iste’mol qilinadi.



      1. SHEQ; 2-tarmoqli kontroler; 3-almashlab ulagich-saqlagich; 4- tarmoqli invertor; 5-teskari o‘lchagich; 6-istemolchi; 7-o‘lchagich; 8-elektr tarmoq



    Kichik shamol energetikaning iqtisodiyoti

    Individual hujaliqlarni elektr energiya bilan ta’minlashda SHEQlarni qо‘llash, ya’ni kichik energetikani keng joriy qilishga о‘ziga xos bir qator tо‘sqinlik qiluvchi omillar mavjud.



    1. Invertorning yuqori narxi – butun qurilmaning narxidan 50%-ni tashkil etadi. SHEQdan olinadigan о‘zgaruvchan yoki о‘zgarmas tokni ~220 V 50 Gs-ga о‘zgartirish va generator parallel ishlaganda uni tashqi tarmoq bilan faza bо‘yicha sinxronlashtirish uchun qо‘llaniladi.

    2. Akkumulyatorli batareyalarning yuqori narxi - qurilmaning narxidan 25%-ni tashkil etadi. Tashqi tarmoqdan ta’minot bо‘lmaganda yoki vaktincha yо‘q bо‘lib turganda uzluksiz manbai sifatida foydalaniladi.

    3. Ishonchli elektr ta’minotini ta’minlash uchun bunday qurilmalarga ayrim hollarda dizel-generator talab etiladi, uning narxi esa butun qurilmaning narxi bilan bir qatorda.

    SHEQlardan olinadigan energiyaning qimmatlashuviga olib boruvchi asosiy omillaridan quyidagilar hisoblanadi:

    1. Sanoat sifatidagi elektr energiyani olish talabi - ~220 V 50 Gs (invertorlarni qо‘llash talab etiladi).

    2. Ayrim davrlarda avtonom rejmda ishlash zaruriyati (akkumulyatorlarni qо‘llash talab etiladi).

    3. Iste’molchilarning uzluksiz uzoq muddatli ishlarni ta’minlash zaruriyati (dizel- generatorni qо‘llash talab etiladi).

    Hozirgi vaqtda shamol generator yordamida sanoat sifatidagi elektr energiyani olish emas, balki о‘zgarmas yoki о‘zgaruvchan (о‘zgaruvchan chastotali) tokni olib, sо‘ngra uni elektr isitqichlar yordamida issiqliqka о‘zgartirish va undan turar joy uylarni isitish hamda issiq suvni olish usuli eng iqtisodiy samarali bulib hisoblanadi. Ushbu usuli bir nechta afzalliklarga ega:

    1. Har qanday xо‘jalik uchun isitish uchun ta’minot asosiy energiya iste’molchi bо‘lib hisoblanadi.

    2. SHEQ va boshqaruvchi avtomatikaning sxemalar tubdan soddalashadi. Eng sodda holatda avtomatika bir nechta isiqlik relelardan tuzilgan bо‘lish mumkin.

    3. Energiya akkumulyator sifatida (isitish va issiq suv ta’minoti uchun suv bilan tuldirgan)oddiy boylerdan foydalanish mumkin

    4. Issiqlikni iste’mol qilish bо‘yicha sifat va uzlusizligiga talablari jiddiy emas: xonalarda havo temperaturani keng oraliqda – 19...25 °S-da, issik suv ta’minoti boylerlarda esa – 40...97

    °S oraliqda (iste’molchilarga zarar keltirmasdan) saqlab turish mumkin.
    Shamol energiyani birinchi navbatda shunday ishlab chiqarish jarayonlarda foydalanish kerakki, energiyani uzatish uzlukli bо‘lgan yoki qayta ishlash mahsulot oldindan g‘amlab qо‘yilgan hollarda (suvni kо‘tarish va sug‘orish, drenaj, tegirmon, yem-xashakni tayyorlash, elektr kimyoviy akkumulyatorlarni zaryadlash va b.).


