|
детекторларни амплитудавий, частотавий, фазавий ва импульсли
|
bet | 21/21 | Sana | 14.07.2024 | Hajmi | 9,38 Mb. | | #267549 |
Bog'liq OK Radiotexnikaдетекторларни амплитудавий, частотавий, фазавий ва импульсли деб аталади.
Лекин, улар қайси турга таалуқли бўлмасин ундан қатъий назар, уларнинг
қуйидаги асосий параметрлари бўлади:
Бу параметрлардан ташқари детекторларга хос бўлган параметрлардан
радиосигналларни амплитуда, частота, фаза ва буларнинг ўзаро
комбинацияларнинг бузилишларидир.
Детекторлар, асосан характеристикаси эгри чизиқли бўлган
элементлардан ташкил топган бўлади. Эгри чизиқли элементлар сифатида
доид ва транзисторлар ишлатилади. Лекин, айрим пайтлар характеримтикаси
тўғри чизиқли бўлган элементлар ҳам ишлатилади. Лекин, ташкил топган
детекторларни синхрон детекторлари деб аталади. Детекторлар синхрон
бўладими ё бошқа турда бўладими ундан қатъий назар уларнинг барчасига
ўзига хос шартлар қўйилади, яъни детекторлар моделяцияланган сигналлар
орасидан модуляцияловчи сигналларни аниқ ва равон ажратиб олиш ва уни
қайта ишлаб дастлабки шаклига келтириб бериш керак.
66.RADIOKANALLAR QANDAY PARAMETRLAR BILAN XARAKTERLANADI?
Axborot manbai va axborot oluvchi, uzatuvchi va qabul qiluvchi yakunlovchi qurilmalar, radiouzatuvchi va radioqabulqiluvchi qurilmalar, hamda radioto‘lqin tarqalish muhitiga radioaloqa liniyasi deyiladi (1.11-rasm).
1.11-rasm. Radioaloqa liniyasi
Radioaloqa kanali radioaloqa liniyasining qismi deb tushuniladi, bu qismiga radiouzatgich va radioqabulqilgich, uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar, radioto‘lqin tarqalish muhiti kiradi.
Uzatuvchi yakunlovchi qurilma axborotlar manbaidan kelgan habarlarni foydali birlamchi quyi chastotali elektr signallarga o‘zgartiradi, va radiouzatuvchi qurilmaga uzatadi.
Radiouzatuvchi qurilmada radiouzatgich chastota diapazoniga qarab kerakli yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr tokini ishlab chiqaradi va u bilan uzatuvchi antennani oziqlantiradi. Yuqori chastotali tebranishning yuzaga kelishi va uni chastotali diapazonga o‘zgartirish uchun mikrotarh, yoki lampalarda yig‘ilgan ko‘zg‘atuvchi generator xizmat qiladi. Yuzaga kelgan chastotani to‘g‘irlash uchun odatda kvarsli kalibratordan foydalaniladi. Shundan so‘ng bu tebranish dastlabki kuchaytirgich bilan kuchaytiriladi va quvvat kuchaytirgichiga uzatiladi. Bu erda tebranish keraklicha quvvatda antennaga uzatiladi.
Elektrmagnit to‘lqini axborot tashish uchun modulyatsiyalangan bo‘lishi kerak, ya’ni elektrmagnit tebranishi o‘zgargan bo‘lishi lozim. Uzatuvchi yakunlovchi qurilmadan kelgan birlamchi quyi chastotali signallar, radiouzatgichda yuqori chastotali o‘zgaruvchan tokining amplitudasini (chastotasini yoki fazasini) o‘zgartiradi. Bu jarayon modulyatsiya deyiladi, shundan paydo bo‘lgan tok modulyatsiyalangan yuqori chastotali tok deyiladi. Kuchaytirilgan va modulyatsiyalangan yuqori chastotali tok fider orqali uzatuvchi antennaga keladi.
Uzatuvchi antenna radioto‘lqin tarqalish muhitga elektr magnit energiya nurlanishini radioto‘lqin ko‘rinishida yuboradi. O‘zgaruvchan tokning antennaga kelishi jarayonida unda o‘zgaruvchan magnit maydoni paydo bo‘ladi. O‘z navbatida o‘zgarib turuvchi magnit maydoni o‘z atrofida girdobli elektr maydonini yuzaga keltiradi va hokazo. Shunday qilib, antennada yuqori chastotali elektr tokining er atmosferasida yorug‘lik tezligida tarqaluvchi yuqori chastotali elektrmagnit to‘lqinga aylanish jarayoni sodir bo‘ladi.
Radioto‘lqin qabul qiluvchi antennada yuqori chastotali elektr harakatlanuvchi kuchi paydo bo‘lib radioqabulqilgichda uzatiladigan kerakli yuqori chastotali signallarni ajratadi.
Radioqabulqilgich kerakli yuqori chastotali signallarni kuchaytirishidan keyin foydali quyi chastotali birlamchi signallarni ajratib oladi. Bu jarayon demodulyatsiya deyiladi. Undan keyin radioqabulqilgich birlamchi signallarni qabul qiluvchi yakunlovchi qurilmaga uzatadi.
