|
λ(t) xabarni uzatish uchun, uni unga proporsional bo‘lgan b(t)
|
bet | 20/21 | Sana | 14.07.2024 | Hajmi | 9,38 Mb. | | #267549 |
Bog'liq OK Radiotexnikaλ(t) xabarni uzatish uchun, uni unga proporsional bo‘lgan b(t) (birlamchi signal) elektr kattalikka o‘zgartiriladi. Tovushni uzatishda, ushbu o‘zgartirishni mikrofon, tasvirni uzatishda esa televizion kamera va boshqalar amalga oshiradi. Birlamchi signal odatda past chastota tebranishlari hisoblanib, uni radio orqali uzatishda, modulyatsiya natijasida yuqori chastota tebranishlariga o‘zgartiriladi. Modulyatsiya deganda, qandaydir S(t) yuqori chastota tebranishning bir yoki birnechta parametrini uzatilishi lozim bo‘lgan λ(t) xabarning o‘zgarish qonuni bo‘yicha o‘zgartirilishi tushuniladi. Faraz qilaylik,
S(t) = Umcos(ω0t + φ0 ) = Umcos (t),
modullashtirilmagan yuqori chastota garmonik tebranishlari berilgan bo‘lsin. Bu yerda: Um – tebranish amplitudasi; ω0 – burchak chastota;
φ0- boshlang‘ich faza, u o‘zgarmas yoki sekin o‘zgaradigan kattalik bo‘lishi mumkin; θ(t)=ω0t +φ0 -– tebranishning t vaqt onidagi to‘liq burchagi (faza).
Garmonik tebranishlarning λ(t) uzatiladigan xabarning o‘zgarish qonuni bo‘yicha Um o‘zgarishida amplitudali, θ(t) o‘zgarishida esa mos ravishda burchakli kabi modulyatsiyaning ikkita asosiy ko‘rinishi mavjud.
Modullashtirilgan signallar, modullashtiruvchi b(t) signal va modullashtiriladigan S(t) signallarning ko‘rinishi bo‘yicha ham ajratiladi. Modullashtiriluvchi signal sifatida garmonik tebranish, davriy impulslar ketma-ketligidan, halaqitsimon signallardan foydalanilib, modullashtiruvchi signal sifatida esa, uzluksiz (analogli), analog-impulsli, raqamli va diskret signallardan foydalaniladi. Shunga mos ravishda modulyatsiyaning o‘zi ham analogli, analog-impulsli, raqamli va diskretlilarga bo‘linadi.
65.DETEKTORLASH JARAYONINING MOHIYATI NIMADAN IBORAT?
Детекторлар ҳақида умумий тушунчалар
Моделяцияланган радиосигналлар таркибидан уларни модуляциялашишига сабабчи бўлган паст частотали сигналларни ажратиб берадиган қурилмага детектор деб аталади. Радиосигналларни амплитудаси, частотаси, фазаси ва агарда сигнал импульси бўлса импульслари бўйича модуляция қилиш мумкин.
Радиосигналларни шу кўрсаткичларни модуляциялашишига қараб,
|
| |