• 1.Transportdagi avariyalar va halokatlar
  • 2.Kimyoviy xavfli obektlardagi avariyalar
  • 3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan obektlardagi avariyalar
  • Texnogen favqulodda xodisalar




    Download 0,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/56
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #248692
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
    Texnogen favqulodda xodisalar. 
    Katta korxonalarda favqulodda xodisalar vaqtida hamda ishlab chiqarish
    texnologiyasi buzilgan vaqtda , xar xil mashinalardan foydalanganda texnik
    xavfsizlik qoidalariga rio ya qilmaslik natijasida, jiqozlarni saqlash vaqtida
    xavfsizlik choralari buzilganida , texnogen ko‘rinishdagi favqulodda xodisalar
    paydo bo‘ladi. Ularni yetti turga bo‘lish mumkin: 
    1.Transportdagi avariyalar va halokatlar
    : ekipaj a'zolari va
    yo‘lovchilarni o‘limiga, qavo kemalarini to‘liq parchalanishiga yoki
    shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia 
    halokatlar. 
    Yong‘inga, portlashga, xarakatlanuvchi tarkibining buzilisqiga sabab
    bo‘lgan va temir yo‘l xodimlarining xolokat xududidagi temir yo‘l
    platformalarida, vokzal binolarida va shaxar imoratlarida bo‘lgan odamlar 
    o‘limiga , shuningdek, tashilayotgan kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi zaharli modda 
    (KTZM) lar bilan xalokat joyida tutash xududining zaxarlanishiga olib kelgan 
    temir yo‘l transportidagi xalokat va falokatlar. 
    2.Kimyoviy xavfli ob'ektlardagi avariyalar:
    tevarak-atrof tabiiy muhitga 
    ta'sir qiluvchi zaxarli moddalarning (avariya holatida) odamlar, xayvonlar va 
    o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib 
    kelgan taqdirda ,yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentrasiyalardan ancha ortiq 
    miqdorda sanitariya-himoya xududidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladigan 
    kimyoviy xavfli ob'ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar. 
    3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob'ektlardagi avariyalar:
    Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong‘in 
    uchun xavfli modddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan 
    ob'ektlardagi olamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, 
    zaxarlanishlariga va o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish zaxiralarining nobud 
    bo‘lishiga, favqulodda vaziyatlar xududlarida ishlab chiqarish maromining va 
    odamlar hayot faoliyatining buzilisqiga olib keladigan yong‘inlar va portlashlar. 
    Odamlarning shikastlanishiga , zaxarlanishiga va o‘limiga olib keladigan 
    hamda qidiruv-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza 
    qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llashni talab qiluvchi ko‘mir 
    shaxtalaridagi hamda kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan 
    boqliq avariyalar, yong‘inlar va jinslarning qo‘porilishi. 

    Download 0,66 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




    Download 0,66 Mb.
    Pdf ko'rish