    О‘zbekistonda shamol energetikaning potensiali

    О‘zbekistonda shamol oqimlar, ularning vujudga kelish о‘ziga xos xususiyatlar va Respublikaning Osiyo qit’adagi geografik vaziyati tufayli, mavsumli tavsiflarga egadir. Respublikaning tekislik hududlarda shamolning о‘rtacha yillik tezligi 2...5 m/s tashkil etadi. Umuman olganda О‘zbekiston bо‘yicha shamol energiyasining yalpi potensiali 2223,2 ming t


    n.e. bilan baholanadi va mintaqalar bо‘yicha ancha notekis taqsimlangan: 4,3 ming t n.e.-dan Farg‘ona viloyatida va 924,7 ming t n.e.-gacha Qoraqalpog‘iston Respublikada. Shamol oqimning solishtirma quvvat Respublikada о‘rtacha 84,0 Vt/m2 tashkil etadi va о‘zgaradi 20,0 Vt/m2-dan Andijon viloyatda to 104,0 Vt/m2-gacha Navoiy viloyatda.
    Shamol energiyaning potensialini baholash О‘zbekiston meteostansiyalar shamol tezligini kо‘zatish ma’lumotlar faqat unchalik katta bо‘lmagan balandlikda (10 metr) olinganligi sababdan, zamonaviy SHEQlarni muayyan joyda qurish uchun turli xil balandliklarda shamol tezliklar bо‘yicha aniq muntazam tadqiqotlarni о‘tkazish hamda shamol kadastrni tayyorlash zarur. Bu esa zamonaviy yirik SHEQlar uchun shamol tezliklar sharoitini baholash va shamol tezligining chо‘qqili davrlar bilan iste’molchilarning yuklama talablar orasidagi mosligi ta’minlash uchun kerak.
    О‘zbekiston olimlarning tadqiqotlar asosida Respublikaning qator mintaqalar uchun shamol energiyasidan foydalanish imkoniyati va istiqbollari belgilangan.
    Masalan, Toshkent viloyat xududning Bekabad-Kokand chizig‘ida 6 m/s dan kо‘p tezligi va yilda 42% taqrorligi bilan shamollar bо‘lib turadi. Bu xududa umumiy quvvat 240 MVt va 800 mln kVt soat dan ortiq yillik elektr energiyani ishlab chiqarish bilan 400-ta dona SHEQlarni joylashtirish mumkin.
    Ohirgi yillar quvvati katta bо‘lmagan (3,0 va 6,0 kVt) seriyali ishlab chiqarilgan SHEQlarni pilot (tajriba) quyosh-shamol tizimi tarkibidagi obekt telekommunikatsiyaning elektr ta’minot uchun tog‘ etagi, hamda 6 kVt quvvatli SHEQning tekislik xududlarda foydalanish tajribalar tо‘plangan.
    2012 yilda Toshkent viloyatida Chorvak suv ombori xududida shamol parkda birinchi 750 kVt quvvatli tajriba SHEQ qurilgan, bir yilda 1,28 mln kVt×soat elektr energiyani ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Qurilmaning balandligi - 65 m, parrakning о‘lchami 50 m, minora asosining diametri 3,6 m. Tajriba SHEQning ish natijalarga asosan О‘zbekistonda SHEQlardan bo‘lgan shovqin darajasini qurilish iqtisodiy samaradorligini baholash mumkin bо‘ladi.
    2021 yiliga qadar О‘zbekistonda istiqbolli mintaqalarda bir vaqtning о‘zida shamol potensialga ega bо‘lgan mintaqalarda о‘xshash qurilmalarni umumiy о‘rnatilgan quvvat 50 dan to 100 MVt gacha bо‘lgan SHEQlar parkni qurilishi rejalashtirilgan. Mamlakatda SHEQlar parkni barpo etish uchun eng qulay mintaqalardan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlar hamda avtonom Respublika Qoraqalpog‘iston hisoblanadi.


    Nazorat savollari:

    1. Shamol energetik qurilmalarning konstruksiyalari tushuntiring?

    2. Shamol energetik tizimlar tasnifini tushuntiring?

    3. Kichik shamol energetikaning iqtisodiyotga qanday ta’sir ko’rsatadi?

    4. О‘zbekistonda shamol energetikaning potensiali qanday holatda

    Download 1.26 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.26 Mb.