Qabul qiluvchi yakunlovchi qurilmaga kelgan quyi chastotali birlamchi signallar axborotga aylantiriladi.
Turli chastotali elektrmagnit to‘lqinlari, shu jumladan, muxbir (korrespondent) radiostansiyasining signallari radioqabulqilgich antennasi orqali qabul qilinadi. Kirish zanjiridagi tebranuvchi konturni sozlash orqali kerakli chastotali tebranishni ajratib olishga erishiladi. Shundan so‘ng bu kuchlanish yuqori chastota kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi. Kuchaytirilgan signal detektor yordamida past tovush chastotasi kuchlanishiga (foydali birlamchi quyi chastotali elektr signallar) aylantiriladi va shundan keyin past chastotalar kuchaytirgich bilan kuchaytirilib yakunlovchi qurilmaga, masalan, telefonga uzatiladi. Xozirgi vaqtda er yuzida ko‘plab radiostansiyalar ishlab turibdi. Ularning ko‘pi bir-biriga yaqin chastota bilan ishlaydi Bunday sharoitda radioqabulqilgichlar signallarni tanlab qabul qiladigan darajada bo‘lishi, ya’ni ko‘plab signallar ichidan kerakligisini tanlab tezkor qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, radioqabulqilgich foydali chastota polosani ajratib olishi va boshqa barcha yo‘lkadan tashqarida bo‘lgan chastotalarni yo‘qqa chiqarib yuboradigan darajada bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, radioqabulqilgich past signallarni qabul qilib olish uchun yuqori sezgirlikga ega bo‘lishi lozim.
Qabulqilgich kirish zanjiriga beriladigan eng kuchsiz signallarning kattaligi bilan baholanadi. Bunda foydali signal kuchlanishining shovqin kuchlanishi nisbati katta ahamiyatga ega. Radioqabulqilgichning normal ishlashi uchun kirish zanjiridagi kuchlanish qanchalik kam bo‘lsa radioqabulqilgichning sezgirlik qobiliyati shunchalik katta bo‘lishi kerak. Xozirgi zamon radiostansiyalari qabulqilgichlarining sezgirligi bir necha mikrovolt va undan ham kichik bo‘lishi mumkin.
Elektrmagnit to‘lqinda sodir bo‘layotgan yuqori chastotali tebranish hech qanday axborot hisoblanmaydi, to‘lqinning o‘zi esa axborotni uzatish vositasi hisoblanadi, xolos. Elektrmagnit to‘lqindagi bunday tebranishlar tashuvchi chastota tebranishlari deyiladi. Axborotni uzatish uchun tashuvchini uzatilayotgan axborot bilan mos ravishda o‘zgartirish kerak. Tashuvchining uzatiladigan axborot bilan mos ravishda o‘zgartirish jarayoni modulyatsiya deyiladi va modulyatorlar yordamida amalga oshiriladi. Tashuvchida tebranishning amplitudasi, chastotasi yoki fazasida o‘zgarish sodir bo‘lishi mumkin. Shu asosda modulyatsiya amplitudali, chastotali yoki fazali bo‘lishi mumkin. Modulyatsiya atamasi (termini) odatda telefon axborotlarini uzatish vaqtida foydalaniladi.
Radioaloqa liniyalarining samaradorligi deganda, uning dastlabki elektr signallarini talab etilgan sifat va tezlikda uzatilishini ta’minlash imkoniyatiga aytiladi.
Radioaloqa liniyalari bo‘yicha dastlabki signallarni uzatishning sifati va ishonchliligi qabul qilingan (u yoki bu darajada qisqartirilgan) signalning uzatilgan (qisqartirilgan) bilan mosligi darajasiga ko‘ra tavsiflanadi.
Radiokanallar orqali uzatilayotgan dastlabki signallarning qisqartirilishi ularni yuqori chastotali signallarga aylantirilishi (ya’ni modulyatsiyalash davomida) va oxirgilarining turli shovqinli to‘siqlar ta’siri hisobiga radio to‘lqinlarni tarqatishda uzatgichda kuchaytirilishi va nihoyat yuqori chastotali signallarni yana qayta dastlabki signallarga qaytarish (demodulyatsiyalash) davomida yuzaga kelishi mumkin.
Радиокана́л канал связи, в котором передача информации осуществляется с помощью радиоволн. Включает средураспространения радиоволн и устройства преобразования электрических сигналов в электромагнитноеизлучение (радиопередающее устройство) и электромагнитное излучение в электрические сигналы(радиоприёмное устройство). Технические характеристики радиоканала зависят от его функциональногоназначения и вида передаваемых сигналов: обслуживаемая зона, дальность передачи определяютприменяемые частоты, вид антенн, мощность передатчика и чувствительность приёмника; вид сигналов(телефония или телеграфия, звуковое или телевизионное вещание и т. д.) определяет пропускнуюспособность канала (полоса передаваемых частот, динамический диапазон и линейность амплитуднойхарактеристики канала).
QAYDLAR UCHUN
Radiotexnika
|
| |